29.03.2013 yildagi SQ- 375-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, prokuratura organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish boʻyicha muayyan ishlar qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilganidek, davlat mustaqilligi qoʻlga kiritilgan dastlabki kunlardanoq Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish jamiyat va davlat qurilishining eng muhim ustuvor yoʻnalishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, qonun ijodkorligi faoliyatining maqsadi va mazmuniga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini, shuningdek davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi masʼuliyatini mustahkamlab qoʻygan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekistonda fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilish boʻyicha keng koʻlamli huquqiy baza yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yaxlit tashkiliy-huquqiy mexanizmlari tizimi shakllantirilgan. Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi va boshqalar tashkil etilgan hamda samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyatini mustahkamlash, sudning mustaqilligini taʼminlash, uni inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyachisi boʻlib xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan. Dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish boʻyicha kompleks choralar koʻrilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik qadriyatlarni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimining izchil demokratlashtirilishi, jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining liberallashtirilishi prokuratura organlari faoliyatining mazmuni va shaklini jiddiy oʻzgartirdi, uning huquqni muhofaza qilish vazifalarini kuchaytirdi. 2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosini nazorat qilishni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab qoʻydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi Farmoniga muvofiq Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi, uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, quyi prokurorlarning dastlabki tergov bosqichidagi bir qator nazorat vakolatlari chiqarib tashlanishi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bir qator moddalarining tergovga tegishliligi oʻzgartirilganligi va boshqa choralar prokuratura organlariga asosiy eʼtiborni oʻzlarining eng muhim vazifalarini amalga oshirishga — inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi qonunlar ijro etilishini nazorat qilishga qaratish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha ishlar bugungi kun talablariga hali toʻla mos emas. Joylarda mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonunlarning talablariga eʼtiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrmaslik, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat va boshqa manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalarni hal qilishda suiisteʼmolliklarga yoʻl qoʻyish holatlari mavjud. Bunday kamchiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzdavyergeodezkadastr” Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari va boshqalar faoliyatida aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari oʻzlarining huquqni himoya qilish vazifalarini amalga oshira borib, qonunlarning, shu jumladan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hamda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishini nazorat qilish yakunlari boʻyicha 2012-yilda davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan hamda inson huquqlari va erkinliklariga daxldor boʻlgan 1350 ta hujjatiga nisbatan protest keltirgan. Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlari talablariga eʼtiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlarini koʻrmasdan qoldirish, ular tomonidan koʻtarilayotgan muammolar yuzasidan choralar koʻrmaslik holatlari boʻyicha prokurorlarning qarorlari va taqdimnomalari asosida tegishli mansabdor shaxslar intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror nazorati tartibida oʻtkazilgan tadbirlar jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholining mehnat qilish huquqini va bandlikni taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarini ijro etish yetarli darajada tashkil etilmaganligi aniqlangan. Qonunni buzish hollarini tekshirish jarayonida aniqlangan holatlar boʻyicha 2012-yilda 1460 nafardan ortiq mansabdor shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 52 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari va erkinliklari boʻyicha qonunlarning mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida 2012-yilda prokuratura organlari tomonidan 125 mingdan ortiq tadbir oʻtkazilgan, ommaviy axborot vositalari orqali 23 mingdan ortiq chiqish amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini yanada toʻlaroq taʼminlash maqsadida bir qator qonun loyihalari, shu jumladan “Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini tahlil qilish fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qoʻyilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlash hamda kafolatlarini mustahkamlash ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish borasida taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisobot har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida eshitib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sessiyalarda tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilga moʻljallangan ish rejalarida tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotini tinglashni tashkil etish boʻyicha choralarni nazarda tutish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va unga chek qoʻyish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda keltirilgan zararni undirish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuror taʼsiri choralarining samaradorligini ularning sifatini oshirish nuqtai nazaridan tahlil qilsin va tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro hujjatlarning qoʻllanilishi va ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat, ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning manzilliligini hamda bunda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar prokurorlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisida axborot berishning muntazamliligini alohida nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha hamkorlikni faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydigan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida nazorat tartibidagi tekshirishlarning samaradorligini monitoring qilishni kuchaytirsin, uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanishni faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cud-huquq sohasidagi Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydigan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisida 2014-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-375-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 66-modda)