26.02.2013 yildagi 618-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 26.02.2013 yildagi 618-II-son
Kuchga kirish sanasi
26.02.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi F.M. Rizayevning “Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasiga muvofiq, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusiga koʻra “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi F.M. Rizayevning “Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayd etadiki, mamlakatimizda turizm sohasini tartibga soluvchi zaruriy normativ-huquqiy baza yaratilgan, uning infratuzilmasini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini qayta tiklash hamda taʼmirlash yuzasidan tizimli va keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda 865 ta turistik tashkilot oʻz faoliyatini amalga oshirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda koʻrilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2012-yilda chet ellik va mamlakatimiz turistlari soni 1,2 mln kishidan oshdi, bu 2011-yildagidan 17,5% koʻpdir. 2012-yilda chet ellik turistlarga xizmat koʻrsatishdan tushgan daromadlar 178,8 mln AQSh dollarini tashkil etib, bu 2011-yildagidan 15% koʻpdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, turizmni yanada rivojlantirish masalalarida talay foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Jumladan, 2012-yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekistonda turizmdan tushgan daromad YIMga nisbatan 1,5%dan oshmadi, vaholanki boshqa mamlakatlarda ushbu koʻrsatkich YIMning 10 dan 45 foizgachasini tashkil etadi. Ayni chogʻda turistlar oqimining asosiy qismi mamlakatimizning bosh turistik markazlari — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga toʻgʻri kelmoqda. Ammo, mamlakatimizning bir qator istiqbolli mintaqalari infratuzilmasini tizimli rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmning maʼrifiy, ilmiy, ekologik, sport-sogʻlomlashtirish kabi turlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan. Koʻrsatilayotgan servis xizmatlari sifatini, turistlarni jalb etishning zamonaviy samarali shakllari va usullaridan foydalanish, milliy turizm industriyasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini jiddiy yaxshilash talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki turizmni, shu jumladan yoshlar turizmini tashkil etish va rivojlantirishda foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Maktablar, kollejlar va litseylar oʻquvchilari uchun turistik yoʻnalishlar dasturlarini gʻoyaviy-mazmuniy jihatdan boyitish, madaniy meros obyektlarining tarixi va ahamiyatini tushuntirib beruvchi har tomonlama puxta ishlangan materiallarni tayyorlash ishlari yetarli darajada olib borilmayapti. Koʻpgina turistik tashkilotlar va ularning xodimlari Oʻzbekiston xalqining noyob maʼnaviy boyligi va tarixiy merosi yodgorliklari boʻlgan turistik obyektlar toʻgʻrisida zarur axborot berish uchun yetarlicha tayyorgarlikka ega emas. Shu munosabat bilan turizm sohasi uchun kadrlar — gidlar, ekskursovodlar, turistik va mehmonxona tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish dasturlari jiddiy takomillashtirishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda xalqaro va milliy turistik bozorlarda, shuningdek xalqaro-huquqiy tartibga solish sohasida roʻy bergan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda turizm sohasidagi milliy qonun hujjatlarini, xususan 1999-yilda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Hozirgi vaqtda turistik faoliyat talay miqdordagi havola qiluvchi normalarni oʻz ichiga olgan mazkur Qonundan tashqari tizimlashtirish va kodifikatsiya qilish talab etiladigan 30 dan ziyod qonunosti normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hamda Oʻzbekiston xalqining noyob maʼnaviy boyligi va tarixiy merosini targʻib qilishning, fuqarolarni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning, xalqaro maydonda mamlakatimizning ijobiy mavqeyini shakllantirishning samarali vositasi sifatida turizmni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar bundan buyon ham amalga oshirilishini, qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi F.M. Rizayevning “Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, respublikada turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, turistik faoliyatni ragʻbatlantirish, shuningdek maʼrifiy, fuqarolarni va, birinchi navbatda, yosh avlodni axloqiy-maʼnaviy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda oʻz Vatanidan faxrlanish, Oʻzbekiston xalqining milliy tarixi, anʼanalari va odatlariga chuqur hurmat tuygʻusini shakllantirish ishida turistik faoliyatning imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar majmuini nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish. Mutaxassislar menejmentning, ishbilarmonlik tijorat maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini egallagan, Oʻzbekistonning tarixiy oʻtmishi va bugungi kuni haqidagi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqidagi haqqoniy axborotni chet ellik va mamlakatimiz turistlariga yetkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida mamlakatimizda toʻplangan tajribani va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida havola qiluvchi normalar miqdori qisqartirilishini, turistik faoliyat subyektlari va turistlarning huquq hamda majburiyatlari, shuningdek turizm sohasidagi vakolatli davlat organining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari yanada aniq tartibga solinishini nazarda tutuvchi “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz turizm industriyasini, xalqaro va ichki turizmni, shuningdek maʼrifiy, ilmiy, ekologik, sport-sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish, bu sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, chet ellarda Oʻzbekistonning milliy turistik salohiyatini targʻib qilish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda turizm sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, on-layn bronlash, axborot-maʼlumot berish milliy tizimlarini, turistlarni axborotdan xabardor qilish tizimini vujudga keltirish va zarur axborotni ayirboshlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda turizmni rivojlantirish hamda tegishli infratuzilmani shakllantirish mintaqaviy dasturlarining sifatli ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi ushbu qarorning ijrosi nazorat qilinishini taʼminlasin hamda 2013-yil yakunlari boʻyicha bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
618-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 2-son, 29-modda)