Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Balogʻat yoshiga yetmaganlarni ular doimiy yashaydigan davlatlarga qaytarish masalalarida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi–davlatlarning hamkorlik qilishi toʻgʻrisida 2002-yil 7-oktabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi MDH hukumat rahbarlari Kengashining 2014-yil 30-may kuni Minsk shahrida oʻtkazilgan majlisida imzolangan Protokoli tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-aprel,
PQ-2335-son