25.05.2010 yildagi 83-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 25.05.2010 yildagi 83-II-son
Kuchga kirish sanasi
25.05.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2010-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 21,2 mlrd coʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini, samaradorligini va makroiqtisodiy mutanosibligini taʼminlash maqsadida samarali investitsiya siyosati oʻtkazilishini va yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha strategik ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilishini, raqobat muhiti izchil rivojlantirilishini, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy sogʻlomlashtirilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini va budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, shuningdek ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlash uchun budjet xarajatlari toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining hamda 2010-yilda Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining amalga oshirilishiga doir tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining soʻzsiz bajarilishiga, iqtisodiyotning barqaror surʼatlarda oʻsishini taʼminlashga hamda shu asosda tegishli mintaqalar boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishiga erishishga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 5-son, 190-modda)