Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2007 05.01.1994 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot va mollarni o‘z vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 175-sonli “Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotining bir xilda bo‘lishini ta’minlash maqsadida Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasiga amal qilgan holda, qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar sharhi tartibida tushuntirilsinki, o‘z vaqtida tanlab olib ketmaslik deganda yetkazib beruvchining omboridan mahsulotni (mollarni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda tashib ketish (olish) yuzasidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning sotib oluvchi tomonidan bajarilmasligi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazib beruvchi mahsulot (mollar) o‘z vaqtida tanlab olib ketilmasligi uchun sotib oluvchidan neustoyka undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishda shartnoma belgilangan muddatda uning mahsulot (mollar) olib ketiladigan omborda yoki bazasida mazkur yetkazib berish muddati uchun shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda mahsulot (mollar) mavjud bo‘lganini hamda bu mahsulot (mollar) sifati, navi, qadoqlanishi, o‘rab joylashi va boshqa shu kabilar bo‘yicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda da’vo qilinayotgan paytda mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday da’volarni ko‘rib chiqishda xo‘jalik sudlari mazkur mahsulotni o‘z vaqtida olib ketish (topshirish)ning taraflar uchun majburiy qoidalari yoki shartnoma bilan belgilangan tartibiga asoslanishlari va taraflar ushbu tartibga qanday rioya etganliklarini tekshirishlari lozim. Chunonchi mahsulot (mollar)sotib oluvchi tomonidan yetkazib beruvchining mahsulot topshirishga taxtligi haqidagi bildirish xatida ko‘rsatilgan muayyan muddat mobaynida olib ketilishi lozim bo‘lgan hollarda, yetkazib beruvchi tomonidan mazkur bildirish xati jo‘natilgan yoki jo‘natilmaganini tekshirish zarur. Agar shartnomada sotib oluvchining mahsulotini olish uchun aniq kelish muddatlari belgilangan bo‘lsa, yoxud aniq muddatlar belgilanmagan va yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot topshirishga taxtligi haqida bildirish xati o‘z vaqtida yuborilgan, sotib oluvchi (oluvchi) esa mahsulotni olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan hollarda yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganligi faktini isbotlamasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchining (oluvchining) mahsulotining olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) o‘z vaqtida kelganligi, shuningdek sotib oluvchi kelgan paytida shartnomada shartlashilgan mahsulotning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) yo‘q ekanligini isbotlash majburiyati ana shu sotib oluvchining zimmasida bo‘ladi, Agar shartnoma shartlariga ko‘ra mahsulot berishni rad qilish yoki uning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) shartlashgan assortimentda yo‘qligi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lsa, xo‘jalik sudi bunday dalolatnoma tuzilgan yoki tuzilmaganligini tekshirishi kerak bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchi maxsus buyurtma bo‘yicha aynan shu sotib oluvchi uchun yetkazib beruvchi tayyorlangan mahsulotni (mollarni) tanlab olib ketishdan voz kechgan va yetkazib beruvchi bunday mahsulotni (mollarni) boshqa xaridorga sotish imkoni yo‘qligini isbotlasa, u sotib oluvchi mahsulotini tanlab olib sotib ketish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida ko‘rilgan zararni undan undirib olishga haqlidir. Bunday holda yetkazib beruvchi zararlar summasiga maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlangan mahsulot (mollar) qiymatini ham qo‘shishga haqlidir. Shartnomada mahsulotni (molni) sotib oluvchidan o‘zga qabul qilib oluvchi tanlab olib ketish nazarda tutilgan hollarda tanlab olib ketmaganlik uchun shartnoma bo‘yicha sotib oluvchi javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son