Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 29.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2716
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-sentabrda 2716-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2015-yil 14-sentabr,

79-son

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-29-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 79, 336-V, 2015-29-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash — uch yildan kam boʻlmagan muddatga beriladigan investitsiyaviy kreditlar va lizing xizmatlari, shu jumladan banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyaviy kredit (lizing) — Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlar (lizing);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit portfeli — barcha kreditlar boʻyicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yoʻnaltiriladigan barcha mablagʻlar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan lizing xizmatlari summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Imtiyozlarni qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mustaqil soliq toʻlovchi boʻlgan filiallar uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 foizdan 40 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 foizdan 50 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan yuqori boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.

5. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uumim = Umim / KP * 100, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uumim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KP — Kredit portfeli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, investitsiyaviy kredit (lizing) berilgan sanasidan qatʼi nazar, uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash summasi va kredit portfeli summasi hisobot davri oyining oxirgi sanasiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldindan uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiyaviy kredit yoki lizing boʻyicha xizmatlar uch yillik davr tugagunga qadar muddatidan ilgari soʻndirilgan taqdirda, ushbu Nizom maqsadlari uchun mazkur kredit yoki lizing boʻyicha xizmatlar uzoq muddatli sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga asosan aniqlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining imtiyozli stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 128-moddasiga asosan hisoblab chiqilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazaga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Imtiyozlarni qoʻllash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni boʻyicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — maʼlumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — maʼlumotnoma ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini hisoblab chiqishning shartli misoli ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi HISOB-KITOBI — MAʼLUMOTNOMA
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Hisobot davri uchun summa (ming soʻm)
1-chorak
yarim yillik
9 oy
yil
I. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash, jami (020, 030 va 040-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:
010
uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiya kreditlari (brutto*) (14700 — 15500, 15701 ning tegishli hisobvaraqlari, bundan 14900 mustasno)
020
uch yildan kam boʻlmagan muddatga koʻrsatilgan lizing xizmatlari (brutto*) (15600, 15705 ning tegishli hisobvaraqlari)
030
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar
040
II. Kredit portfeli, jami (060, 070 va 080-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:
lizing xizmatlari (brutto*) (15600 ning tegishli hisobvaraqlari)
070

080
III. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi (%da) ((010-satr / 050-satr) x 100)
090
IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, %
100
V. Tuzatilgan soliq stavkasi, %
110
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Brutto — ishonchsiz qarzlar boʻyicha yaratilgan zaxiralarni hisobga olmagan holdagi kredit yoki lizing summasi.

Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini hisoblab chiqishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShARTLI MISOLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatkich nomi
Satr kodi
Summa, ming soʻm
I. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash, jami (020, 030 va 040-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:
010
29 000
uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiya kreditlari (brutto*) (14700 — 15500, 15701 ning tegishli hisobvaraqlari, bundan 14900 mustasno)
020
6 000
uch yildan kam boʻlmagan muddatga koʻrsatilgan lizing xizmatlari (brutto*)
(15600, 15705 ning tegishli hisobvaraqlari)
030
8 000
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar
040
15 000
II. Kredit portfeli, jami (060, 070 va 080-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:
050
81 000
berilgan kreditlar summasi (brutto*) (11900 — 15500, 15700 hisobvaraqlar)
060
55 000
lizing xizmatlari (brutto*) (15600 ning tegishli hisobvaraqlari)
070
11 000
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar
080
15 000
III. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi (%da)
((010-satr / 050-satr) x 100)
090
35,8
IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, %
100
15
V. Tuzatilgan soliq stavkasi, %
110
12
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 dan 40 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 dan 50 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan yuqori boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining amaldagi stavkasida 15 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 12 foizni (15 × 80%) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Brutto — ishonchsiz qarzlar boʻyicha yaratilgan zaxiralarni hisobga olmagan holdagi kredit yoki lizing summasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 513-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2716-1/0861-son)