31.01.2012 yildagi 437-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 31.01.2012 yildagi 437-II-son
Kuchga kirish sanasi
31.01.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi majlisida bayon etilgan “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradigan yil boʻladi” mavzuyidagi maʼruzadan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvarda boʻlib oʻtgan 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida bayon etilgan “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradigan yil boʻladi” mavzuyidagi maʼruzani muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, soʻnggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan inqiroz jarayonlari va muammolarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturining izchil amalga oshirilishi, mamlakat iqtisodiyotining yuqori oʻsish surʼatlari va barqaror rivojlanishi, muvaffaqiyatli tuzilmaviy oʻzgarishlar, moliya-bank sohasining ishonchliligi va barqarorligi tufayli hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan yoʻlning toʻgʻriligini qatʼiy taʼkidlash uchun barcha asoslar mavjuddir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning mamlakatni modernizatsiya qilish yoʻlidan ishonchli ijtimoiy himoya bilan uygʻunlikda ilgarilash borasida erishgan yutuqlari butun aholi tomonidan maʼqullanmoqda, jahon jamoatchiligining eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda, bu Oʻzbekistonga jahonning eng joʻshqin rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga kirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatimiz boshligʻi tomonidan qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklif etgan mamlakatni rivojlantirish strategiyasini oʻz vaqtida huquqiy jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan bayon etilgan “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradigan yil boʻladi” mavzuyidagi maʼruza dasturiy hujjat sifatida qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 2012-yil 23-yanvardagi 15-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan ishchi guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan ijro etilishi yuzasidan oʻn kunlik muddat ichida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisida qayd etilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirish, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish jarayonini jadallashtirish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirishdan iborat ustuvor yoʻnalishlarni inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni oʻtkazish chogʻida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan tartibga solish samaradorligini oshirishga qaratilgan, Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini, shuningdek 2012-yil Mustahkam oila yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan qabul qilinadigan Davlat dasturini amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhiga oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Hukumatning 2012-yil 19-yanvardagi majlisida bayon etilgan maʼruzaning asosiy qoidalaridan kelib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish vaqtida, shuningdek boshqa tadbirlarda ishtirok etish chogʻida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan yutuqlari toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida koʻrsatilgan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan faol tushuntirish ishlari olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
437-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 1-son, 16-modda)