Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 09.04.1998 yildagi PF-1987-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 03.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(Sarlavha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida:
(Kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi tarmoqlarning oʻrtacha yillik xodimlari soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati — 100 kishidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador boʻlmagan sohalar — 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kichik biznes korxonalari oʻzlari tashkil etayotgan ishlab chiqarish uchun xorijiy texnologiyani olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻrgʻonlar, qishloq va ovullarda yangidan barpo etilayotgan, ishlab chiqarish-texnika sohasiga moʻljallangan mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek, qurilish faoliyati bilan shugʻullanadigan, taʼmirlash, taʼmirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat koʻrsatadigan xususiy korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 31-moddasining 18-bandi tadbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandda koʻrsatilgan imtiyozlar faqat Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aʼzo boʻlgan kichik biznes korxonalarigagina tegishlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining oʻz vazifasi va faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish haqidagi takliflari quyidagi hollarda qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes korxonalarini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyish, sarmoya jalb etish jarayonining barcha bosqichlarida sarmoya loyihalarining, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kreditlar loyihalarining samaradorligi monitoringini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning katta-kichikligi, mulk shakli va soha boʻyicha kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga dastlabki hisob-kitob va hisobot, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, sarmoya jalb etish, mahsulotni eksport qilish, kadrlarga professional taʼlim berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarorlarining amalda bajarilishi borasidagi ishlarni yoʻlga qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madad” sugʻurta agentligi, “Tadbirkorbank” kichik biznes korxonalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 3-martdagi PF-3404-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 9-son, 104-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Biznes-fond”, “Madad” sugʻurta agentligi, “Tadbirkorbank”ning Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga aʼzo boʻlib kirishi haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk shaklidan qatʼi nazar, kichik biznes korxonalariga, tarmoq va hududiy xoʻjalik birlashmalari va ular tarkibiga kiradigan korxonalarga kredit berishni amalga oshirayotgan tijorat banklari Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatida shartnoma asosida, uning bilvosita aʼzosi sifatida ishtirok etishi haqidagi;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy xoʻjalik birlashmalari, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, bozor infratuzilmasi tashkilotlarining Palataning markaziy va mintaqaviy kengashlari faoliyatida ularning aʼzosi sifatida ishtirok etishi haqidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Farmonning 4 va 5-bandlaridan kelib chiqadigan barcha zarur nizom oʻzgarishlarini amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining tashkiliy faoliyatini yaxshilash maqsadida fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlovchi Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari uyushmasining uni Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aylantirish, ayni vaqtda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash fondini Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash fondi deb atash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi dehqon va fermer xoʻjaliklarini shartnoma asosida oʻzining aʼzolari sifatida birlashtiradi, yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil nodavlat tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va oʻz-oʻzini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zamin” bankining Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatida uning aʼzosi sifatida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa taʼmirlash va taraqqiyot bankining dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 mingdan 125 ming AQSh dollarigacha miqdordagi oʻrta muddatli mikro va kichik kreditlarga asoslangan kredit yoʻnalishi ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yigʻimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik biznes korxonalariga kredit berish boʻyicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Tadbirkorbank” va “Zamin” banki orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yoʻllari ochish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻzining ixtisoslashgan tashqi savdo firmalari orqali kichik biznes korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishni tashkil etsin. Ularga xorijiy bozorlarning marketing tadqiqotini oʻtkazishda koʻmaklashsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy boʻlimlari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va oʻrta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning roʻyxatini inventarizatsiyadan oʻtkazsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy kichik korxonalarning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy boʻlimlariga yoki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda aʼzo boʻlib kirishiga koʻmaklashish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda taʼminlab tursinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1987-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 64-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda;2003-y., 8-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 9-son, 104-modda; 2005-y., 5-6-son, 29-modda; 2005-y., 22-son, 156-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)