21.10.1989 yildagi 3578-XI-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.1991 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SOVETINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYATNI BARQARORLAShTIRIShGA DOIR ChORALAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti shuni qayd etadiki, keyingi vaqtlarda respublikada ijtimoiy keskinlik ancha kuchaydi, jinoyatchilik koʻpaydi, jamoat, davlat va mehnat intizomi susayib ketdi. Qotilliklar, grajdanlarning sihat-salomatligiga va shaxsiy daxlsizligiga tajovuzlar, qaroqchilarcha hujumlar, talonchilik, sotsialistik mulk va grajdanlarning shaxsiy mulkini oʻgʻirlash, poraxoʻrlik, chayqovchilik kabi xavfli jinoyatlar, mehnatsiz daromad olish bilan bogʻliq boshqa jinoyatlar keng yoyilganligi ayniqsa tashvish uygʻotmoqda. Kooperativlarning ayrim turlarini tashkil etish chogʻida va ularning ishlashi jarayonida gʻarazli suiisteʼmol hollari mavjuddir. Har xil korchalonlar, ekstremist kayfiyatdagi shaxslar bosh koʻtarib, respublikadagi vaziyatga faol taʼsir oʻtkazishga urinmoqdalar, ular koʻpincha inson huquqlari uchun “kurashuvchilar” niqobi ostida respublika xalqlari nomidan ish koʻrish huquqini oʻzlashtirib olishga harakat qilmoqdalar. Ana shunday shaxslarning tashabbusi bilan ruxsat etilmagan mitinglar, namoyish va yigʻilishlar oʻtkazilmoqda, ular ana shu miting, namoyish va yigʻilishlarda jamiyatga zid gʻoyalarni targʻib qilmoqdalar, partiya va hukumatga, sovet qurolli kuchlariga qarshi qoʻpol xurujlarga yoʻl qoʻymoqdalar, aholining ayrim guruhlarini, ayniqsa yoshlarni antisotsial nojoʻya xatti-harakatlar qilishga, sovet qonunlarini buzishga undamoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisidagi qonun loyihasi eʼlon qilinganidan keyin vaziyat ayniqsa keskinlashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xatti-harakatlar ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqaror qilib, odamlarning davlat hokimiyati organlari aholi manfaatlarini himoya qilishga qodir ekanligiga boʻlgan ishonchiga putur yetkazmoqda, turli mish-mishlarni keltirib chiqarmoqda, aholining noroziligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Oliy Soveti vujudga kelgan nihoyatda keskin vaziyat koʻp jihatdan davlat organlarining, jamoat tashkilotlarining, ministrliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kooperativlar, kolxozlar va sovxozlar, mehnat kollektivlari rahbarlarining sovet kishilarini qonunlarga, belgilangan tartib va intizomga hurmat ruhida tarbiyalash, shahar va qishloqlarda ahvolni izdan chiqarish yoʻlidagi urinishlarning payini qirqish borasidagi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar bilan bogʻliqdir, deb hisoblaydi. Huquqni muhofaza qilish organlari qonunlarga qatʼiy va ogʻishmay rioya etilishini taʼminlamayaptilar, jamiyatga zid kimsalarga nisbatan koʻngilchanlik va asossiz liberalizmga yoʻl qoʻymoqdalar, ularga nisbatan qonunda koʻzda tutilgan choralarni qoʻllamayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini taʼminlash, tartib-intizomni mustahkamlash, grajdanlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlarning hamda boshqa huquqbuzarliklarning payini qirqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikaning barcha ichki ishlar, prokuratura, adliya organlari hamda huquqni muhofaza qilish boshqa organlaridan jinoyat sodir etayotgan, jamoat tartibini buzayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan taʼsir choralarini oʻz vaqtida va qonunga toʻla muvofiq ravishda qoʻllanish, ekstremizm koʻrinishlarining milliy dushmanlik va adovatni uygʻotish hamda avj oldirishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning payini qatʼiyan qirqish talab qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdor shaxslarga nisbatan harakat qilmaslik va qonunda belgilangan choralarni qoʻllanmaslik kabi har bir hol xizmat burchini juda qoʻpol ravishda buzish deb, huquqni muhofaza qilish organlarida bundan buyon ishlashga noloyiq, deb qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jinoiy unsurlarning va jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzayotgan, transportning ishini izdan chiqarayotgan, grajdanlarning hamda mansabdor shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati va tan daxlsizligiga tajovuz qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlariga chek qoʻyish chogʻida ichki ishlar organlarining xodimlariga faol himoya vositalari: rezina tayoqlar, kishanlar, jamiyatga zid xatti-harakatlar payini qirqishning maxsus usullarini qoʻllash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vositalar ichki ishlar organlarining xodimi shaxsni qonunlarni buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirgan, ana shu shaxs esa oʻzining ogohlantirilishiga atayin eʼtibor bermagan yoki mansabdor shaxsning qonuniy harakatlariga qarshilik qilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining xodimlariga hujum qilingan taqdirda faol himoya vositalari ogohlantirilmay qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol himoya vositasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni militsiya xodimining oʻzi belgilangan qonunga qatʼiy muvofiq ravishda qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gruppaviy bezorilik, ommaviy tartibsizliklar, qurolli jinoyatlarni qoʻlga tushirish vaqtida boshqa maxsus vositalar ham Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar ministrligi belgilagan tartibda qoʻllanilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar ministrligining ushbu masalaga doir takliflarini bir oy muddat ichida koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari, boshqa muassasalar va jamoat tashkilotlari rahbarlarining oʻzlari boshchilik qilayotgan mehnat kollektivlarida mehnat va ishlab chiqarish intizomini, jamoat tartibini taʼminlash uchun javobgarligi oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, mazkur rahbarlar hamda boshqa mansabdor shaxslar ruxsat berilmagan yigʻilish, miting, koʻcha yurishi yoki namoyish qatnashchilariga binolarni, davlat yoki jamoatning boshqa mulkini (aloqa vositalari, nusxa koʻpaytirish texnikasi hamda boshqa texnikani, uskunalarni, transportni) berib qoʻyishlari yoxud shunday tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun oʻzgacha shart-sharoitlarni vujudga keltirganliklari intizomiy hamda maʼmuriy javobgarlikka— ming soʻmgacha miqdorda jarima toʻlashlariga olib keladi. Ular bir yilgacha muddat bilan mukofotlardan mahrum etilishlari, yuqori organlarning qaroriga binoan esa ularning lavozimlari xuddi shu muddatga pasaytirilishi mumkin. Aytib oʻtilgan choralar qoʻllanilishidan qatʼi nazar, ularning qonunga xilof xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan moddiy zarar ulardan sud yoʻli bilan undirib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Grajdanlarning ruxsat etilmagan mitinglarda, koʻcha yurishlari va namoyishlarda ish vaqtida qatnashishlari uzrli sabablarsiz progul deb hisoblanishi lozim va respublika mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarining normalarida koʻzda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday shaxslarning uy-joy olish navbati orqaga surilishi ham mumkin, ular mukofotlar va boshqa imtiyozlardan mahrum etilishlari mumkin, ularning mehnat otpuskasi necha kun progul qilgan boʻlsa shuncha koʻp qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari, namoyishlarning tashkilotchilari qonunda koʻzda tutilgan boshqa taʼsir choralari bilan bir qatorda huquqqa zid xatti-harakatlar natijasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga hamda grajdanlarga yetkazilgan moddiy ziyonning oʻrnini sud yoʻli bilan qoplaydilar. Ular ham bir yil muddatgacha mukofotlardan va boshqa qoʻshimcha haqlardan mahrum etiladilar, ularning uy-joy olish navbati orqaga suriladi, shuningdek necha kun progul qilgan boʻlsa, otpuskasi ham shuncha kun qisqartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya komitetlari jinoyatchilikning va jamoat tartibini buzishning payini qatʼiyan qirqish borasida ichki ishlar organlarining faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. Tuzilgan muvaqqat komitetlarning, oʻrtoqlik sudlarining, koʻngilli xalq drujinalarining va boshqa ijtimoiy uyushmalarining ishi faollashtirilsin. Mehnat kollektivlarining kengashlariga koʻngilli xalq drujinasi aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tavsiya etilsin. Respublika prokuraturasi, oblast ijroiya komitetlari mitinglar, yigʻilishlar, yurishlar va namoyishlar oʻtkazishga ruxsatnomalar berish praktikasini oʻrgansinlar, bu ishda tegishli tartib oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari hamda namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni ijro etish praktikasini oʻrganib chiqib, ushbu Qonunning toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishi yuzasidan rahbariy izohlar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining studentlari hamda oʻquvchilari oʻrtasida tarbiyaviy ish saviyasini oshirish masalalarida respublika Xalq taʼlimi ministrligi, uning joylardagi organlari harakat qilmayotganliklari qayd etib oʻtilsin. Bu ishlarning ahvoli uchun konkret, shaxsiy javobgarlik ministrlikning hamda unga boʻysunuvchi muassasalar va oʻquv yurtlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika Ministrlar Soveti Toshkent shahri ichki ishlar organlarining moddiy-texnika taʼminotini, ular xodimlarining mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalarini bir oy muddat ichida koʻrib chiqsin. Shu organlar uchun bozor fondlaridan avtotransport ajratib berilishi koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi ishda eng koʻp oʻrnak koʻrsatgan respublika ichki ishlar organlari xodimlarini, birinchi navbatda oddiy va serjant sostaviga mansub xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida 1989—1990-yilga respublika va oblast budjetlaridan 500 ming soʻm mablagʻ ajratish zarur, deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy-axborot vositalari respublikada huquq-tartibotning ahvolini, jinoyatchilikka qarshi kurash choralari qanday amalga oshirayotganligini chuqur va ishonarli tarzda yoritsinlar; grajdanlar qaysi millatga mansubligidan qatʼi nazar, ularning tengligi toʻgʻrisidagi qonunlarning qoidalarini aniq-ravshan misollarda tushuntirib bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga tegishli oʻzgartishlarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Raisi M. IBROHIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Sekretari L. BEKQULBEKOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1989-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3578-XI-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989-y., 26-28-son, 470-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda)