25.06.1992 yildagi 603-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShU YILNING YaNVAR OYIDA TOShKENTDAGI TALABALAR ShAHARChASIDA ROʻY BERGAN VOQEALAR BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING RAYoSATI TUZGAN RESPUBLIKA VA DEPUTATLAR KOMISSIYALARINING AXBOROTI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. M. Mutalovning, shu komissiya ishchi guruhlari rahbarlarining va Oliy Kengashi Rayosati deputatlar komissiyasi rahbarining hamda respublika Prokurorining ushbu masalaga doir hisobotini tinglab va muhokama etib Oliy Kengash Rayosati shuni qayd etadiki, respublika va deputatlar komissiyalari tergov guruhlari voqealarning sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniq takliflarni ishlab chiqish borasida sezilarli ishlarni amalga oshirdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu narsa aniqlandiki, bir necha yil davomida koʻplab yotoqxonalar holati qoniqarsizligicha qolaverdi, talabalarga kommunal-maishiy va transport xizmati koʻrsatish past saviyada boʻlgan, oshxonalar va bufetlardagi oziq-ovqatlar bilan taomlarning sifati va turlari aksariyat hollarda talabga javob bermagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bularning barchasi oʻquv yurtlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbarlarining eʼtiboridan chetda qolgan va talabalarning asosli eʼtirozlarini keltirib chiqargan. Bu ham yetmagandek, talabalarga beriladigan stipendiyalar va kuponlarni oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tarqatish ishlari sust bajarilgan. Noilojlikdan narx-navo oshirilayotgan bir sharoitda Prezident va Hukumat talabalarga moddiy madad koʻrsatish yuzasidan koʻrayotgan chora-tadbirlar koʻpchilik talabalar eʼtiboriga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar shuningdek, ayrim professor-oʻqituvchilarning bilim darajasi past ekanligini taʼkidladi. Pedagoglarning ayrimlari oʻquv jarayonini talabalarni ixtisoslashtirish dasturiga muvofiq olib borish oʻrniga dars vaqtida ularni siyosiy mavzulardagi befoyda safsatabozlikka jalb etganlar, endigina hayotga qadam qoʻygan yoshlarning ishonuvchanligidan foydalanib, ularning ongiga respublikadagi ishlarning ahvoli xususida notoʻgʻri tasavvur, ozodlik va demokratiya haqiqiy mohiyatining buzib koʻrsatilgan tamoyilini singdira borganlar. Shuning oqibatida talabalarning ayrim jamoalarida tang maʼnaviy-ruhiy vaziyat tarkib topgan, intizom keskin sustlashgan va talabalar shaharchasida jinoyatchilik qilish uchun vaziyat keskin kuchaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Niyati buzuq shaxslar yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, talabalarning bir qismini ommaviy tartibsizlikka, avtobus bekatlarini, savdo shoxobchalarini hamda aynan talabalarga xizmat qilishga moʻljallangan boshqa obyektlarni yakson qilishga hamda yoqib yuborishga tortganlar. Bunga javob tariqasida, tartibni saqlash va gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarning avj olishini toʻxtatish uchun talabalar shaharchasiga kuchlar tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi paytda respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar evaziga hamda tegishli vazirliklar va idoralarni faol jalb etgan holda talabalar moddiy-maishiy va transport xizmati koʻrsatishni, ularning ovqatlanishi hamda dam olishini uyushtirishni yaxshilash, shuningdek shaharchada umumiy vaziyatni sogʻlomlashtirish yuzasidan koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bir qator oʻquv yurtlarining, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining rahbariyati mustahkamlandi, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning saviyasini va oʻqituvchilar masʼuliyatini oshirish tadbirlari koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy tartibsizliklar hamda qurol qoʻllanganligi hodisasi yuzasidan respublika Prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va mufassal tergov oʻtkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirning oʻzidayoq bir necha ming guvoh bilan suhbatlashildi qurol koʻllashda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida tegishli laboratoriya ekspertizalari oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika va deputatlar komissiyalarining shu yil yanvar oyida talabalar noroziliklarini keltirib chiqargan sabablarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi hamda komissiyalar amalga oshirgan ishlar haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga talaba yoshlarning muammolari bilan shugʻullanuvchi vazirliklar va idoralarning faoliyati ustidan alohida nazorat oʻrnatish, talabalarni ijtimoiy muhofazalashga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqish va ildam amalga oshirishni davom ettirish taklif etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (J. Abdullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (J. Gʻ. Yoʻldoshev), shuningdek oʻz oʻquv yurtlariga ega boʻlgan tarmoq vazirliklari va idoralari oʻquv yurtlar rahbariyati bilan hamkorlikda taʼlim berishning sifati va talabalarning bilimi uchun professor-oʻqituvchilar masʼuliyatini sezilarli darajada oshirishning taʼsirchan chora-tadbirlarini koʻrsinlar, kadrlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish tajribasini joriy etsinlar. Malaka darajasi zamon talablariga javob bermaydigan, harakatlari bilan talabalar jamoalaridagi maʼnaviy-ruhiy muhitining holatiga salbiy taʼsir oʻtkazadigan oʻqituvchilardan foydalanish muvofiq emasligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari talabalarga koʻrsatilayotgan tibbiy, savdo, maishiy, transport va boshqa koʻrinishdagi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlasinlar. Belgilangan tadbirlarning amalda bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar, talabalar jamoalarida sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit saqlab turilishiga alohida eʼtibor bersinlar. Bu ishga xalq deputatlari, urush va mehnat faxriylari, jamoatchilik keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokurorining talabalar shaharchasidagi tartibsizliklarga doir hamda oʻq otish qurolidan foydalanganlik xususidagi faktlar boʻyicha olib borilayotgan tergov tugash arafasida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumoti eʼtiborga olinsin. Aybdor shaxslar javobgarlikdan chetda qolishiga yoʻl qoʻymaydigan darajada mufassal va xolis tergov qilinishini taʼminlash B. Mustafoyevga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining shu yil 17 va 25-yanvardagi qarorlari bilan tuzilgan Respublika va deputatlar komissiyalarining ishi yakunlangan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
603-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 8-son, 318-modda)