Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Qoʻshma Deklaratsiya
Havo transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati,
ikki mamlakat oʻrtasida kengayib borayotgan va ularni bogʻlayotgan aloqalarni eʼtiborga olib,
transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Toshkent va Parij shaharlari orasida havo yoʻlini oʻrnatish toʻgʻrisida umumiy kelishuvga erishdilar.
Ushbu sababga koʻra ikki davlat Hukumatlari ikki fuqarolik aviatsiyasi tashkilotlari va milliy aviakompaniyalar oʻrtasida oʻrnatilgan dastlabki muvaffaqiyatli aloqalar bilan qoniqishlarini bildiradilar, va yaqin kelajakda havo qatnovi toʻgʻrisida Bitim tuzish maqsadida ulardan muzokaralarni davom ettirishni soʻraydilar.
Ikki mamlakat milliy aviakompaniyalari bu havo yoʻlidan foydalanishga taalluqli boʻlgan texnik va savdo masalalarini kelgusida aniqlab oladilar.
Toshkent shahrida, 1994-yil 26-aprelda, ikki asl nusxada, oʻzbek va fransuz tillarida tuzildi, bunda har ikkala matn bir xil kuchga ega.
(imzolar)