08.05.1992 yildagi 586-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AMALDAGI QONUN HUJJATLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalari va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari samaradorligini oshirish va huquqiy islohot oʻtkazishga muvofiq keladigan yangi qonunlar ishlab chiqish hamda amaldagi qonun hujjatlarini ana shu talablarga moslab takomillashtirish borasidagi ishlariga tubdan taʼsir koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, mustaqil davlatlar tashkil etilganligi, Oʻzbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga kirganligi munosabati bilan roʻy berayotgan jarayonlar amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqishni va boshqarishning iqtisodiy uslublarini joriy etishga, jamiyatni, uning iqtisodiyotini, ijtimoiy va boshqa sohalarini sifat jihatdan yangi holatga keltirishga koʻmaklashuvchi yangi qonunlar qabul qilish jarayonlarini tezlatishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari tarmoqqa doir qonun hujjatlarini oʻrganib chiqish, tahlil etish va tegishli qonun loyihalarini ishlab chiqish uchun bilimdon mutaxassislardan iborat ishchi guruhlari tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlariga rahbarlik qilish va ularning ishini nazorat qilish vazifasi vazirning, davlat qoʻmitasi raisining yoki idora rahbarining muovinlaridan biri zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlari tarmoqqa doir qonunlarni, Oliy Kengashlarning, shu jumladan sobiq SSR Ittifoqi Oliy Kengashining farmonlari, qarorlari va boshqa hujjatlarini oʻrganib chiqishi, jamiyatning hozirgi bosqichdagi rivojiga zid keluvchi qonun normalarini aniqlash va Yangi qonun hujjatlari ishlab chiqish toʻgʻrisida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida takliflar tayyorlashi belgilab qoʻyilsin. Ana shu takliflar asosida yaqin yillar ichida va istiqbolda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan ustuvor qonun loyihalari aniqlab olingan holda qonun loyihalarini ishlab chiqish rejasi tuziladi. Qonun loyihalarini ishlab chiqish rejasi hayʼat tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning qonun loyihalarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga yuridik uslubiy yordam koʻrsatish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yilning 1-iyuliga qadar vazirliklar va idoralar ishchi guruhlarining aʼzolari bilan tarmoqqa doir qonunlarni takomillashtirish masalasi yuzasidan seminar oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar qonun loyihalarini tayyorlash va taqdim etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1991-yil 10-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama etish hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish qoidalari”ga amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalari va komissiyalari taqdim etilgan qonun loyihalarini belgilangan tartibda qarab chiqsinlar hamda umumdavlat manfaatlariga asoslangan holda respublikaning davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishiga doir masalalarni qonun yoʻli bilan tartibga solish chogʻida tor idoraviy yondoshuvga yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtibor qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qoʻmitalari va komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
586-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 290-modda)