17.08.2015 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015/2016 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2359-son, “Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi 2360-son, “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son va “Respublika oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 30-apreldagi PQ-2170-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 7-iyundagi 109-son, “2015/2016 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida” 2015-yil 3-iyundagi 145-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-maydagi 258-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 5-son, 28-modda), shuningdek qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallariga joriy etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat komissiyasi kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilganlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi uning vakolatiga kiradigan koʻrib chiqiladigan masalalar koʻrsatilgan holda ushbu Nizomga ilovada keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat komissiyasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassislariga istiqboldagi talabga moslik va oʻzaro bogʻliqlik taʼminlangan holda kelgusi oʻquv yiliga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-aprelgacha boʻlgan muddatda qarorning tegishli loyihasi shaklida Davlat komissiyasiga kiritiladigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishga doir asoslangan va belgilangan tartibda kelishilgan takliflarni koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi oʻquv yiliga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishga doir qarorning kiritilgan loyihasini oʻrganish natijalari boʻyicha keyinchalik har yili 10-aprelgacha Iqtisodiyot vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan hujjatning koʻrsatib oʻtilgan loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi uchun Davlat komissiyasining bayon qarori bilan rasmiylashtiriladigan tegishli tavsiyalarni berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlar va oʻquvchilarni oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga tanlashda xolisonalik va ishonchlilikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga kirish imtihonlarini (test sinovlarini) tashkil etish va oʻtkazishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlar va oʻquvchilarning bilimlarini baholash shakllari va mezonlarini belgilash va takomillashtirish, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga kirish uchun bilimlar (ballar) darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihonlarini (test sinovlarini) oʻtkazish tartibini, test materiallari ekspertizasini oʻtkazishni hamda abituriyentlar va oʻquvchilarning bilimlarini baholashni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni, takliflar va talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihonlarini (test sinovlarini) oʻtkazish boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro, respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy fuqarolarni oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat komissiyasining vakolatlari doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va tiklash masalalarini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihonlari (test sinovlari) yakunlarini chiqarish, tanlangan yoʻnalish, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisligi boʻyicha abituriyentlarning bilimlari darajasini, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga oluvchi yagona talablar boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilanadigan kvotalari toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul va bitiruvchilarni ishga joylashtirishning mosligini taʼminlash uchun istiqbolli talab prognozidan va ish beruvchilarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan amaldagi ehtiyojidan kelib chiqib navbatdagi oʻquv yiliga qabul parametrlariga yanada tuzatish kiritish uchun qabul kvotasi toʻliq boʻlmagan holda bajarilgan yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni aniqlagan holda oliy taʼlim muassasalariga qabul yakunlari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish uchun qabul qilishni amalga oshirish boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat komissiyasining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotli mutaxassislarga istiqbolli talabning mosligi va oʻzaro bogʻliqligi taʼminlagan holda kelgusi oʻquv yiliga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tadbirlarga rahbarlik qiladi hamda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishni, kirish imtihonlarini (test sinovlarini) tashkil etish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining har bir yoʻnalishi boʻyicha test sinovi fanlari roʻyxatini va ularni baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha qabul qilishning kvotalari doirasida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish kvotalarini taʼlim olib boriladigan tillar boʻyicha taqsimlashni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinoviga qoʻshimcha ravishda koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoliblarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun xalqaro, respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalarning maqomini eʼtirof etish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida xorijiy fuqarolarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi qiymatini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masalaning holati monitoringi (tahlili) natijalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov muddatlarini uzaytiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq talabalarning oʻqishini koʻchirish va tiklash, shu jumladan akkreditatsiya qilingan xorijiy taʼlim muassasalaridan koʻchirish va tiklash masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga har yilgi kirish imtihonlari (test sinovlari) natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi tarkibini va raisini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining takliflarini tahlil qiladi hamda abituriyentlar va oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha vakolatlar doirasida tegishli qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibiga, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari fanlari roʻyxatiga, test sinovi savollari va topshiriqlariga kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalari orqali abituriyentlar va oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarning bitiruvchilari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqishning keyingi shakllari bilan toʻliq qamrab olinishi ustidan har yilgi tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarning bitiruvchilari keyinchalik oʻqitish bilan qamrab olinishi ustidan monitoring olib boradi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha ishlarning ahvolini umumlashtiradi hamda har yili 1-oktabrgacha yangi oʻquv yili boshlanishining boshlangʻich bosqichi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berish uchun maʼruza materiallarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat komissiyasining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlarining boʻlajak oʻquv yiliga oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat komissiyasi aʼzolarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining Davlat komissiyasiga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan shaxsiy hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish yuzasidan oʻtkaziladigan tadbirlar va ularning yakunlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi masalalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihonlari (test sinovlari) natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining taqdimnomasi boʻyicha kirish imtihonlarini (test sinovlarini) oʻtkazish va ularning yakunlarini chiqarishda yoʻl qoʻyilgan tashkiliy va texnik (hujjatlashtirishdagi) xatolarni tuzatish natijalari boʻyicha abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida chet tillari oʻqituvchilariga oʻtkir ehtiyojga duch kelayotgan chekka qishloq aholi punktlarida yashovchi shaxslar orasidan chet tillari oʻqituvchilari mutaxassisliklariga oliy taʼlim muassasalariga maqsadli qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomalari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlashga oʻtkir ehtiyoj mavjud boʻlgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarni qoʻshimcha ravishda belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning taqdimnomalari boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) abituriyentlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun belgilangan tartibda idoralararo kengashlar chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) oldinga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish, tahliliy materiallar tayyorlash, test topshiriqlari ekspertizasini oʻtkazish uchun zaruriyat boʻlganda ishchi (ekspert) guruhlar, idoralararo komissiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar izchil amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat komissiyasiga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi samarali ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha Davlat komissiyasi aʼzolari ishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi ish reglamentini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining kun tartibini belgilash va uning majlislarini chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti Davlat komissiyasining Ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi majlislariga zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Davlat komissiyasining aʼzolariga tegishli qismi boʻyicha tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, oliy taʼlim muassasalariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining ish yuritishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat komissiyasi oʻz faoliyatini Davlat komissiyasining ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi majlislari manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari taklif etilgan holda, zaruriyatga koʻra, vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni Davlat komissiyasi raisi, u boʻlmaganda Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi aʼzolari abituriyentlarni oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha faoliyatning qonuniyligi, xolisonaligi, ochiq-oshkoraligini taʼminlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan Davlat komissiyasining ishiga koʻmaklashadilar, qonun hujjatlariga va Davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat komissiyasining qarorlari Davlat komissiyasining majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda Davlat komissiyasining majlisiga taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Davlat komissiyasining raisi ayrim masalalar boʻyicha Davlat komissiyasining qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat komissiyasining qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, masʼul kotib tomonidan imzolanadi, Davlat komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi bayonnomasining asl nusxasi va unga materiallar Ishchi organda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat komissiyasi oʻz faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 33-son, 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)