Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 02.04.1999 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUDJETDAN MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANADIGAN TAShKILOTLARDA XIZMAT YENGIL AVTOTRANSPORTIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat yengil avtomobil transporti parkini maqbullashtirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, avtomobillarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1999-yil 1-apreldan boshlab vazirliklar, idoralar va davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha xizmat yengil avtotransporti soni 55 foizga qisqartirilsin. Biriktiriladigan yengil avtotransportning umumiy cheklangan soni 2067 ta, shu jumladan shaxsan biriktirilgan avtomobillar soni 1050 ta va navbatchi avtomobillar soni 1017 ta etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat yengil avtomobillari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlar, davlat qoʻmitalari, idoralar va budjet mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa respublika jamoat tashkilotlari va organlari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hamda tumanlar hokimlari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan viloyat tuzilmalari rahbarlariga shaxsan biriktirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Balansda hisobda turgan avtomobillar hisobiga Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar, idoralar va ularning viloyat tuzilmalariga navbatchi yengil avtomobillar, shuningdek tuman va shahar moliya va soliq organlariga, xalq taʼlimi organlariga bittadan yengil avtotransport nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 1-apreldan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat avtomobil transportining yoʻl bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan foydalanish normativlarini 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya toʻlash tartibini 3-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan va balansida yengil avtomobillar boʻlgan muassasalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bilan birgalikda foydalanishga yaroqli boʻlgan xizmat yengil avtomobillarni bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalari boʻyicha belgilangan cheklangan miqdordan ortiqcha boʻlgan va kim oshdi savdosi asosida birja orqali sotiladigan avtomobillar roʻyxatini belgilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻshab qolgan yengil avtomobillar belgilangan tartibda 1999-yil 1-iyulgacha sotilishini taʼminlasinlar va tushgan mablagʻlarni respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha respublika budjeti daromadiga, mahalliy budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha mahalliy budjet daromadiga oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 100 km yoʻl bosishga yonilgʻi sarfining bazis liniya normalariga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari yillik limiti normalariga amal qilgan holda budjet tashkilotlari uchun xizmat yengil avtomobil transporti uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlarni ikki hafta muddatda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar cheklangan yoʻl bosishga va yoqilgʻi-energetika resurslarini sarflashning belgilangan limitiga qatʼiy amal qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi ishchi organining soʻrovnomasi boʻyicha neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazning belgilangan limitdan ortiqcha sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni keyinchalik ortiqcha sarflanishga yoʻl qoʻygan korxonalarga javobgarlik choralari koʻrish boʻyicha takliflar kiritish uchun taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini xizmatda foydalanish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda sotib oladilar yoki yollaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazishda xizmat avtomobillari soni limitlarini va ularni saqlash xarajatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning maxsus avtomobillarini taʼminlash va ulardan foydalanishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-apreldagi 154-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta transport bilan yoʻl bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan (maxsus avtotransportdan tashqari) foydalanish normativlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagi yoʻl bosish yillik limitini belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xizmat koʻrsatish turi‎

Ishning smenaligi (soatlarda)‎ Yillik yoʻl bosish, km‎ Oylik yoʻl bosish, km‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 2 smenada‎ 14‎ 36500‎ 3320‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1,5 smenada‎ 10‎ 27720‎ 2520‎
Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1 smenada‎ 7‎ 24640‎ 2240‎
Navbatchi avtotransportda 2 smenada‎ 14‎ 27720‎ 2520‎
Navbatchi avtotransportda 1,5 smenada‎ 10‎ 24640‎ 2240‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va hokimliklarga xodimlar sonidan kelib chiqqan holda navbatchi mashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xodimlar soni‎

Avtomobillar soni‎

100 kishigacha‎

1‎

100 dan 200 gacha‎

2‎

200 dan 300 gacha ‎

3‎

300 va undan ortiq‎

4‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat avtotransportining belgilangan oylik yoʻl bosish limitlariga qatʼiy amal qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi budjet tashkilotlarining avtotransportlari uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlar ajratishda Yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish Hukumat komissiyasining 1994-yil 28-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 100 km yoʻl bosishga yoqilgʻi sarfining bazis liniya normalariga va avtotransport vositalarining mazkur Nizomda koʻrsatilgan yoʻl bosish yillik limiti normalariga amal qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻz avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazayotgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga belgilangan yoʻl bosish limitini 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorga oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Budjet tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi avtokorxonalar rahbarlariga avtotransportning yoʻl bosishi belgilangan limitdan oshib ketganda koʻrsatib oʻtilgan muassasalar va tashkilotlarga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalarini chiqarishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtokorxonalar rahbarlari mazkur Nizomning 6-bandini buzganligi uchun, chorakka belgilangan yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlinganda xizmat koʻrsatish uchun avtomobil berishni davom ettirsalar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklarga, davlat qoʻmitalari va idoralarga, muassasalar va tashkilotlarga har qaysi xizmat avtotransport vositasi boʻyicha chorak uchun belgilangan limitni muddatdan oldin foydalanilganda, kelgusi chorakning boshlanishiga qadar undan foydalanish qatʼiy taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Avtokorxonalar rahbarlari choraklik yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlingan avtomobillarni aholiga xizmat koʻrsatish uchun taksi sifatida foydalanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-apreldagi 154-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya miqdori va uni toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kompensatsiya, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish (xizmat safarlaridan tashqari) zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan va ushbu maqsadlar uchun oʻz shaxsiy yengil avtomobillaridan foydalanadigan xodimlariga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kompensatsiya toʻlash xarajatlari xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar summasining 30 foizi doirasida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xoʻjalik hisobidagi korxonalar (birlashmalar)da va tashkilotlarda kompensatsiya toʻlash xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun foydani taqsimlash smetalarida nazarda tutilgan, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompensatsiya avtomobillar motorining ot kuchi soniga qarab quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ot kuchi soni‎ Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori‎
100 ot kuchidan yuqori‎ Eng kam oylik ish haqining 4,5 baravari‎
70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha‎ Eng kam oylik ish haqining 3,5 baravari‎
70 ot kuchigacha‎ Eng kam oylik ish haqining 2 baravari‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya miqdorlari xodimga faqat xizmat maqsadlari uchun foydalaniladigan avtomobilni ishlatish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni qoplashni hisobga olgan holda belgilangan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining buyrugʻi xizmat maqsadlari uchun oʻzlarining yengil avtomobillaridan foydalanuvchi xodimlarga kompensatsiya toʻlash uchun asos boʻladi. Korxona, muassasa va tashkilot rahbari ishlatish sharoitlariga qarab kompensatsiyaning cheklangan miqdorini koʻpi bilan 10 foizga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kompensatsiyani toʻlash yuqori tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya olish uchun xodimlar korxona, muassasa va tashkilot buxgalteriyasiga shaxsiy avtomobil texnik pasportining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompensatsiya oyiga bir marta, kalendar kunlarning sonidan qatʼi nazar, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim taʼtilda, xizmat safarida boʻlgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli, shuningdek, u boshqa sabablarga koʻra ishga chiqmagan, shaxsiy avtomobildan foydalanmagan vaqtlar uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Tartibning 4-bandida koʻrsatilgan normalar doirasidagi kompensatsiyaga soliq solinmaydi va oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)