Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 09.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2694
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.05.00 (Кучини йукотган) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2694]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. XAYRULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
02-02/12-26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-iyundagi 335-V, 02-02/12-26-sonli qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-sonli “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni (bundan buyon matnda yigʻimlar deb yuritiladi) undirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli bank — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatliklar — xorijiy valyuta va qatʼiy hisobda turuvchi blankalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan xorijiy valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar hisobini yuritish hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkassatsiya xizmati — bank mijozlarining kunlik naqd pul tushumlarini inkasso qilish va qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda xorijiy valyutada yigʻimlar undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yigʻimlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yigʻimlarni undirish uchun tegishli bojxona postida vakolatli bank tomonidan xorijiy valyutada toʻlovlarini qabul qiluvchi bank kassasi (bundan buyon matnda maxsus kassa deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus kassa ishini tashkil qilish, qimmatliklar bilan taʼminlash va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus kassalar ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish, mazkur Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus kassa vakolatli bank tomonidan yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlaydigan detektor yoki tester, xorijiy valyutani naqd pulsiz shaklda qabul qiluvchi toʻlov terminali, kompyuter, printer, hisoblash texnikasi, pul sanash mashinkasi, pullarni oʻrab-bogʻlash uchun banderol, tizimcha va plombalar, kassir uchun biriktirilgan maxsus plombir, amaliyot kassasining nomi yozilgan yoki uning tartib raqami koʻrsatilgan muhr va shtamplar hamda blankalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus kassada ikki yoki undan ortiq kassirlar faoliyat yuritganda, vakolatli bank rahbarining buyrugʻiga asosan katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan kassirlardan biri katta kassir lavozimiga tayinlanadi. Katta kassir kassirlarga yuklatilgan barcha vazifalarni amalga oshirib, maxsus kassa ishiga boshchilik qiladi va kassirlarning ishini nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yigʻimlar undirilganligi haqida kassir tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi. Bunda kassir maʼlumotnomada mijozning imzosi qoʻyilganligini hamda qayd qilingan barcha maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq qoʻrsatilganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maʼlumotnoma blankalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va vakolatli bankning buyurtmasiga asosan “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bir xil seriyaga va zarur himoya darajalariga ega boʻlgan ikki nusxada tayyorlanadi. Maʼlumotnomaning birinchi nusxasi mijozga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buzilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga kelgan maʼlumotnomalarning ikkala nusxasi ham bekor qilinib, kassir imzosi bilan tasdiqlanadi hamda kunlik hujjatlarga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qimmatliklarni olish uchun kassir tomonidan ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Maxsus kassada operatsiyalarni amalga oshirish uchun boʻnak olish toʻgʻrisidagi talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) toʻldiriladi. Talabnomaning bir nusxasi vakolatli bank kassasida qoldirilib, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli bank buxgalteriyasining masʼul xodimi tomonidan talabnoma hamda tegishli kassa va balansdan tashqari orderlar asosida uch nusxada ilova qaydnomasi tuziladi. Uning har bir nusxasi vakolatli bankning moddiy javobgar shaxsi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maxsus kassaga joʻnatish uchun tayyorlangan qimmatliklar va ilova qaydnomasining birinchi nusxasi moddiy javobgar shaxslar tomonidan inkassatsiya xaltasiga joylanadi, shundan soʻng xalta tamgʻalanadi. Maxsus kassaga biriktirilgan har bir inkassatsiya xaltasida maxsus kassaning roʻyxat raqami va vakolatli bankning nomi yoziladi. Inkassator tomonidan xaltalar qabul qilib olingandan soʻng, ilova qaydnomasining uchinchi nusxasi imzolanadi va muhrlanadi. Ilova qaydnomasining uchinchi nusxasi vakolatli bankda qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inkassator keltirgan xaltalar kassir tomonidan qabul qilinadi. Bunda xaltaning tamgʻa urilgan tizimchasining butligi va tamgʻa izining aniqligi sinchiklab tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qabul qilingan qimmatliklar talabnoma, ilova qaydnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari bilan solishtirilgandan soʻng, kassir tomonidan ilova qaydnomasining ikkinchi nusxasi imzolanadi, maxsus kassaning shtampi bilan tasdiqlanadi va inkassatsiya boʻlimiga topshirish uchun inkassatorga qaytariladi. Ilova qaydnomasining birinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maxsus kassada hisobotni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kassir tomonidan operatsion kun yakunida maxsus kassada qimmatliklar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha hisobot tuziladi va imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bank buxgalteriyasining masʼul xodimlari taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuzilgan hisobotning toʻgʻriligini, qimmatliklarning toʻla-toʻkis topshirilganligini va ulardan toʻgʻri foydalanilganligini tekshiradi. Hisobotga kiritilgan operatsiyalarni vakolatli bank balansida aks ettirilishi bosh buxgalter tomonidan tekshiriladi va imzolanadi hamda kassir tomonidan tasdiqlovchi hujjatlari bilan birgalikda kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yigʻimlarni undirish va hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yigʻimlardan tushgan mablagʻlar (bundan buyon matnda mablagʻlar deb yuritiladi) vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mablagʻlarni kirim qilish uchun Jamgʻarmaning xos raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) bilan vakolatli banklarda 20207 — “Respublika yoʻl jamgʻarmasining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” tranzit hisobvaragʻi (bundan buyon matnda 20207 — tranzit hisobvaragʻi deb yuritiladi) har bir xorijiy valyuta turi boʻyicha ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Operatsion kun yakunida maxsus kassa tomonidan qabul qilingan mablagʻlar tegishli vakolatli bankka inkassatsiya xizmati orqali topshiriladi. Mablagʻlar bankning keyingi ish kunida vakolatli banklardagi 20207 — tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. 20207 — tranzit hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar har ish kunida bir marta markazlashgan holda ularni jamlash maqsadida Jamgʻarmaning Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 21508 — “Bank boʻlmagan moliyaviy institutlarning talab qilib olguncha depozitlari” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vakolatli bank tomonidan har oyda mablagʻlar boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot oyidan keyingi oyning birinchi ish kunida Bosh bankka taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bosh bank hisobotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi va Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vakolatli bank Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda bojxona boshqarmasi deb yuritiladi) bilan birgalikda har oyning 3-sanasidan kechiktirmasdan hisobot oyida Jamgʻarma hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida ikki nusxada solishtirma dalolatnoma tuzadi. Solishtirma dalolatnoma vakolatli bank va bojxona boshqarmasining rahbarlari tomonidan imzolanadi, uning birinchi nusxasi vakolatli bankda, ikkinchi nusxasi bojxona boshqarmasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________________________________________________________qabul qilindi.
(xorijiy valyutaning nomi, summasi — raqam va soʻz bilan yoziladi type of foreign currency, amount in figures and in words)
___________________________________________ (avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi, the name of the country, where the vehicle is registered)
_________________________________
(toʻlov turi — type of payment)
_________________________________
____________________________
(mijozning imzosi — holder`s signature)
(kassirning imzosi — cashierʼs signature)
MAZKUR BLANKNI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAʼQIB QILINADI UNGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI BOSHQA SHAXSLARGA BERISH TAQIQLANADI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
07002-shakl
____________________________ ruxsat beraman
Maxsus kassada operatsiyalarni amalga oshirish uchun boʻnak olish toʻgʻrisida TALABNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(old tomoni)
07003-shakl
Maxsus kassa tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida HISOBOT
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 365-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2694-1/0880-son; 15.01.2019-y., 10/19/2694-2/2477-son, 20.06.2019-y., 10/19/2694-3/3315-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 29.12.2023-y., 10/23/2694-4/0987-son)