OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1142-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2015-yil 18-iyundagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga tabiiy gazdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 1142, 2002-yil 21-may) bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga kiritilgan 2014-yil 30-iyuldagi 1-6-826/8-sonli taqdimnoma talablari bajarilmaganligi hamda Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan 2015-yil 10-iyundagi 014-1/711-sonli murojaati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2002-yil 29-apreldagi 012-1/504, 58, 1-sonli “Ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga tabiiy gazdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1142, 2002-yil 21-may) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu buyruqning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 18-iyun,
194-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 323-modda)