Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 31.05.2002 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 07.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslangan, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan 2002-yil 1-yanvardan boshlab Uygʻunlashtirilgan tizimga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (2002-yilda yaratilgan) bilan, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Import boj poshlinalari stavkalari jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyati uchun olib kelinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, budjet tashkilotlari tomonidan yoki ularning buyurtmanomalariga binoan oʻz ehtiyojlari uchun budjet mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlardan import boj poshlinalari undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur imtiyoz roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan isteʼmol tovarlariga joriy etilmaydi, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlanib qolgan tovarlar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-maydagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning VI boʻlimidan 3-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarorining 1-bandiga quyidagi mazmundagi xat boshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bojxona yigʻimlari milliy valyuta — “soʻm”da, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida — erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida yigʻimlar undirishdan valyuta tushumlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tushumlar umumiy summasining 15 foizi, lekin Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badalini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangandan kam boʻlmagan summa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qolgan summasi — birjadan tashqari valyuta bozorida, talab va taklifga koʻra vujudga keladigan erkin kurs boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 84-modda; 14-son, 111-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda, 19-son, 161-modda; 2012-y., 48-49-son, 536-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)