04.03.2000 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.03.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

RESPUBLIKADA YETISHTIRILGAN PILLADAN FOYDALANISH MEXANIZMINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak mahsuloti eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoniga muvofiq hamda respublika ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun barqaror xom ashyo bazasini yaratish, ipak xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportga moʻljallangan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼiy nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan ipak ip va kalavani, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalavalarni va boshqa ipak mahsulotlarini (TIF TN boʻyicha kodi 5004-5005) respublika tashqarisiga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali, olib chiqish faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buxoro (Xusenov), Samarqand (Roʻziyev), Namangan (Jabborov) va Toshkent (Mirzaqulov) viloyatlari hokimlariga 1999-yil pilla hosilini chet tashkilotlarga sotish yuzasidan oʻzboshimchalik bilan qarorlar qabul qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar hokimlari “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining xoʻjalik faoliyatiga aralashganlik hamda pillani belgilangan tartibni buzgan holda sotishga yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” aksiyadorlik birlashmalari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, boshqa manfaatdor idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yetishtiriladigan pilla hosilining saqlanishini hamda ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibini buzishning har bir holati boʻyicha aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq qattiq javobgarlikka tortsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, bojxona organlari tomonidan musodara qilingan pilla va boshqa ipak mahsulotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalariga qayta ishlash uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda musodara qilingan pillani, ipak xom ashyosini va ipak chiqindilarini keyinchalik ipakchilik sohasi korxonalarida; qayta ishlash uchun berish mexanizmini oʻn kun muddatda aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qaroriga 1-ilovadagi 20-satrga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ustun “Ipak ip va kalava, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalava” tahririda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ustun “5004 00-5005 00” tahrirda bayon qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda)