Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2000 08.04.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 324
ONLINE TRANSLATE
"Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish" Davlat-kooperativ qoʻmitasining Namunaviy nizomi, 08.04.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 324
Kuchga kirish sanasi
08.04.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN”
“Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish”
Davlat kooperativ qoʻmitasi
Raisi B. Olimjonov
4-aprel 1997-y.

“KELIShILDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mulki qoʻmitasi
Raisining birinchi oʻrinbosari
B. Xoʻjayev
4-aprel 1997-y.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT-AKSIYADORLIK MAShINA-TRAKTOR PARKINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 8-aprelda 324-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Namunaviy ustav Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2000-yil 22-sentabrda104-mh-sonli buyrugʻiga asosan davlat roʻyxatidan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Jamiyatning nomi va manzili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Jamiyatning nomi: Davlat aksiyadorlik Mashina traktor parki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Jamiyatning manzili: Oʻzbekiston Respublikasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. “Davlat aksiyadorlik Mashina traktor parki” jamiyati keyingi oʻrinlarda “Jamiyat” deb ataladi. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19-mart 1997-yil 152-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Jamiyat qishloq xoʻjalik texnikalarida tuproqqa ishlov berish. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish. Hosilni yigʻishtirib olish bilan bogʻliq boʻlgan mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjalik ishlarini bajaruvchi qishloq xoʻjaligi texnikalarini tuzatuvchi, ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi, transport xizmati koʻrsatuvchi, qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini traktorlar qishloq xoʻjaligi mashinalari, ehtiyot qismlar va boshqa turdagi moddiy texnika resurslari bilan taʼminlovchi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaruvchi, chorvachilik fermalariga, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi, ijtimoiy sohalarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Jamiyat yuridik shaxs boʻlib hisoblanadi, oʻz mulkiga, yumaloq muhriga, toʻrtburchak tamgʻasiga (shtampiga), mustaqil va tugal balansiga, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta hisob raqamlariga ega boʻladi. Jamiyat oʻz nomidan mulkiy va boshqa nomulkiy, huquqlarga ega boʻlishi, sudlarda javobgar hamda daʼvogar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Jamiyat oʻz faoliyati davomida “Aksiyadorlik jamiyatlari va akdiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida” gi, “Ijara toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga va qonun hujjatlariga asosan amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.7. Jamiyat tumanlarda “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” davlat kooperativ qoʻmitasi tugatilayotgan tashkilotlarining huquqiy vorisi hisoblanadi. Ilgari tuzilgan barcha shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha masʼuliyatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.8. Jamiyat Davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.9. Jamiyat oʻz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida” gi qonuniga muvofiq jamoa shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklaridan, shirkatlar uyushmalaridan va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalaridan hamda tashkilotlaridan (bular keyingi oʻrinlarda “Xoʻjaliklar” deb ataladi) shartnoma narxi boʻyicha keyinchalik sotib olish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga olingan mashina va mexanizmlar bilan, bunda sotib olinayotgan texnikalarning resursiga, texnik holatiga va ish unumiga alohida eʼtibor qaratilib, shuningdek, sotib olinayotgan yangi texnika bilan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.10. Jamiyatni xodimlar bilan butlash asosan tumanlarda “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” davlat kooperativ qoʻmitasining tugatilayotgan tashkilotlari mexanizatorlari va mutaxassislari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Jamiyatning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari, shirkatlar birlashmalari, chorvachilik Fermalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjalik ishlarini belgilangan muddatlarda bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida traktorlarni va qishloq xoʻjaligi texnikalarini tuzatish, ularga texnik, transport xizmati koʻrsatish, moddiy texnika resurslari bilan taʼminlash, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Jamoa chorvachilik Fermalari, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarining buyurtmalariga koʻra qurilish ishlarini shartnomalar asosida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Taʼmirlash ustaxonalaridan, xoʻjaliklardan ijaraga, oʻz balansiga olingan texnikalar, avtotransportlar va boshqa asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Taʼmirlash ustaxonalari, texnikalarga xizmat koʻrsatish bazasini mustahkamlash, Fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga muntazam joriy qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Mexanizatsiyalashgan ishlarning har bir gektariga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va saqlab turish uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Jamiyatning bajaradigan ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Xoʻjaliklar bilan texnologik xaritalarga muvofiq mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjaligi ishlarining turlari, hajmlarini va bajarish muddatlarini belgilab, qilinadigan ishlarni oʻz vaqtida agrotexnik muddatlarda bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish, hosilni yigʻishtirib olish va boshqa xizmatlarda mexanizatsiyalashgan ishlarni shartnomaviy narxlarda bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Andoza (standart)lar talabiga muvofiq ravishda qishloq xoʻjaligi texnikalarini tuzatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va saqlashni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Transport vositalari bilan jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga, shirkatlar uyushmalariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga, jamoa, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga shirkatlar uyushmalariga ularning buyurtmanomalari boʻyicha texnik hamda servis xizmati koʻrsatish, traktorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ehtiyot qismlar va boshqa turdagi moddiy texnika resurslari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Isteʼmolchilarni talablariga javob bera oladigan xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Ishdan chiqqan ehtiyot qismlarni taʼmirlash, yangilarini ishlab chiqarish va sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Qimmatbaho qogʻozlar chiqarish va ular bilan ishlash, shu jumladan Fond birjalari orqali sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Ijtimoiy sohalarda xizmat koʻrsatish (qurilish materiallarini ishlab chiqarish sartaroshxonalar ochish va boshqa turdagi xizmatlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Maxsus litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari bilan Jamiyat tegishli litsenziya olganidan soʻng shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. Mexanizator kadrlar, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Jamiyatga beriladigan huquqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Mulk egasining roziligiga binoan qishloq xoʻjaligi texnikasini, binolarni, inshootlarni, dastgohlarni, transport vositalarini sotib olish va qayta ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Qurilishning umumiy tartib qoidalariga rioya qilgan holda oʻz mablagʻlari va olingan qarzlar hisobiga ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi zarur binolar, shu jumladan turar joylar qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilagan boʻlsa, shartnoma muddati tugagach va shartnoma bekor qilinganida, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijarachi ishlab chiqarish maqsadida qilingan barcha xarajatlarning oʻrnini toʻldirishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻziga tegishli turdosh korxonalar, agentliklar va vakolatxonalar, shuningdek chet ellik sheriklar ishtirokida qoʻshma korxonalar ochish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Jamiyatning ustav jamgʻarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Jamiyatning ustav jamgʻarmasini tashkil etish maqsadida aksiyadorlar qoʻshadigan mulkiy va pul mablagʻlari sifatidagi ulush miqdorida Ustav jamgʻarmasi hosil etiladi. Jamiyatning ustav jamgʻarmasi unga kiruvchi har bir jamiyatning hozirgi kundagi asosiy Fondlarining qiymatiga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Jamiyat aksiyalari quyidagi tartibda birlamchi joylashtirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi ustav jamgʻarmasining 35 (oʻttiz besh) foizini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa ulushi ustav jamgʻarmasining 15 (oʻn besh) foizini tashkil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida joylashtirish ustav jamgʻarmasining 30 (oʻttiz) foizini tashkil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin sotish, shu jumladan chet el investorlariga ustav jamgʻarmasining 20 (yigirma) foizini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Ilgari chiqarilgan aksiyalar nominal qiymatida qoldirilishi mumkin yoki ular aksiyadorlardan olinib oʻrniga yangi chiqariladigan aksiyalar berilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Aksiyaga yozilishda qatnashayotgan shaxslar Jamiyat roʻyxatga olingandan keyin bir yil ichida aksiyalarni sotib olishlari lozim. Aksiyalarni sotib olish muddati tugagach, jamiyat ularni mustaqil tarzda sotib yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Oddiy aksiyalar jamiyat aksiyalarining asosiy qismini tashkil etadi. Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustav jamgʻarmasining 20 (yigirma) foizdan ortiqroq qiymatda chiqarilishi mumkin emas. Imtiyozli aksiyalar egalariga dividentlarni olishda afzal huquq hamda jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol mulkini taqsimlashda ustunlik bilan ishtirok etish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyat joriy yilda olgan foydasidan qatʼiy nazar, ularning belgilangan nominal qiymatidan 20 (yigirma) foizdan kam va 100 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.7. Aksiyador umumiy yigʻilishi belgilangan muddatlarda, lekin jamiyatning roʻyxatga oʻtgan davridan boshlab bir yildan kechiktirmay aksiyalarni toʻlaligicha sotib olishi lozim. Sotib olinmagan aksiyaga dividend hisoblanadi, ammo toʻlanmaydi. Bu summa jamiyat ixtiyorida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Jamiyatning Ustav jamgʻarmasi, uning faoliyati natijasida olingan foyda hisobiga yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga asosan qoʻshimcha ulushlar qoʻshish hisobiga koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Jamiyat aksiyadorlarining Ustav jamgʻarmasidagi ulushi ushbu Namunaviy Ustav qoidalariga binoan koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish masalasi boʻyicha aksiyadorlarga quyidagi maʼlumotlar yuborilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamgʻarmasining minimal oshirish miqdori, usuli va maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamgʻarmasining koʻpayishi munosabati bilan jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartirishlar loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha ravishda chiqariladigan aksiyalarga nisbatan aksiyadorlarning huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha chiqariladigan aksiyalarga yozilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Agarda ilgari chiqarilgan aksiyalar oʻzining nominal qiymatidan past boʻlmagan bahoda toʻlangan boʻlsa, bu xollarda jamiyat ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish huquqiga egadir. Ustav jamgʻarmasiga mol mulkining natura shaklida kirgizilishi bundan mustasno. Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish evaziga chiqarilgan qoʻshimcha aksiyalar shartnomaviy baholarda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi qapop aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi 3/4 tomonidan qabul qilinadi hamda belgilangan tartibda eʼlon qilinganidan keyin kamida uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Jamiyatning fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Jamiyat oʻz faoliyati natijasida topgan va faqat oʻzi toʻliq tasarruf qilishi mumkin boʻlgan sof foyda hisobidan quyidagi fondlarni tashkil qilish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy ragʻbatlantirish va isteʼmol fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni kengaytirish fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy rivojlanish fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividendlar toʻlov fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan sof foydani taqsimlash miqdorlari oʻzgartirilishi yoki boʻlmasa yangi fondlar tashkil qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.3. Jamiyatda Ustav Fondining kamida 15 (oʻn besh) foizi miqdorida zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi u aytilgan miqdorga yetgunga qadar yillik daromaddan ajratmalar ajratib berish yoʻli bilan tarkib toptiriladi. Zaxira Fondiga har yilgi ajratmalar miqdori 5 (besh) foizdan kam boʻlmasligi lozim. Jamiyatni faoliyat koʻrsatishi hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun boshqa Fondlar ham tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.4. Jamiyatning sof foydasi hisobidan tashkil etilgan fondlar faqat jamiyatning oʻziga tegishli boʻlib boshqa tashkilot va idora organlari tomonidan olib qoʻyilishi yoki qaytadan taqsimlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.5. Jamiyatning zaxira Fondi qurilgan zararni qoplash jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va ushbu Ustavga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun moʻljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Aksiyadorning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Aksiyador:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyani jamiyat tegishli ravishda davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yil ichida oʻz ulushlari hisobidan sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ustavidan kelib chiqadigan talablarni va uning faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqaruv idorasi qarorlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish, tegishli zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyati toʻgʻrisida maxfiy axborotni oshkor etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat Ustavida nazarda tutilgan tartibda jamiyat ishlarini bajarishda ishtirok etish va rivojlantirishga yordam koʻrsatish majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olgan dividentini erkin tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organda, shuningdek, sudda oʻz huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar oʻrtasida umumiy yigʻilish belgilab qoʻygan tartibda tushadigan foydaning (dividendning) bir qismini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishida bevosita ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlari (umumiy yigʻilish) belgilagan tartibda jamiyat boshqaruv idoralaridan faoliyatga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni, shu jumladan buxgalterlik hisob-kitob va hisoboti, hamda oʻzga hujjatlar bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash va saylanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomalari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar tarkibidan belgilab qoʻyilgan tartibda chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni xarid qilib olishda, koʻrsatayotgan xizmatlardan imtiyozli ravishda foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Aksiyador Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan va ushbu Ustavda koʻzda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Agarda jamiyat aksiyadori muntazam ravishda oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki oʻzining harakatlari bilan jamiyat maqsadlarini bajarishga toʻsqinlik qilsa, u holda jamiyat umumiy yigʻilishining yakdil ovoz qaroriga muvofiq aksiyadorlar tarkibidan chiqarilishi mumkin. Bu holatda ushbu aksiyador ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Agarda jamiyat aksiyadorlari davlat boshqaruv idorasi boʻlsa, u holda mazkur qatnashchi foydaning (dividendning) bir qismini u tomonidan oʻzining ijtimoiy taraqqiyotiga hamda ushbu jamiyatni boshqarish bilan bogʻliq maqsadlarga ishlatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Jamiyat oʻz majburiyati boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan barcha mol-mulk bilan, aksiyadorlar esa jamiyatning majburiyati boʻyicha ularga tegishli boʻlgan aksiyaning qiymati hisobida javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Jamiyatning mulki va mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1. Jamiyatning mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar va boshqa turdagi boyliklardan iborat boʻlib, ularning qiymati mustaqil balansda aks ettiriladi. Jamiyat mulkining vujudga kelish manbalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarda “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” davlat kooperativ qoʻmitasining tugatilayotgan tashkilotlarining asosiy vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot sotish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish evaziga shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlari hisobiga olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar va tashkilotlarning bergan kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav Fondi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini chiqarish asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2. Jamiyat belgilangan tartibda banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.3. Jamiyatda uning faoliyati uchun zarur boʻlgan ustav fondi va boshqa fondlar vujudga keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.4. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar, tashkilotlar uchun belgilab qoʻyilgan meʼyorlar va tartiblarda amortizatsiya uchun mablagʻlar ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Jamiyatning boshqarish organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.1. Jamiyatning boshqarish organlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatining Nazorat Kengashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish komissiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.1. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning eng yuqori organi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutloq vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning rejalarini va rejalarning bajarilishga doir hisoblarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning Ustavini oʻzgartirish va toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni kuzatuvchi kengashini boshqaruv va taftish komissiyasining aʼzolarini saylash, chaqirib olish hamda ularning faoliyat tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyatining, shu jumladan uning turdosh korxonalari va vakolatxonalarining yillik natijalarini, taftish komissiyasining hisobotlarini va xulosalarini, daromadni, dividendni taqsimlash, zararni qoplash va boshqa meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ichki tartib qoidalarini, tashkiliy tuzilmalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarni mulkiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning Ustav Fondini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning Ustav Fondini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.2. Jamiyat Ustavini oʻzgartirish va toʻldirish, uning faoliyatini toʻxtatish, turdosh korxonalar, vakolatxonalar ochish va ularning faoliyatini tugatish, ustav jamgʻarmasini oʻzgartirish masalalarini hal eta olishi uchun yigʻilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning 3/4 qismidan iborat koʻpchilik, ovoz talab etiladi. Boshqa barcha masalalar yuzasidan qarorlar yigʻilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.3. Umumiy yigʻilish, basharti unda jamiyat ustaviga muvofiq ovozlarning 60 (oltmish) foizdan ziyodrogʻiga ega boʻlgan aksiyadorlar ishtirok etsa, qonuniy kuchga ega hisoblanadi. Jamiyat umumiy yigʻilishida ovoz berish, bitta aksiya bir ovoz qoidasi asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha aksiyadorlar, umumiy yigʻilish ochilishiga 30 kunlik muddat qolganga qadar vaqt ichida kun tartibiga oʻz takliflarini kiritishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.4. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi navbatdagi va navbatdan tashqari boʻlishi mumkin. Navbatdagi umumiy yigʻilish, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi vakolati doirasida, jamiyatning yillik hisoboti va balansini koʻrib chiqish va taqsimlash, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, daromadni taqsimlash va boshqa masalalar boʻyicha, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.5. Jamiyat kuzatuvchi Kengashi, Boshqaruvi, taftish komissiyasi yoki aksiyadorlarning eng kamida 30 (oʻttiz) foizga ega boʻlganlarning talabi bilan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.6. Agarda aksiyador aksiyani toʻliq sotib olmagan boʻlsa, u holda aksiyaning toʻla qiymatini toʻlagandan soʻng, yigʻilishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.7. Aksiyadorlar jamiyatining boshqaruvchisi, agarda u umumiy yigʻilishda qatnasha olmagan taqdirda, jamiyat Boshqaruvi aʼzolaridan biri umumiy yigʻilishni olib borish uchun rais qilib saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.8. Aksiyadorlar ishonchnoma qogʻoziga asosan oʻz ovozini oʻzining vakiliga yoki umumiy vakilga berishi mumkin. Aksiyadorlarning vakili doimiy yoki belgilangan muddatga tayinlanishi mumkin. Aksiyadorlarning vakili jamiyat Boshqaruvi belgilab qoʻygan tartibga asosan roʻyxatga olinadi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Aksiyadorlik jamiyatining nazorat kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.1. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari oraligʻidagi davrda aksiyadorlar manfaatlarini koʻzlab ish yuritishda mazkur Ustav hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Kengash oldiga qoʻygan vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.2. Nazorat Kengashi tarkibi bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga saylanadi. Nazorat Kengashi aʼzolarining tarkibi, tuzilishi va ish tartibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida belgilab qoʻyilgan tartibga asosan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.3. Nazorat Kengashi kengash aʼzolaridan, uning raisi va kotibidan tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.4. Nazorat Kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilish qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.5. Nazorat Kengashi oʻz aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi va ularni Nazorat Kengashi raisi va kotibi imzosi bilan bayonnoma orqali rasmiylashtiradi. Nazorat Kengashi aʼzolari oʻz ichida majburiyatlarni taqsimlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.6. Nazorat Kengashi oʻz yigʻilishlarini zarur boʻlgan hollarda har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi. Nazorat Kengashiga qoʻyiladigan masalalar, Kengash aʼzolari, Boshqaruv va taftish, komissiyasi tomonidan kiritilishi mumkin. Nazorat Kengashi aʼzolari aksiyadorlar jamiyatining boshqaruv organining aʼzosi boʻla olmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Jamiyatni boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.1. Umumiy yigʻilishlar orasidagi davrda jamiyatning oliy ijroiya idora rahbarligini olib borish uchun Jamiyat Boshqaruvi saylanadi. Jamiyat Boshqaruvi aʼzolarining miqdori umumiy yigʻilish tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.2. Jamiyatning boshqaruvchisi bir vaqtning oʻzida jamiyat Boshqaruvining raisi ham hisoblanadi. Jamiyatning boshqaruvchisi “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” Davlat kooperativ qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.3. Jamiyat Boshqaruv raisi mazkur Ustav va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan holda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oraligʻida jamiyatga rahbarlikni amalga oshiradi va jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yigʻilish va kuzatuv kengash qarorlarini oʻz buyruqlari orqali ijro etadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning ishlab chiqarish moliyaviy taʼminot va boshqa faoliyatlariga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning umumiy yigʻilishi qarorlari bilan belgilangan tartibda jamiyat mulkiga, moddiy vositalarga va pul mablagʻlariga egalik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda bank muassasalarida hisob-kitob varaqlari ochadi va ulardagi mablagʻlarni tasarruf etadi, cheklarga, toʻlov topshiriqnomalariga imzo chekadi, banklardan kreditlar oladi va qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat zimmasidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Jamiyat xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi, buyruqlar chiqaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, sud organlarida va boshqa tashkilotlarda ishonchnomasiz Jamiyat nomidan ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.4. Aksiyadorlar jamiyatining Boshqaruvi jamiyat ishini uyushtiradi, hamda umumiy yigʻilishga oʻz faoliyatining yakunlari toʻgʻrisida yillik hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.5. Jamiyat Boshqaruvi umumiy yigʻilish mutloq vakolatiga kiradigan masalalardan boshqa jamiyat faoliyatiga doir barcha masalalarni hal etadi. Jamiyat Boshqaruvi aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning qarorlari ijrosini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Taftish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.1. Jamiyatning moliya xoʻjalik, faoliyati ustidan nazoratni umumiy yigʻilishda aksiyadorlar tarkibidan bir yilga saylab qoʻyiladigan taftish komissiyasi amalga oshiradi. Taftish komissiyasining aʼzolari aksiyadorlardan saylanadi va jamiyat Boshqaruvi tarkibiga kirishlari mumkin emas. Jamiyat Boshqaruvi yigʻilishlarida taftish komissiyasining aʼzolari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.2. Jamiyat oʻzining moliyaviy xoʻjalik faoliyati ustidan bir yilda kamida bir marta taftish qilishi shart. Taftish komissiyasi ichki auditni olib boradi. Yillik axborot va moliyaviy hisobotni tekshirish va maʼqullash uchun jamiyat oʻz hisobidan maxsus auditorlarni jalb qilgan xolda nazoratni (tashqi auditni) tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.3. Taftish komissiyasi jamiyat moliya xoʻjalik faoliyatini umumiy yigʻilish topshiriqlariga koʻra oʻz tashabbusi bilan yoki jamiyki qoʻshganda ovozlarning 10 (oʻn) foizdan ortiqrogʻiga ega boʻlgan aksiyadorlar talabi bilan tekshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.4. Taftish komissiyasi oʻzi oʻtkazgan tekshiruv natijalari toʻgʻrisida umumiy yigʻilishga maʼlumot beradi. Yillik hisobot va balans xulosasini taftish komissiyasi tuzadi. Taftish komissiyasining xulosasisiz aksiyadorlar umumiy yigʻilishi jamiyatning yillik balansini tasdiqlashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.5. Agarda jamiyat manfaatlariga ham tugʻilganda yoki jamiyat mansabdor shaxslari tomonidan suisteʼmollik aniqlaganda, taftish komissiyasi navbatdan tashqari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish talabiga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Jamiyatning hisobi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda operativ buxgalteriya hamda statistika hisob va hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Jamiyatning masʼuliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Jamiyat shartnoma majburiyatlarini, kredit, hisob-kitob va soliq intizomini, texnikani taʼmirlaganda, mexanizatsiya yordamida ish bajarganda ishning sifatiga boʻlgan talablarni oʻz faoliyatini yuritishning boshqa tartib qoidalarini buzca Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Jamiyat atrof muhitni ifloslantirishdan muhofaza qilish va boshqa zararli taʼsirlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan talablarga rioya qilmaslik, ishlarning xavfsizligi qoidalarini, sanitariya gigiyena meʼyorlarini, xodimlar salomatligini saqlash talablarini buzganligi oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini toʻldirishga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan miqdorda jarima toʻlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Jamiyat faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonun maqomidagi hujjatlari bilan Jamiyat faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish vazifasi zimmasiga yuklangan soliq va boshqa davlat organlari bunday tekshiruvlarni zaruratiga qarab oʻz vakolatlari doirasida oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish, qoʻshish, ajratish jamiyatning umumiy yigʻilishi qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjtaminottuzatish” davlat kooperativ qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 21-fevral 1997-yil 307 raqam bilan roʻyxatga olingan Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.