26.05.2015 yildagi O‘RQ-386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 26-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchi — sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sugʻurta tovoni olish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining mol-mulki — bagaj va yoʻlovchining oʻzi bilan birga tashiyotgan qoʻl yuki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naf oluvchi — yoʻlovchi sugʻurta hodisasi tufayli vafot etgan taqdirda, sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi — tijorat tashkiloti boʻlgan, majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta puli — bu shunday summaki, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini ushbu summa doirasida qoplash majburiyatini oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi — shahar yoʻlovchilar transportida, temir yoʻl, havo, avtomobil, daryo transportida va boshqa transportda yoʻlovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi va buning uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish boshlanguniga qadar, ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish yuzasidan belgilangan sugʻurta pulidan kam boʻlmagan miqdorda sugʻurtalangan boʻlsa, ularga nisbatan tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti va subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chogʻdagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyektidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi, sugʻurtalovchi, yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga koʻra, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini mazkur shartnoma boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tashuvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun tashuvchining yozma shakldagi arizasi asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchining zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin tugatish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tashuvchining sugʻurta hodisasi hisoblanmaydigan fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oqibatida tashuvchi fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi ushbu Qonunga muvofiq sugʻurta hodisasi boʻlmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash majburiyati yuzaga kelganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga, sanʼat asarlariga, qoʻlyozmalarga, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa natijalariga, qimmatli qogʻozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining sugʻurta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida uning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda yuzaga kelgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni tashuvchi tomonidan qoplanishi va (yoki) u ushbu zararni kompensatsiya qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilganda sugʻurtalovchi hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofoti tashuvchi tomonidan toʻlanganidan keyin unga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlgan sugʻurta polisini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) tegishli blankada rasmiylashtiriladi. Sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta polisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bogʻlash vositalari hamda ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davri toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofoti toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta puli toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining boshqa muhim shartlari toʻgʻrisidagi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta polisi blankasining namunasi va uni tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta polisi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tashuvchi uning dublikatini olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dublikat tashuvchi murojaat qilgan va u dublikatni tayyorlash xarajatlarini qonun hujjatlarida belgilangan, oʻzi murojaat qilgan sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdorining koʻpi bilan 10 foizi miqdorida toʻlagan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida sugʻurtalovchi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (bundan buyon matnda sugʻurta tovoni deb yuritiladi) sugʻurtalovchi tomonidan toʻlansa, sugʻurta puli toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sugʻurta pulini tiklash uchun tashuvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sugʻurta mukofotini sugʻurtalovchining tegishli bildirishnomasi olinganidan keyin yetti ish kuni ichida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sugʻurta tariflarining tuzilishi va ularning sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflarining oʻzgarishi tashuvchi toʻlash sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga koʻra toʻlagan sugʻurta mukofoti miqdori tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati ichida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta pulini sugʻurta tarifiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti bir yoʻla toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining bank hisobvaragʻiga kelib tushgan sana tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Sugʻurta tovoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta tovoni yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta puli miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan tashuvchining tashabbusiga yoki sugʻurtalovchining talabiga koʻra kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchining yuzaga kelgan barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlari oʻrnini hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi. Bunda sugʻurta tovonining va tashuvchi mazkur xarajatlarining umumiy summasi sugʻurta puli miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta tovoni sud xarajatlarining, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarning oʻrnini qoplamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda tashuvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma shakldagi ariza bilan quyidagilarning aslini yoki koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda, sugʻurtalovchiga murojaat etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabini oʻz ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning (vakolatli organning tashish chogʻidagi hodisa toʻgʻrisidagi xulosasi yoki qarori, tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotnoma yoxud yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining mol-mulkiga zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning (bagaj pattasi — mavjud boʻlgan taqdirda; tashish chogʻida shikast yetkazilgan yoki yoʻqotilgan mol-mulkning taxminiy vazni koʻrsatilgan, yoʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan roʻyxati; yoʻqotilgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar — mavjud boʻlgan taqdirda va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qarorining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa, yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarorining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar sugʻurta tovoni yoʻlovchining merosxoʻrlariga toʻlanishi kerak boʻlsa, meros huquqi olinganligini, shuningdek merosxoʻrlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori tashuvchiga u sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bevosita jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu moddada belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda penya toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligiga koʻra oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurtalovchi tashuvchiga sugʻurta tovonini mazkur zararning oʻrnini qoplash tartibida tashuvchi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar tashuvchi tomonidan taqdim etilganidan keyin toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplagan boʻlsa yoki yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni vaʼda qilgan boʻlsa, tashuvchining bu harakatlari sugʻurtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan olingan toʻlovlar sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlarini kamaytirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti bir vaqtning oʻzida ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha ham sugʻurtalangan boʻlsa, ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovoni majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash shartlaridan qatʼi nazar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori toʻliq aniqlanguniga qadar, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq boʻlgan qismini tashuvchining arizasiga koʻra toʻlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yuzaga kelgan zararlari oʻrni, agar jabrlanuvchi yoki naf oluvchi mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida sudga zararlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan murojaat etgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Sugʻurtalovchining regress talabi qoʻyish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi tashuvchiga oʻzi toʻlagan sugʻurta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress talabi qoʻyish huquqiga ega, agar zarar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yoʻnalish boʻyicha tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa, bundan yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni ushbu transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan holda tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nosozliklari mavjudligi yoki muayyan sharoitlar tufayli transport vositasidan foydalanish qonun hujjatlarida taqiqlangan transport vositasida yoʻlovchilarni tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi xodimlarining yoki vakilining sugʻurta hodisasi sodir boʻlishiga qaratilgan yoxud uning sodir boʻlishiga koʻmaklashadigan qasddan qilingan harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud shaxsning aql-irodasiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxsning mehnat va dam olish rejimi tashuvchi tomonidan buzilganligi oqibatida yetkazilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish kunida amalda boʻlgan sugʻurta polisining oʻzi tasdiqlagan koʻchirma nusxasini oʻzi foydalanayotgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchini tashish chogʻidagi hodisa haqida yozma shaklda xabardor qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha toʻlangan boʻlsa, bu haqda sugʻurtalovchiga maʼlum qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini tashuvchi tomonidan koʻrib chiqishda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchiga ushbu Qonunning 15-moddasida belgilangan hollarda regress talabi qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma tuzishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Yoʻlovchining, jabrlanuvchining va naf oluvchining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari toʻgʻrisidagi axborotni hamda sugʻurtalovchi haqidagi zarur maʼlumotlarni tashuvchidan bepul olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchi va naf oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan tashuvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurtalovchi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda raqobatni cheklashga yoki bartaraf etishga, ayrim sugʻurtalovchilarga boshqalariga nisbatan asossiz afzalliklar berishga yoki ayrim sugʻurtalovchilarning boshqalariga nisbatan asossiz afzalliklar olishiga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Sugʻurta sherikchiligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurtalovchilar oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning kasbiy birlashmasi boʻlgan sugʻurta sherikchiligi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta sherikchiligining ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta sherikchiligi tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha xavflar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda mazkur daromadlarning besh foizidan ortiq boʻlsa, sugʻurtalovchi ortiq summani tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish uchun yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish transport sohasidagi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vakolatga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-386-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 268-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son; 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)