24.06.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Bolgariya Respublikasi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doʻstona munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Bolgariya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Xelsinki Yakunlovchi akti maqsadlari va prinsiplariga va Evropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha tashkilotning boshqa hujjatlariga, shuningdek xalqaro huquqning umum tan olingan prinsip va normalariga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy tinchlik, xalqaro hamkorlik va barqarorlikning asosi boʻlgan ozodlik va demokratiya prinsiplariga sodiqliklarini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkala mamlakat xalqlari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga juda katta ahamiyat berib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Bolgariya Respublikasi oʻrtasida koʻp tomonlama va oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar suveren, teng huquqli va doʻstona davlatlar sifatida oʻz munosabatlarini davlat suvereniteti va mustaqilligini oʻzaro hurmat qilish, teng huquqlilik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilish, ularning mavjud chegaralarining buzilmasligi, hududiy yaxlitlik, bahslarni tinch yoʻl bilan hal etish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish, oʻzaro foydali hamkorlik va xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplari asosida rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qatʼiy amal qiladilar va BMTning obroʻ-eʼtiborini mustahkamlashga hamda roli va samaradorligini oshirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishidagi hal qiluvchi rolini tasdiqlab, ziddiyatlarning oldini olish vositasi, inson huquqlari va erkinliklari, demokratiya, qonun ustuvorligi va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kafili sifatida uni mustahkamlashga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar ham mintaqaviy, ham jahon miqyosida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun birgalikda harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlarning fikri boʻyicha, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan holda, ayniqsa bunday vaziyat Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga tegishli boʻlsa, ular yuzaga kelgan muammoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi va xalqaro huquqning umum tan olingan normalariga muvofiq hal etish uchun imkoniyatlar topish maqsadida tegishli maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun vositalar tanlash huquqidan kelib chiqib, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xavfsizligi manfaatlarini ham hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar Evroatlantik sheriklik kengashi va boshqa xalqaro xavfsizlik tuzilmalari doirasida ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama asosda hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar ham yadro quroli sohasida, ham yalpi qirgʻin quroli va ularni tashuvchilar sohasida, shuningdek oddiy qurol-yarogʻlar sohasida qurolsizlanish jarayoniga qaratilgan jahon hamjamiyatining saʼy-harakatlari doirasida hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar ular aʼzo boʻlgan yoki aʼzo boʻladigan xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi masalalar boʻyicha maslahatlashishlar oʻtkazadilar va hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar doʻstona munosabatlar va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi masalalarni muhokama qilish uchun turli darajalarda doimiy aloqada boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular, shuningdek jamoat tashkilotlari va fuqarolar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashadilar hamda ikkala mamlakat oʻlka va shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro foydali va teng huquqli savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar, ularning davlatlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishi va yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot almashishni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki tomonlama bitimlar, oʻz xalqaro majburiyatlari asosida va oʻz ichki qonunlariga muvofiq oʻz hududida boshqa Tomonning jismoniy va yuridik shaxslarining tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarni taʼminlaydilar. Shu maqsadlarda Ahdlashuvchi Tomonlar investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida, ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisida, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish toʻgʻrisida, turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida alohida bitimlar tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar energetika, yengil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, qurilish, telekommunikatsiyalar, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, tabiiy resurslardan foydalanish sohasida va oʻzaro qiziqishning boshqa sohalarida yanada yaqinroq oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni kengaytiradilar va oʻz hududida yoʻlovchi va yuklarni avtomobil, havo, temir yoʻl va boshqa turdagi transport bilan, jumladan tranzit bilan, tashish uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar Evrosiyo transport yoʻlagini Qora dengiz, Kaspiy, Oʻrta dengiz mintaqalari va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida qarab, uning barpo etilishi va ishlashi boʻyicha aniq choralarga alohida eʼtibor beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar harbiy-texnikaviy sohada va maxsus uskunalarni ishlab chiqarishda hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar zarur holda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ilgʻor texnika va texnologiyalarni, olimlar va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining bevosita aloqalari va qoʻshma tashabbuslarini rivojlantirish va tatbiq etish uchun fundamental va amaliy fanlar sohasida samarali hamkorlikka koʻmaklashadilar, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, qoʻshma korxonalarni tashkil etish, olim va mutaxassislar bilan almashishni va bu sohadagi hamkorlikning boshqa shakllarini ragʻbatlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni himoya qilish va ahvolini yaxshilash borasida ekologiya, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish maqsadida ularni oldindan aytib berish sohasida, shuningdek bu borada oʻzaro qiziqishning boshqa sohalarida hamkorlikni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat, fan, taʼlim va ommaviy axborot vositalari sohasida tegishli bitim va dasturlar asosida oʻz xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy madaniy aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala davlatning madaniyat muassasalari va oʻquv yurtlari oʻrtasidagi davlat va mintaqa darajasida aloqalarni ragʻbatlantiradilar, sanʼat arboblari .hamda madaniyat va taʼlim sohasidagi mutaxassislarning oʻzaro tashriflariga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz ichki qonunlariga muvofiq ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar, xalqaro huquqning umum tan olingan prinsip va normalariga hamda ichki qonunlarga muvofiq, uyushgan, jumladan xalqaro jinoyatchilik va terrorizmga, fuqaro aviatsiyasi va transportning boshqa turlariga qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlarning oldini olish uchun, narkotiklar va psixotrop moddalarning noqonuniy oborotiga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonunlashtirishga, madaniy va tarixiy boyliklarni noqonuniy olib kirish va olib chiqishga va oʻta xavfli jinoyatlarning boshqa turlariga qarshi kurashda ikki tomonlama va koʻp tomonlama asoslarda hamkorlikni amalga oshiradilar. Shu maqsadda Ahdlashuvchi Tomonlar tajriba va axborot almashadilar hamda birgalikda faoliyat koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish sohasida va konsullik munosabatlari sohasida hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular aʼzo boʻlgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan emas va Ahdlashuvchi Tomonlarning ular bilan munosabatlariga taʼsir qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi boshqa sohalarda alohida bitimlar tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni maslahatlashishlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining milliy qonunlariga muvofiq ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan kuni kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma Birlashgan millatlar Tashkiloti Nizomining 102-moddasiga muvofiq BMT Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma oʻn yillik muddatga tuziladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri amal qilishning tegishli muddati tugashidan kamida olti oy ilgari Shartnomani denonsatsiya qilish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda bayon qilmasa, uning amal qilishi keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sofiya shahrida 1998-yil 24-iyunda ikki bir xil nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda farq boʻlgan holda rus tilidagi matn asos qilib olinadi.

(imzolar)