05.02.1999 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR UZATISH MILLIY TARMOGʻINI TASHKIL ETISH VA JAHON AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektrini muhofaza qilish, axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining maʼlumotlarni uzatish respublika tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish yagona milliy tarmogʻi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son , 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan, shu jumladan, Internetdan foydalanish va uni rivojlantirish milliy operatori (provayder) funksiyalari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimidagi davlat korxonasi kabi saqlab qolinadi;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son , 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi — milliy operator (provayder)ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻining faoliyat koʻrsatishini va uni rivojlantirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga davʼat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻashga, insonning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika vositalarini joriy etish, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axboroti hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi operatorlari (provayderlari)ga xizmat koʻrsatish va ularni jahon axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga ulash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻining texnika vositalari orqali respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlari hamda ulardan foydalanuvchilardan, shu jumladan, Internetdan markazlashtirilgan holda axborot olishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maʼlumotlar uzatish tarmoqlarining barcha operatorlari (provayderlari) Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan belgilangan tartibda Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qaroriga koʻra Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida xalqaro tarmoqlarga faqat Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi orqali kirish huquqiga egadirlar;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son , 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat oʻz ishlab chiqarish-texnologiya ehtiyojlari uchun, diplomatik va xalqaro vakolatxonalar, shuningdek ixtisoslashtirilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bank tizimlari, aeronavigatsiya va havo harakatini boshqarish tizimlari va shu kabilar) uchun xalqaro va shaharlararo maʼlumotlar uzatish kanallari, shu jumladan, yoʻldosh tizimlari orqali kanallar tashkil etilishi va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy tarmoqlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining texnik shartlariga koʻra amalga oshiriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son , 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va ularni ishlatish qoidalariga rioya qilinmagan hollarda qoida buzuvchi (operatorlar (provayderlar) va foydalanuvchilar) elektr aloqasini loyihalash, qurish va undan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning maʼlumotlarga ishlov berish va uzatish, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali uzatishga oid qismidan mahrum etiladilar va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi toʻgʻrisidagi Nizomni, mazkur qaror bilan unga yuklanayotgan yangi funksiyalarni hisobga olgan holda, bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni Internet tarmogʻiga tarqatishni muvofiqlashtirish funksiyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga, Tashqi ishlar vazirligiga hamda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Provayderlar va abonentlar tomonidan Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va undan foydalanish qoidalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga idoraviy tarmoqlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqasi tarmoqlarining maʼlumotlar uzatish kanallarini foydalanish uchun shartnoma asosida bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (Abdullayev), Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Habibullayev), Davlat matbuot qoʻmitasi (Shogʻulomov), Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi (Moʻminov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini mablagʻlar bilan taʼminlash bosqichlari va manbalari boʻyicha zarur investitsiyalar miqdorlarini belgilagan holda bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, bunda Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida — 1999 — 2001-yillarda, tuman markazlarida — 2000 — 2003-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻldosh aloqa tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini 2000-yil va keyingi yillar investitsiya dasturlariga kiritsinlar va markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi boj toʻlovlari toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun keltirilgan apparat va dastur vositalari va asbob-uskunalari bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 52-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-apreldagi 150-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot xizmati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 14-maydagi 206-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4, 4a-ilovalardagi “Axborot uzatish tarmogʻi aksiyadorlik jamiyati va OʻzPAK” soʻzlari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek, mazkur qarorga 6-ilovaning 2-boʻlimidan 4-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandidagi “Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida” soʻzlari “xalqaro tashkilotlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini taʼminlovchi radiochastotalarni davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi, radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar spektrini taqsimlash va ulardan foydalanish va uni istiqbolda rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqa milliy reglamentini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalarni rejalashtirish, ularni belgilash va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“radiochastotalar organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida radiochastotalar organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastotalar spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-bandining “b” kichik bandi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan soʻng “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.