Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005 02.02.1999 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005
Hujjat 01.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi oʻzgarganligi munosabati bilan hamda Komplekslar, vazirliklar va idoralar rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilova qilinayotgan Ish tartibi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 10-dekabrdagi 546-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-yil, 11-12-son, 38-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-fevraldagi 47-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va maʼnaviy soha samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi Raisining, Bosh vazirning, uning oʻrinbosarlarining — komplekslar rahbarlarining, vazirlarning, davlat qoʻmitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlarining faoliyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining, doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarining tashkiliy-amaliy ishi bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Vazirlar Mahkamasining Raisi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi Raisining topshirigʻiga binoan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari, Axborot-tahlil boshqarmasi, departamentlar, apparatning umumfunksional boʻlinmalari ishlarini muvofiqlashtirib borish Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. VAZIRLAR MAHKAMASI IShINI REJALAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining ishi yil choragi yoki yarim yillik rejalariga muvofiq olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhim davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy muammolarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli tadbirlari ishlab chiqiladi, ular Bosh vazirning oʻrinbosarlari — kompleks rahbarlari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini hisobga olgan holda kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumlashtirilgan takliflar rejalashtiriladigan davr boshlangungacha 20 kundan kechikmay Rayosatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rejalashtirilgan masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirishga yoki ularni chiqarib tashlashga Vazirlar Mahkamasining Raisi ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining Rayosati ish rejasining oʻtgan davr mobaynida qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni muntazam ravishda eshitib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. VAZIRLAR MAHKAMASIGA MASALALARNI KIRITISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular boʻlmagan (xizmat safarida, mehnat taʼtilida boʻlgan) hollarda esa ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shaharlarning hokimlari, shuningdek respublikaning vazirliklar, idoralar va korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, ittifoqlar tarkibiga kiradigan birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga faqat oʻzlarining yuqori idoralari orqali, davlat sektoriga kirmagan korxonalar esa — oʻzlari hududida joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki oʻzlarining yuqori respublika organlari orqali murojaat qiladilar va masalalarni kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan har bir masala boʻyicha, odatda, davlat tilida aniq bayon qilingan, asoslangan qaror yoki farmoyish loyihasi, shuningdek hujjatning mohiyati bayon etilgan qisqacha xat taqdim etiladi. Amalga oshirilishi qoʻshimcha moddiy va boshqa xarajatlarni talab qiladigan qarorlar va farmoyishlar loyihalarini taqdim etishda moliyaviy-iqtisodiy asoslashlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlar, farmoyishlarning loyihalari amaldagi qonun hujjatlariga mos boʻlishi, ularda koʻrib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan, ijrochilar oldiga aniq ifodalangan maqsad va vazifalar qoʻyilgan boʻlishi, ularda amalga oshirsa boʻladigan muddatlar belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror yoki farmoyishning tayyorlanayotgan loyihasi bilan ayni bir vaqtda Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi takliflar koʻrib chiqiladi. Qarorlar va farmoyishlarning loyihalarida, zaruriyat boʻlganda, ilgari qabul qilingan qarorlarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi taklif nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aynan shu masalalar boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda (yangi vaziyatlar paydo boʻlgan hollar bundan mustasno) Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar boʻyicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida bayon qilingan talablarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining manfaatlariga yoki vakolatiga daxldor boʻlgan qarorlar va farmoyishlarning loyihalari, shuningdek ularga ilovalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar davlat va xoʻjalik boshqaruvining mana shu organlari bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ tusdagi qarorlarning loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini hamda respublika budjetini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari yoki takliflar tegishli ravishda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlar loyihalari yuborilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari 7 kalendar kun mobaynida, qarorlar loyihalari boʻyicha — 3 kalendar kun, farmoyishlarning loyihalari boʻyicha esa koʻpi bilan 2 kalendar kun mobaynida xulosa berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan maʼlumotlar va boshqa materiallarning toʻgʻriligi, shuningdek ularning manfaatdor tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Ish tartibida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan qonun, qaror, farmoyishlar loyihalari va respublika tashkilotlarining murojaatlari zarur tartibda rasmiylashtirish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tayyorlangan va kelishilgan qonun, qaror, farmoyishlarning loyihalari imzolash uchun Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlari tomonidan Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari — kompleks rahbariga, Bosh vazir oʻrinbosarlarining manfaatdor kotibiyatlariga, departamentlarga, Axborot-tahlil boshqarmasiga va yuridik boʻlimga imzolash uchun taqdim etiladi. Qonun, qaror va farmoyishlarning imzolangan loyihalari Apparat Rahbariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan hujjat joʻnatilgan kundan boshlab, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, 10 kalendar kun mobaynida, bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish boʻyicha topshiriqlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar Oliy Majlis qarorida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak. Ushbu topshiriqlarni Adliya vazirligi va yuridik boʻlim bilan birgalikda bajarish mazkur qonunlarni tayyorlagan vazirliklarga, idoralarga, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlariga, departamentlariga (boʻlimlariga) yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hujjatlarning boshqa turlarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga bildirish tartibi, shuningdek ular boʻyicha ijrochilarga topshiriqlar (koʻrsatmalar, rezolyutsiyalar)ni yetkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. VAZIRLAR MAHKAMASI VA UNING RAYOSATI MAJLISLARINI TAYYORLASh VA OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Rayosat majlislari muntazam, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Majlislarni Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruriyat tugʻilganda shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining rejadan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan har haftada Bosh vazir oʻrinbosarlari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi va Apparat Rahbari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkaziladi. Ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish va Hukumat apparatining joriy faoliyati masalalari koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining koʻrib chiqishi uchun Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi har qanday masalalar kiritiladi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, Axborot-tahlil boshqarmasi, departamentlar va boshqa boʻlinmalar Bosh vazir oʻrinbosarlarining hamda Apparat Rahbari rahbarligida tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mazkur Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga masalalar kiritish huquqiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tuziladigan komissiyalar amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, Axborot-tahlil boshqarmasi va departamentlar takliflari boʻyicha tayyorlanadigan majlis kun tartibi loyihasi majlis boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga binoan Bosh vazir va Apparat Rahbari bilan kelishiladi. Kun tartibi kelishilgandan keyin unga qoʻshimcha masalalar faqat ularning roziligi bilan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari — kompleks rahbari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, Apparat Rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi, ular tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror loyihasi Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari — kompleks rahbari, yuridik boʻlim, Bosh vazir oʻrinbosarlarining manfaatdor kotibiyatlari, departamentlar va boʻlimlar, tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasida albatta maʼqullangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar bilan bir vaqtda quyidagilar taqdim etiladi: muhokama qilish tartibi, majlisga taklif etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati, qaror loyihasining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati, Axborot-tahlil boshqarmasi va departamentning, kiritilgan masalaning mohiyati qisqacha bayon qilingan xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror loyihasini toʻliq kelishib olish imkoni boʻlmagan favqulodda hollarda kelishilmagan masalalar asoslashlar, mulohazalar va takliflar bilan birgalikda kelishilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan materiallar Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, Axborot-tahlil boshqarmasi va departamentlar tomonidan majlisdan kamida 7 kun oldin Apparat rahbariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga binoan — Bosh vazir yoki Apparat Rahbari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini hamda majlisga taklif etiladigan boshqa shaxslarni xabardor qilish, shuningdek, ularning majlisga kelgan-kelmaganliklarini nazorat qilish tegishliligi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, departamentlar va boʻlimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Nazorat inspeksiyasi rahbari, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvlarining raislari, OʻzA Bosh direktori, Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Doimiy vakili, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi doimiy ravishda, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari esa — zaruriyatga koʻra taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar boʻyicha taklif etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, Apparat Rahbari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlari, departamentlar boshliqlari, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar mudirlari qatnashadilar. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul xodimlari majlislarda tayyorlashda oʻzlari qatnashgan masalalar koʻrib chiqilayotganda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Majlis materiallari Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati aʼzolariga, tegishli masalalar boʻyicha materiallar esa majlisga taklif etiladigan boshqa mansabdor shaxslarga ham majlisdan kamida 3 kalendar kun oldin tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kun tartibi va majlis materiallarini tarqatish, Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati aʼzolarini, majlislarda doimiy ravishda qatnashadigan respublika idoralari rahbarlarini xabardor qilish, taklif etilganlarni roʻyxatga olish va majlisga xizmat koʻrsatish Umumiy boʻlim tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, departamentlar va boʻlimlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida masalalar Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, Apparat rahbari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlari, departamentlar boshliqlari va boʻlimlar mudirlari tomonidan bayon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama etilayotgan masala boʻyicha maʼruza qilish uchun 10 minutgacha (rivojlanish istiqbollarini belgilash va respublika budjeti masalalari boʻyicha — 15 minutgacha), qoʻshimcha maʼruzalar va nutqlar uchun — 7 minutgacha, maʼlumotlar berish uchun — 3 minutgacha vaqt belgilanadi. Zarur hollarda majlisga raislik qiluvchi boshqa vaqtni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis tamom boʻlgandan keyin qabul qilingan qarorning aniq ifodalangan matni Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri, departament boshligʻi, boʻlim mudiri tomonidan imzolangan holda majlis bayoniga kiritish uchun Umumiy boʻlimga beriladi. Majlis bayoni raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida qabul qilingan hujjatlar qarorlar, farmoyishlar yoki majlis qarorlari shaklida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch tusdagi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati ularning majlislari bayonida qayd etiladigan qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday qarorlar ijrochilarga majlis bayonidan koʻchirma holida yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis tamom boʻlgach qarorlar, farmoyishlar, majlis qarorlarining loyihalari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqa materiallar Umumiy boʻlimga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. VAZIRLAR MAHKAMASI QARORLARINI RASMIYLAShTIRISh, TARQATISh, EʼLON QILISh VA KUChGA KIRITISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi qarorlar, farmoyishlar va majlis qarorlarini qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlari qarorlar shaklida chiqariladi, shoshilinch va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlar Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari yoki majlis qarori shaklida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar kiritilgan qarorlar loyihalari Bosh vazir oʻrinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, departamentlar, boʻlimlar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar tomonidan puxta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, majlis boʻlib oʻtgan kunning ertasiga imzolash uchun taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan oʻzgartirishlar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari, Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Puxta ishlangan loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisiga yoki Bosh vazirga axborot berish uchun Apparat Rahbariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ayrim shoshilinch masalalar yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etilishi zarur boʻlmagan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari bilan (soʻrab bilish tartibida) kelishiladi va rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana boʻyicha rasmiylashtiriladi hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, departamentlar, boʻlimlar tomonidan tuziladigan tarqatish roʻyxati boʻyicha darhol ijrochilarga tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplamida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlarida ularni kuchga kiritish muddatlari koʻrsatiladi. Boshqa hollarda ular imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, agar ularda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur boʻlganda qarorlar va farmoyishlar Vazirlar Mahkamasi Raisining yoki Bosh vazirning topshirigʻiga binoan matbuotda, televideniye va radio orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. VAZIRLAR MAHKAMASINING DOIMIY, VAQTINChALIK KOMISSIYALARI VA BOShQA IShChI ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy komissiyalari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ularning vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining alohida masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun shuningdek, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar va ishchi organlarining majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Doimiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, departamentlar va boʻlimlar, ularga tashkiliy-texnikaviy xizmat koʻrsatish esa Ishlar Boshqarmasining tegishli boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat boʻlganda bu materiallarni tayyorlashga vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan oʻtkaziladi.
(VI-bobning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-iyundagi 193-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. VAZIRLAR MAHKAMASIDA BOShQA MASALALARNING KOʻRIB ChIQILIShI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining komplekslari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, qoidaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda komplekslarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kundalik masalalarni hal etish joriy ish tartibida yoki ularni komplekslarning davrlar yakunlari boʻyicha majlislariga qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlarini, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini Vazirlar Mahkamasida oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarga taklif etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, mazkur Ish tartibining VI bobida va ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno.
(VII-bobning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-iyundagi 193-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasiga tushgan farmonlari, farmoyishlari va topshiriqnomalari boʻyicha topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari, Bosh vazir Kotibiyati mudiri tomonidan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari ishtirokida hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch soat mobaynida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan tushgan xat-xabar Bosh vazir Kotibiyati mudiri tomonidan tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari ishtirokida, Bosh vazir oʻrinbosarlarining yordamchilari tomonidan (shaxsan joʻnatilgani) koʻrib chiqiladi va tushgan vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida uning boʻyicha topshiriqlar tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, bir necha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hududlar manfaatlariga taalluqli, xorijiy davlatlar kompaniyalari, firmalari (va boshqalar) bilan kelishib olishni talab qiladigan hujjatlar boʻyicha ijro muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, 10 kungacha etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar topshiriq bir necha ijrochiga taalluqli boʻlsa, u holda uni bajarishga masʼul boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi, Bosh vazir oʻrinbosarining kotibiyati, departament, boʻlim yoki muvofiqlashtirish (chaqirish) topshirilgan mansabdor shaxs uning bajarilishini tashkil etishga majburdir. Ijrochilar topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun bab-baravar javob beradilar. Bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidangina uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriqda qoʻyilgan masalalar hal qilingan yoki asosiy masala boʻyicha javob berilgan taqdirda u bajarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MDHDAGI MUXTOR VAKOLATXONASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi (Minsk shahridagi muxtor vakolatxonasi) MDHda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan vakillik qiladi hamda MDH davlat boshliqlari Kengashi va hukumat boshliqlari Kengashi majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlash va oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha doimiy tezkor aloqani amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga, MDH davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari Kengashi qabul qilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi Vazirlar Mahkamasini Oʻzbekiston Respublikasiga taalluqli qarorlarning loyihalari, boshqa hujjatlar va tadbirlar haqida muntazam xabardor qilib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. VAZIRLAR MAHKAMASI TOMONIDAN NAZORAT QILISh VAKOLATLARINING AMALGA OShIRILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, farmoyishlarining, majlis qarorlarining va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish quyidagilar bilan taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika, tarmoq va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga moʻljallangan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarkibiy boʻlinmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklarda, idoralarda, boshqaruvning hududiy tarmoq organlarida va joylardagi hokimiyat organlarida, bevosita korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda ularning bajarilishini maqsadli oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilishgan oʻz qarorlarining bajarilishini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika tarmoqlari va hududlaridagi ishlarning ahvolini kompleks oʻrganish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish Apparat Rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika rahbariyati topshiriqlarining va Hukumat qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari — komplekslar rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi vazirlarning, davlat qoʻmitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha topshiriqlarning qanday bajarilayotganligi, davlat budjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning soʻzsiz roʻyobga chiqarilishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bajarilgan qarorlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. FUQAROLARNING XATLARI, ARIZALARI VA ShIKOYATLARINI KOʻRIB ChIQISh HAMDA KELUVChILARNI QABUL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi apparatida fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlari bilan ishlash hamda keluvchilarni qabul qilish tartibi tegishli Nizom bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlari bilan ishlashni hamda keluvchilarni qabul qilishni tashkil etish uchun masʼuliyat Vazirlar Mahkamasining Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi mudiriga, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlariga, departamentlar boshliqlariga va boʻlimlar mudirlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. ISh YURITISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 7-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)