Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining oʻzini muxolifat deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi bayonoti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining oʻzini muxolifat deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi bayonoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 18-mart,
79-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 3-son, 113-modda)