Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDI ORQALI KIRIB KELIShI, ChIQIB KETIShI HAMDA TRANZITI MASALALARI BOʻYIChA AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qozogʻiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi, chiqib ketishi hamda tranziti uchun yagona yigʻim belgilash toʻgʻrisida” 1999-yil 15-sentabrdagi 429-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “bitta yuk avtotransport vositasining” soʻzlaridan soʻng “va avtobusning” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali oʻtishi uchun yagona yigʻimlar belgilash toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarori 3-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “bitta yuk avtotransport vositasining” soʻzlaridan soʻng “va avtobusning” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishining preambulasidagi, 1, 2, 3, 4-bandlarning birinchi xatboshilaridagi va 5, 6-bandlaridagi “yuk avtotransport vositalari” soʻzlaridan soʻng “va avtobuslar” soʻzlari qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-fevral,
58-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-yil, 2-son, 8-modda)