OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish toʻgʻrisidagi ruxsatnomalar namunalarini hamda Oʻrmon fondi yerlarida yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklarni terish va tayyorlash uchun ruxsatnoma, oʻrmon fondining yaylov hududlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun oʻrmon chiptalari, shuningdek oʻrmon fondi hududlarida daraxt kesish uchun chipta blankalarini toʻldirish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1700-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining 2007-yil 17-iyuldagi 68-son “Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish toʻgʻrisidagi ruxsatnomalar namunalarini hamda Oʻrmon fondi yerlarida yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklarni terish va tayyorlash uchun ruxsatnoma, oʻrmon fondining yaylov hududlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun oʻrmon chiptalari, shuningdek oʻrmon fondi hududlarida daraxt kesish uchun chipta blankalarini toʻldirish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1700, 2007-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 327-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-aprel,
5-son
Kelishilgan:
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 3-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 176-modda)