06.03.1992 yildagi 547-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING ROʻZNOMALARINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining shu masalaga doir xatini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining roʻznomalari taʼsis etilib, “Xalq soʻzi”—“Narodnoye slovo” roʻznomalari tugatilsin. Yangi roʻznomalarning nomiga doir masala hal etilgunga qadar ular Oliy Kengash matbaa nashrining avvalgi nomi bilan chiqarib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi roʻznomalarni nashr etishning davriyligi haftasiga beshta son deb belgilansin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining asosan rasmiy materiallarini eʼlon qilish uchun haftalik Ilovalar chiqarish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi roʻznomalari bosh muharririning vazifalarini ijro etuvchi qilib Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputati Rasul Rahmonovich Rahmonov tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi roʻznomalar bosh muharririning vazifalarini ijro qiluvchi oʻrtoq R.R. Rahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyatining Matbuot va axborot boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm boʻlimi Oliy Kengashning Oshkoralik masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda ikki hafta muddat ichida yangi roʻznomalarning tuzilishi, shtatlari, xarajatlari smetasi, tahrir hayʼati toʻgʻrisidagi takliflarni, shuningdek Ustavlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B.I. Bugrov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari oʻrtoq E.S. Samandarov tugatilayotgan muharririyatlarning mol-mulkini muharririyatlarga oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq E.S. Samandarov) yangi roʻznomalarning moddiy-texnika taʼminoti va xonalarini jihozlash, xodimlariga transport xizmati koʻrsatish masalalarini hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
547-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 234-modda)