14.01.1992 yildagi 517-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJDAGI VATANDOShLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLAShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning suveren respublika, xalqaro huquqning mustaqil subyekti deb eʼlon qilinishi qonun chiqaruvchi, ijrochi va boshqa idoralar oldiga mutlaqo yangi vazifalar qoʻymoqda. U yoki bu sabab bilan Oʻzbekiston hududidan tashqarida yashayotgan vatandoshlarga nisbatan oʻz siyosatini aniqlab olish ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tuzumdan, uning qaram xalqlariga zulm oʻtkazish asoslangan siyosatidan qolgan meros oqibatida bu masalaning ahamiyati juda ham ortib ketdi, zotan oldingi tuzum tufayli boshqa koʻplab ulkan, fojiali muammolar qatori Afgʻoniston urushi harbiy asirlarining muammosi ham yuzaga keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdagi vatandoshlarning toʻplanib qolgan muammolarini tezlik bilan hal etish, mustaqil va suveren Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy uygʻonish jarayonida ularning faol va teng huquq asosida ishtirok eta olishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berish, Afgʻonistondagi urush davrida Oʻzbekiston Respublikasidan borib, asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilarni ona yurtiga qaytarish maqsadida va adolat tantana qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. SSSR Oliy Kengashining Rayosati 1955-yilda qabul qilgan “1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi davrida bosqinchilar bilan hamkorlik qilgan sovet fuqarolarini afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon xorijdagi vatandoshlarimizga nisbatan amalda hanuzga qadar qoʻllanilmaganligi munosabati bilan, fuqarolarning va xorijdagi vatandoshlarning koʻplab murojaatlarini eʼtiborga olgan holda hamda insonparvarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan u yoki bu sabab bilan oʻz yurtidan tashqarida qolib ketgan vatandoshlarni, shu jumladan Afgʻonistondagi urush davrida asirlikka tushib qolganlarni afvu umumiy etish soʻralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida mustaqil tarzda xorijdagi vatandoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan hukumat dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda uzogʻi bilan ikki oy muddat ichida xorijiy mamlakatlarda yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan vatandoshlarning iltimoslarini qanoatlantirish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi tegishli yuridik hujjatlarni tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa masalalar bilan bir qatorda vatandoshlarning Vatan bilan aloqa qilishga doir masalalarni faol hal etish uchun ular koʻplab yashayotgan xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxonalarini ochishni tezlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga Oʻzbekistondan borib bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilar taqdirini aniqlash hamda asirlikka tushib qolganlarni ozod qilib, yurtiga qaytarish xususida xorijiy davlatlarning vakillari va afgʻon oppozitsiyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib borish uchun xalq deputatlari va mutaxassislardan iborat maxsus guruh tuzish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
517-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 164-modda)