OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1568-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 8-apreldagi 9/7-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1568, 2006-yil 2-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 157-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-apreldagi 13/1-son “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1568-1, 2012-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 236-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-mart,
6/3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 11-son, 134-modda)