Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 19.03.2002 yildagi 88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISh HAQI O‘Z VAQTIDA TO‘LANIShIGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yil 1-apreldan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning ish haqini tovarlar bilan natura shaklida to‘lashi taqiqlansin, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno, yagona ijtimoiy to‘lov hamda 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kafolat bilan, shu jumladan yuqori likvidli mol-mulk garovi asosida (shu jumladan korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari, transport vositalari hamda boshqa likvidli aktivlari) ish haqi to‘lash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kreditlar bersinlar. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulk, qarz oluvchining roziligidan qat’i nazar, keyinchalik belgilangan tartibda uni sotish huquqi bilan tijorat bankining mulkiga o‘tadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ravishda bankomatlar tarmog‘ini ko‘paytirgan holda elektron plastik kartochkalar vositasida ish haqi to‘lashga doir bank xizmatlari hajmini kengaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq to‘lash tarif setkalarining rag‘batlantiruvchi rolini oshirishni, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining tarif qismi va tarifga qo‘shimcha qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashni hisobga olgan holda mehnatga haq to‘lashning tarif setkalarini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xodimni tegishli davrda unga to‘lanadigan ish haqining tarkibiy qismlari, ushlab qolingan pul miqdorlari va uning asoslari, shuningdek to‘lanadigan umumiy pul summasi to‘g‘risida majburiy tartibda yozma shaklda xabardor qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining ish haqini o‘z vaqtida to‘lashning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibiga rioya qilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin hamda ish haqi bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar hosil bo‘lgan hollarda aybdor shaxslarni jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, kasaba uyushmalarining tarmoq kengashlariga vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnatga haq to‘lashni tartibga solishda va u o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashda jamoa shartnomalarining, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa normativ hujjatlarining rolini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish tavsiya etilsin, chora-tadbirlarda ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun ish beruvchilarning moddiy javobgarligi choralari nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi, shuningdek ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlanmaganligi yoxud ish haqi taqiqlangan shaklda to‘langanligi uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tijorat banklari rahbarlarining javobgarligini, shu jumladan moddiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 41-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)