02.10.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 32-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 02.10.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 32-1
Kuchga kirish sanasi
02.10.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 2-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 32-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyundagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashda Ichki ishlar vazirligi Profilaktika xizmati rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 247-41-sonli qarorini bajarilishini taʼminlash borasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralarining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻlinmalari xodimlarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy Sudi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika “Kamolot” Yoshlarning ijtimoiy harakat Markaziy Kengashi hamda Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarida Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnoma” tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan “Ichki ishlar idoralarining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ishlarining natijalari toʻgʻrisidagi hisobot” (18-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi IIV 1993-yilning 13-aprelidagi 134-sonli buyrugʻi bilan joriy etilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar va transport ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Mazkur Yoʻriqnomani tegishli xizmatlarning barcha xodimlari tomonidan oʻrganilishi tashkil qilinsin, voyaga yetmaganlar orasida huquq buzilishining oldini olish vazifalarini bajarishda ularning mustahkam hamkorligi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar (shu jumladan tumanlari), viloyatlar, shaharlar, va tumanlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalari, viloyat, shahar, tuman kasaba uyushmalari va yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakatlari, sudlar, prokuratura, adliya, xalq taʼlimi, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari mazkur Yoʻriqnomaning ularga tegishli qismi bilan tanishtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Yilning har choragida kamida bir marta shahar, tuman va transport ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining voyaga yetmaganlar va oʻsmirlar orasida huquqbuzarliklari va qarovsizligini oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasi haqida hisobotlari eshitilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi IIV-ning Xoʻjalik boshqarmasiga ushbu buyruq va Yoʻriqnoma ilovasiga muvofiq bosma ish qogʻozlarini kerakli miqdorda tayyorlanishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi IIV-ning 1993-yil 6-iyulidagi 195-sonli va 1994-yil 29-dekabridagi 332-sonli buyruqlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir Z. ALMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son