31.10.1990 yildagi 153-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbekiston respublikasi oliy kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKChILIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SSJI Vazirlar Kengashi bilan birgalikda umumittifoq mulki bilan Oʻzbekiston Respublikasi mulki oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻyish masalasini hal qilsin. Bunda jumhuriyatga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulkidan tashqari hozirgi vaqtda Ittifoqqa boʻysunadigan va Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga topshirilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mol-mulki ham Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga kirishi kerakligiga asoslansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, nohiya, shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda jumhuriyat (Oʻzbekiston Respublikasi) mulki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mulki va kommunal mulk oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻysin. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga mahalliy boʻysunishdagi mol-mulkdan tashqari Ittifoqqa, jumhuriyatga boʻysunadigan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga topshirilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki ham kirishi kerakligiga asoslansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki SSJI bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolarning mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlarini aniqlab beradigan qonun hujjatlarining loyihalarini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlari qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga zid boʻlgan normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunicha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, modomiki mazkur Qonunga zid kelmas ekan, qoʻllanilaveradi. Shu bilan birga ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar Qonunga muvofiq faqat qonun hujjatlari bilangina tartibga solinadigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan qarorlar tegishli qonun hujjatlari qabul qilingunga qadar amal qilib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalari u kuchga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining davlat mulkiga: Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi mulkiga, jumhuriyatlararo mulkka, maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) taalluqli boʻlgan qoidalari mazkur mulkchilik turlari oʻrtasida mol-mulkni farqlab qoʻyish masalasi hal etilgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida sud va davlat hakamligi tasarrufiga oʻtkazilgan va qonun qabul qilingan kunda koʻrib chiqish tugallanmagan ishlar sudlar va davlat hakamligi idoralari tomonidan kimning qaramogʻiga oʻtkazilganligiga muvofiq holda koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38 va 39-moddalarida koʻzda tutilgan egalik huquqini muhofaza qilish haqidagi qoidalar Qonun kuchga kiritilishidan oldin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 40-moddasida koʻzda tutilgan, mulkchilik huquqini toʻxtatib qoʻyadigan qonun hujjati qabul qilinishi bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash huquqi Qonun kuchga kiritilganidan keyin qabul qilingan hujjatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 31-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 372-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda)