OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkasini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2115-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 23-iyundagi 50-son “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkasini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2115, 2010-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 209-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-fevral,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 57-modda)