Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.12.2018 26.01.2015 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.12.2018
Hujjat 01.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning tasdiqlangan tarmoq dasturlari, shuningdek mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga doir hududiy dasturlar doirasida sanoatning barqaror yuqori oʻsish surʼatlari soʻnggi 5 yil mobaynida oʻrtacha 108,3 foiz boʻlishi, uning tarkibini diversifikatsiyalash va tarmoqlarning ishlab chiqarilayotgan raqobatbardoshli mahsulotlari turlarini kengaytirish taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan faol investitsiya siyosati, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining rivojlantirilishi natijasida keyingi yillarda pudrat qurilish ishlari hajmi har yili oʻrtacha 10,0 foizdan ortiq surʼatlar bilan oʻsmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaratilgan va yangidan ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish hisobiga ulardan yanada samarali foydalanish, korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015-yildan boshlab mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mikrofirmalardan tashqari sanoat va qurilish sohasidagi barcha korxonalar boʻyicha ular faoliyatining asosiy ishlab chiqarish va moliyaviy parametrlarini aks ettiruvchi korxonalar pasportlarini (keyingi oʻrinlarda korxona pasporti deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga* muvofiq namunaviy shakllarga binoan har yili rasmiylashtirish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning pasportini toʻldirish metodologiyasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarga pasportlarning namunaviy shakllarini va ularni toʻldirish metodologiyasini yetkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tarkibiga kirmaydigan korxonalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilgi maʼlumotlar kiritilgan pasportlarning 2015-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda rasmiylashtirilishini hamda Internet tarmogʻi orqali, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda statistika organlariga taqdim etilishini, shuningdek oʻzlarining mavjud rasmiy veb-saytlarida ularning joylashtirilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida yangidan tashkil etilgan korxonalar boʻyicha pasport rasmiylashtirilishini hamda ishlab turgan korxonalar boʻyicha pasportlarning asosiy parametrlari yangilanishini, ularning davlat statistika organlariga taqdim etilishini va keyinchalik rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishini har yili 1-aprelgacha taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalar rahbarlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar pasportlarining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, ulardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning pasportlarida belgilangan ishlab chiqarish tavsifnomalariga muvofiq quvvatlardan yuqori darajada foydalanilishini va korxonalarning barqaror moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika organlari amaldagi statistika hisoboti shakllari doirasida korxonalar pasportlaridagi asosiy parametrlarning dinamikasi toʻgʻrisidagi davriy maʼlumotlarni shakllantiradilar, keyinchalik tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ularni 3-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha vakolatli davlat organlariga taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar pasportlari boʻyicha davriy statistika maʼlumotlari asosida Vazirlar Mahkamasi komplekslari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda, zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalarning quvvatlaridan toʻliq foydalanishni va ularning barqaror moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash yuzasidan har yili dasturlar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlari ushbu korxonalar aksiyadorlari (muassislari) bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati boʻyicha, ularning negizida ishlab chiqarish faoliyatini va ish oʻrinlarini tiklashga doir investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan sotiladi, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar bundan mustasno.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 270-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq har yili korxonalar pasportlari shakllantirilgandan keyin sanoat va qurilish sohasidagi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketlarini, ushbu korxonalar aksiyadorlari (muassislari) bilan kelishgan holda, xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalar negizida samarali ishlab chiqarishlar tashkil etish uchun zamonaviy menejment tajribasiga ega boʻlgan potensial investorlarni jalb qilish yuzasidan tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 41-modda, 21-son, 270-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)