O‘zbekiston Respublikasi TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2368-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martdagi 3, 9-son qarori (ro‘yxat raqami 2368, 2012-yil 22-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq beriladi.”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
44-son
Kelishilgan:
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 31-dekabr,
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 31-dekabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 31-dekabr
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 31-dekabr
“O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi raisi S. AYuPOV
2014-yil 31-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 2-son, 25-modda)