15.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori , 15.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373-1
Kuchga kirish sanasi
19.01.2015
Hujjat 19.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qarori (roʻyxat raqami 2373, 2012-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 282-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2014-yil 31-dekabr,

3-son

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 3, 45-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq epizootik holatlarga qarshi tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻini va atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, veterinariya qoidalari va normalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo) va ularning yashash jarayoni insonga toʻliq bogʻliq boʻlishi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Boshqa mamlakatlardan Oʻzbekistonga olib kelingan, tabiatda tutilgan (ovlangan), zoologiya doʻkonlaridan, zooparklardan sotib olingan, ov yoki baliq ovlashda va boshqa hollarda tutilganligi uchun hujjatlar mavjud boʻlsa yovvoyi hayvonlar qonunchilikka muvofiq ravishda sotib olingan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda berilgan ov va baliq tutishga ruxsatnoma, Oʻzbekiston hududiga hayvonlarni olib kirishga ruxsatnoma, kassa cheklari, yoʻl varaqalari va boshqalar yovvoyi hayvonlarni qonunga muvofiq sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Yovvoyi hayvonlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq berilgan ruxsatnomalar asosida tutqunlikda yoki pitomnikda saqlanishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 8-banddan “hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida” degan soʻzlar “tutqunlikda va yarim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 9 — 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar, shu jumladan yarim tutqun sharoitda, shuningdek Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning obyekti boʻlgan hayvonlar tabiatni muhofaza qilish organlarida davlat hisobiga olinadi. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklarni roʻyxatga olish guvohnomasi pitomnikning davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili 1-yanvargacha, ruxsatnoma bergan organlarga hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻgʻrisida axborot berishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 2-son, 26-modda)