OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yaratilgan yangi oʻquv adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 986-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 4-sentabrda va 2000-yil 20-sentabrda 103-son bilan tasdiqlangan Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yaratilgan yangi oʻquv adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 986, 2000-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 22-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori A. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
17-m/h-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
90-son
Kelishilgan:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2014-yil 29-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 25-dekabr
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
2014-yil 23-dekabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2014-yil 19-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 16-modda)