Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 31.12.2014 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 12.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining issiqlik elektr stansiyalarini barqaror moliyaviy holatda saqlash, respublika isteʼmolchilarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi 340-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalariga nisbatan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga oshiriladigan koeffitsent qoʻllash bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-2013-yillar uchun shartnomaviy hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 2 koeffitsentdan foydalangan holda “Oʻzbekenergo” DAK issiqlik elektr stansiyalariga ilgari qoʻllanilgan oshirilgan toʻlovlarni hisobga olmasdan oʻzaro hisob-kitoblarni qayta hisoblab chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” DAK va “Oʻzbekneftgaz” MXK ushbu qarorga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyundagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalarining 60-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“60. Isteʼmolchi (Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalaridan tashqari) tomonidan gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va gaz taʼminoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda isteʼmolchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda isteʼmolchilarga oshirilgan koeffitsent ularning gaz tarmoqlariga ulangan aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmini hisobga olmasdan qoʻllaniladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari I.Gʻ.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 5-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)