30.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2646
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 30.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2646
Kuchga kirish sanasi
31.12.2014
Hujjat 31.12.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda murojaat qiluvchilar deb yuritiladi) bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oʻzlari uchun qulay va aniq vaqtda notarius tomonidan qabul qilinishni soʻrab murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Notarius tomonidan qabul qilinish haqidagi murojaatlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish daftariga (bundan buyon matnda daftar deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat notarial idorasida faoliyat yuritadigan notariuslar sonidan qatʼi nazar, har bir davlat notarial idorasida yagona daftar yuritiladi. Bunda kelib tushgan murojaatlar notariuslarning ish kunlari va vaqtini inobatga olgan holda har bir notariusga teng taqsimlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Notariuslarning ish kunlari va soati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslarning ish kunlari va vaqtini belgilashda muayyan davlat notarial idorasi yoki notarius tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga boʻysunuvchi tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Daftarni yuritish va murojaat qiluvchilarni qabul qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Daftar notarius yordamchisi tomonidan yuritiladi. Notarial idorada ikki yoki undan ortiq notarius ishlayotgan boʻlsa, daftarni yuritish katta notarius yordamchisiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi yoxud ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Notarius yordamchisi kelib tushgan har bir murojaatni navbat boʻyicha daftarga kiritadi, notariusning ish kuni va vaqtini hamda murojaat qiluvchi uchun qulay vaqtni inobatga olgan holda, notariusning qabul kuni va soatini belgilaydi hamda bu haqda murojaat qiluvchini xabardor qiladi. Bunda murojaat qiluvchi murojaat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan notarius tomonidan qabul qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har bir murojaat ushbu yilda yuritiladigan daftar boʻyicha takrorlanmaydigan tartib raqamiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Murojaat qiluvchining istagiga koʻra, uning murojaati daftarga qayd etilganligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Murojaat qiluvchi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir boʻlishi shart. Mazkur talab bajarilmaganda murojaat qiluvchini qabul qilish umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilangan vaqtdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan belgilangan vaqtda qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan qabul qilinganda, muayyan kamchiliklar sababli tegishli notarial harakatlarni amalga oshirish imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda, mazkur kamchiliklarni darhol bartaraf etish choralari koʻriladi. Aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni boʻlmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddat beriladi. Bunda murojaat qiluvchi berilgan muddatdan keyin navbatdan tashqari qabul qilinadi va bu haqda daftarga tegishli izoh kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Daftarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi katta notarius (notarius) tomonidan tekshirib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI

T/r

Murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning, yuridik shaxs vakilining F.I.O.

Murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning yashash manzili, yuridik shaxsning joylashgan joyi

Murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning, yuridik shaxs vakilining telefon raqami yoki boshqa aloqa vositasi

Murojaat shakli (ogʻzaki, yozma, elektron shaklda, shu jumladan telefon yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali)

Murojaatning qisqacha mazmuni

Murojaat roʻyxatga kiritilgan vaqt

Notarius tomonidan qabul qilish vaqti

Izoh*

Notarius yordamchisining imzosi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur ustunga qabul amalga oshirilganligi, kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat berilganligi, shuningdek sababini koʻrsatgan holda qabul amalga oshirilmaganligi haqida yozuvlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎XABARNOMA‎

_______________________________________________________________‎‎

‎‎(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning, yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

‎‎Sizning murojaatingiz Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish daftarida ____-tartib raqami bilan qayd qilindi.

‎‎___ yil “___” _______ kuni soat __:__ da notarius ______________________ qabulida

boʻlishingiz lozimligi maʼlum qilinadi.‎‎‎

(notariusning F.I.O.)‎‎‎

_______________________________‎‎‎

‎‎(davlat notarial idorasining nomi)‎

‎‎‎notarius yordamchisi

______________‎

______________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

‎‎______ yil “______” ________________‎

M.Oʻ.‎