15.12.2014 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Profilaktika, diagnostika qilish va kasalliklarni davolash uchun foydalaniladigan, shu jumladan tibbiy jihatdan qoʻllash yoʻriqnomasiga muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan foydalaniladigan dori vositasi voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositasi (keyingi oʻrinlarda dori vositasi deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dori vositalarini reklama qilish faqat ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat retseptsiz beriladigan dori vositalarini reklama qilishga ruxsat etiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Reklama qilishga ruxsatnoma berish uchun ariza bilan vakolatli organga reklama beruvchi, reklama yaratuvchi yoki reklamani tarqatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasida reklama qilish moʻljallanayotgan dori vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma reklama qilinadigan har bir dori vositasiga alohida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Amaldagi ruxsatnoma oʻrniga yangi ruxsatnoma reklama matni oʻzgargan taqdirda olinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar ruxsatnoma berish uchun rioya etilishi majburiy talablar va shartlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) reklamada quyidagilar mavjud boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasining toʻliq (shu jumladan xalqaro farmokologik) nomi va ishlab chiqaruvchining nomi, dori vositasidan foydalanish yoki uni qoʻllanish toʻgʻrisida axborot, shu jumladan qoʻllanishga doir asosiy koʻrsatmalar, sertifikatlar mavjudligi haqidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasidan foydalanish yoki uni qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar, foydalanish yoki qoʻllashga doir yoʻriqnoma bilan tanishish yoxud mutaxassislarning maslahatini olish zarurligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish. Bunda ogohlantirishga televideniyeda reklama uchun jami moʻljallangan maydonning kamida 10 foizi, shuningdek radioda dori vositasining ovozli reklamasi roligiga efir vaqtining kamida 5 sekundi ajratilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida reklamaga qoʻyiladigan boshqa talablarga javob berishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) reklama:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasini noyob, eng samarali, qoʻshimcha taʼsirlarning mavjud emasligi jihatidan eng xavfsiz vosita sifatida ifodalamasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasining tarkibi, ishlab chiqarilishi, yangiligi yoki patentlanganligi xususida yanglish tasavvur bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi — raqobatchilarning obroʻsiga yoki tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), firma nomiga, mahsulotiga, faoliyatiga putur yetkazmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining mashhurligi tufayli dori vositalarini qoʻllashni ragʻbatlantirishi mumkin boʻlgan olimlar, sogʻliqni saqlash xodimlari, shuningdek davlat organlari mansabdor shaxslari yoki boshqa shaxslarning tavsiyalarini dalil qilib keltirmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasining faqat yoki asosan bolalar uchun moʻljallanganligini koʻrsatmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasining voyaga yetmaganlar tomonidan qabul qilinayotganligi holatini ifodalamasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur dori vositasining xavfsizligi va samarasi uning tabiiy kelib chiqishi bilan bogʻliq ekanligini tasdiqlamasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklamaning taʼsirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan mubolagʻali taqqoslashga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy maslahatlar yoki jarrohlik operatsiyalarining keraksizligi toʻgʻrisida tasavvur paydo qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur dori vositasining taʼsiri kafolatlanganligi toʻgʻrisidagi fikrni tasdiqlamasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasini qoʻllamaslik odam sogʻligʻini yomonlashtirishi toʻgʻrisidagi fikrni isteʼmolchining ongiga singdirmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dori vositasining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatida mavjudligi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) dori vositasi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan va uning amaldagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ruxsatnoma berish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) reklama materiallari (matn, ssenariy, video, audio, maqola, modul va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabardornoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat vakolatli organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar barcha hollarda, toki vakolatli organ ularning ishonchsizligini isbotlamagungacha ishonchli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ariza beruvchi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan dori vositalarini reklama qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng komissiya tomonidan ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va reklama materiali matni tasdiqlanadi, ruxsatnomaning bir nusxasi (eʼlon qilingan materiallar, namunalar, video va audiokassetalar, SD va boshqalar) amal qilish muddati tugagunga qadar vakolatli organda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar va materiallar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar vakolatli organ arizani koʻrib chiqishning belgilangan muddati mobaynida ariza beruvchini ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilmasa, ariza beruvchi reklama qilish uchun ruxsatnoma olish moʻljallanayotgan dori vositasini reklama qilish huquqiga ega boʻladi, bu haqda u vakolatli organni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kun mobaynida unga ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma olingunga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yoʻllangan yozma xabarnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda dori vositasini reklama qilish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ, tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechikmay, ariza beruvchiga ruxsatnomani berishi (yuborishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma berishning boshqa asoslar, shu jumladan uning maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ruxsatnoma berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ariza beruvchi ruxsatnomani berishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yuridik shaxs boʻlgan ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs boʻlgan ariza beruvchi oʻziga berilgan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, u qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchidan mazkur boʻlimda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida reklama qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirish kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomda belgilangan holatlarda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada ruxsatnoma berish haqidagi ariza vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagach, ariza beruvchining arizasiga koʻra, matni oʻzgarmagan holda ruxsatnomaning amal qilish muddati ushbu dori vositasining Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi amal qilish muddati tugagungacha uzaytirilishi mumkin, bu holda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yoki amal qilish muddatini uzaytirishda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmagan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli organ ariza, shuningdek ruxsatnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ruxsatnomaning dublikatini berish toʻgʻrisida ariza vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun ruxsatnoma dublikatini berish toʻgʻrisida ariza topshirilgan sanada belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishining quyidagi holatlari ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklamaning ruxsat etilgan reklama materiallariga nomuvofiqligi yoki ushbu reklamaning jiddiy nojoʻya taʼsirlarga olib kelishi mumkinligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositasining dozasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborot berilganligi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Reklama qilinayotgan dori vositasi retseptsiz beriladigan dori vositalarining roʻyxatidan chiqarilgan taqdirda ariza beruvchi dori vositasini ruxsatnoma amal qiladigan muddat mobaynida reklama qilishni toʻxtatishi zarur. Bunda ruxsatnomaning amal qilishi tegishli ravishda toʻxtaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestrini belgilangan tartibda yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, bogʻlanish telefoni raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning tartib raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatishning asos va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikatni berishning asosi va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat
‎ gerbi tasviri)


‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Seriya: R № 000000
‎‎

‎‎Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori
‎vositasini reklama qilish uchun
‎RUXSATNOMA

‎______-son
‎ (ruxsatnomaning tartib raqami)

_______________________________________________________________ga berildi.

‎‎(ariza beruvchining toʻliq nomi)

‎‎
Joylashgan joyi (pochta manzili) __________________________________________ da‎
‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________ni

‎‎(voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazilgan nomi)

‎‎________________________________________________________________________(reklamaning turi va joylashtirish shakli)

‎‎reklama qilish uchun ruxsat berildi.

‎‎Dori vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining tartib raqami _________‎
‎Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositasining reklama materiali belgilangan barcha talablarga muvofiqdir.

IFUT/STIR___________

Ruxsatnoma berilgan sana____________

‎Reyestr boʻyicha tartib raqami _______________

Vakolatli shaxs‎

_____________________‎‎

_____________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O)

M.Oʻ.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 34-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga __________________________________________
‎__________________________________________ __________________________________________ _________________________________________________________________________________ dan
‎(yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xususiy tadbirkor uchun — fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining maʼlumotlarini koʻrsatgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Ruxsatnoma berishga ariza

‎‎Sizdan_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(reklama qilinayotgan dori vositasining toʻliq nomi, ishlab chiqaruvchining nomi, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining tartib raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi lozim)

‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(reklamaning qisqacha mazmuni, reklamaning turi va joylashtirish shakli (matni, ssenariysi, audio, video, maqola, modul va boshqalar) ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎reklama qilishga ruxsatnoma berishingizni (qayta rasmiylashtirishingizni, dublikat berishingizni) soʻrayman. (keraksizi oʻchirilsin)

‎‎
‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________

‎‎(ariza beruvchining F.I.O. va imzosi)

‎‎20__ yil “____” _____________.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 606-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)