10.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2633
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining qarori, 10.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2633
Kuchga kirish sanasi
15.12.2014
Hujjat 08.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2633]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-mb-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Yoʻriqnoma talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanishga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga oluvchi organlar — adliya organlari, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasining 2016-yil 1-fevraldagi 3, 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2633-1, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 48-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan hosila soʻzlar — davlatning rasmiy nomini bildiruvchi “Oʻz” affiksi va “Oʻzbek” soʻzi orqali yasalgan soʻzlar (masalan, “Oʻzeksport”, “Oʻzbek-Turkman Kapital”, “Uz-Ros Import”, “Uzbekwest” va shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari — qatnashchilari ikki yoki undan koʻp maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarda) joylashgan tijorat tashkilotlarining notijorat hisoblanuvchi yuridik shaxs birlashmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan quyidagilar oʻz nomlarida foydalanish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Yoʻriqnomaning 3-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan bevosita foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarga tutilmagan boʻlsa, davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxsning zaxiraga olinadigan firma nomiga (bundan buyon matnda firma nomiga deb yuritiladi) qoʻshiladi. Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxsning firma nomi tashqarisida davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan oʻz nomlarida bevosita foydalanish huquqiga ega tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslarning firma nomlarini zaxiraga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻz nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshgan holda tashkil etilayotgan quyidagi yuridik shaxslarning vakolatli organi firma nomini zaxiraga olish yuzasidan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng bir oy mobaynida roʻyxatga oluvchi organlarga murojaat etishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkil etilayotgan yuridik shaxsning firma nomini zaxiraga olish yuzasidan roʻyxatga oluvchi organlarga taqdim qilingan murojaatlarda tegishliligiga koʻra quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsni tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsni tashkil etish toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorning sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonasining muassisi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning nomi, qaror sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan bitta asosiy va muhimligi boʻyicha joylashgan qoʻshimcha firma nomlarining roʻyxati.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan qulay firma nomlarini zaxiraga olish roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Roʻyxatga oluvchi organlar ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaxsga firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parolni taqdim etadi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hollarda yuridik shaxslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻgʻrisidagi murojaatlar qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlar mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandi talablariga rioya etilmagan holda taqdim qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarda mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq bayon etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan qulay firma nomlariga respublika boʻyicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan boshqa yuridik shaxslar mavjud boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan yuridik shaxslarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻgʻrisidagi murojaatlarni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, taqdim qilingan murojaatlar bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Faoliyat yuritayotgan va mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish ham mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur bob talablari banklarga, kredit byurolariga, davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalariga, yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalariga va respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalariga hamda boshqa tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlariga murojaat etishi va ushbu firma nomlarini zaxiraga olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlarining tashabbusiga asosan yoki ushbu organlar va ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning muassisligida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan adliya organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan ularning joylashgan yeriga (pochta manziliga) koʻra, hududiy adliya organlariga, Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik shaxslarni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng bir oy mobaynida murojaat qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari sifatida faqat vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, inspeksiyalar, shuningdek ular huzurida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlariga taqdim qilgan murojaatlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan bitta asosiy va muhimligi boʻyicha joylashgan qoʻshimcha firma nomlarining roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari talablariga javob berishini tasdiqlovchi korxonalarning ustav fondi (ustav kapitali) hamda muassislari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan korxonalarning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan qulay firma nomlarini zaxiraga olish adliya organlari tomonidan Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Adliya organlari ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaxsga firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parolni taqdim etadi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagi hollarda tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻgʻrisidagi murojaatlari qayta koʻrib chiqish uchun qaytarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlar mazkur Yoʻriqnomaning 15, 16 va 17-bandlari talablariga rioya etilmagan holda taqdim qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarda mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq bayon etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasida soʻrab olinadigan qulay firma nomlariga respublika boʻyicha firma nomi adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan boshqa yuridik shaxslar mavjud boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandida nazarda tutilmagan asoslar bilan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish toʻgʻrisidagi murojaatlarini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining adliya organlari tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qilingan murojaatlari bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish mazkur bob talablariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan yuridik shaxslarning nomini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan yuridik shaxslarning nomini oʻzgartirish tegishli qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarining nomini oʻzgartirish ushbu organlarning (muassislarning) qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan xoʻjalik jamiyatlarining nomini oʻzgartirish jamiyatlar muassislarining (aksiyadorlarining) umumiy yigʻilishi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan hamda nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan birlashmalarining nomini oʻzgartirish mazkur birlashmaning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalarining nomini oʻzgartirish mazkur tashkilotning vakolatli organi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qoʻshilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomini oʻzgartirish xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muassislarining umumiy yigʻilishi qarorlariga asosan amalga oshiriladi, bunda oʻzgartirilayotgan firma nomiga davlatning rasmiy nomi, shuningdek undan hosila soʻzlar qayta qoʻshilayotgan boʻlsa, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning firma nomini oʻzgartirish mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob talablari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Quyidagi hollarda davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish asosida tashkil etilgan yuridik shaxslarning nomidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi va ushbu nom oʻzgartirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmasi aʼzolari joylashgan hudud bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmaga toʻgʻri kelib qolganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari talablariga javob bermay qolganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Murojaat qilgan shaxslar taqdim etilgan maʼlumotlarning xaqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Yoʻriqnomani qoʻllash jarayonida yuzaga kelgan masalalar ushbu hujjatni qabul qilgan va kelishgan tashkilotlar tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda; 2016-y., 5-son, 48-modda; 2017-y., 11-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2633-3/1053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)