03.09.1993 yildagi 937-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI VA YO‘QOLIB BORAYOTGAN O‘SIMLIKLAR HAMDA HAYVONLAR TURLARINI MUHOFAZA ETISHNI KUCHAYTIRISH HAMDA ULARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarining nodir genofondini muhofaza qilish va saqlab qolishni kuchaytirish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning turlarini, yovvoyi hayvonlar mahsulotlarini chetdan respublikaga olib kirishni va respublikadan chetga olib chiqib ketishni tartibga solish, ularning turi va soni saqlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulk shaklidan, xo‘jalik faoliyati turidan va kimning tasarrufida ekanligidan qati nazar barcha korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy shaxslarga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yovvoyi hayvonlarning (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarning) qimmatli va yo‘qolib borayotgan turlarini ovlab tutish (otish), tutqinlikda saqlash va respublikadan chetga olib chiqib ketish, ulardan zahar olish va bu zaharlarni sotish, dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning yovvoyi turlarini tayyorlash man etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va jonivorlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda tortib ajratib olishga, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi taqdimnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradigan ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovlanadigan hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarni) ovlash hamda ularning mahsulotlarini to‘plash, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi beradigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklarning turlarini, yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlar va baliqlarni), ularning mahsulotlarini, kolleksiyalar, gerbariylar va o‘ljalarni chetdan respublikaga olib kirishga va respublikadan chetga olib chiqib ketishga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi beradigan litsenziyalar bo‘yicha ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan zaharli jonivorlarni ) ko‘paytirish va ularning mahsulotlarini olish maqsadida tutqinlikda saqlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni ovlaganlik (otganlik), to‘plaganlik, sotganlik va respublikadan chetga olib chiqib ketish uchun to‘lanadigan haq miqdori, uni undirib olish va budjetga o‘tkazish tartibini, shuningdek yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, ozuqa va manzarali o‘simliklar tayyorlashga ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘simlik va hayvonot olami tabiiy boyliklaridan foydalanilishi, ularni chetdan respublikaga olib kirish va respublikadan chetga olib chiqib ketish qoidalariga rioya etilishi ustidan lozim darajadagi nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
937-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 337-modda)