Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018 17.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1922-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 17.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1922-3
Kuchga kirish sanasi
24.11.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
Hujjat 24.11.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1922-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-maydagi 91-sonli “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3011, 12.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 23-fevraldagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922, 2009-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-oktabrdagi 71-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va 50 foiz miqdorida — paxtachilik fermer xoʻjaliklariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari yoxud xizmat koʻrsatish korxonalari oldidagi kreditorlik qarzini keyinchalik xizmat koʻrsatish korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzini soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxtachilik fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek xizmat koʻrsatish korxonalari oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda, ijobiy farq mablagʻlaridan “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis MTP” MChJ, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-lizing” ALK, “Oʻzmashlizing” ShK korxonalarining moddiy-texnik resurslariga va xizmatlariga oldindan haq toʻlash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq mablagʻlari tushishiga koʻra, 1 ish kuni davomida ularni maxsus hisob raqamdan Jamgʻarmaning tegishli hisob raqamlariga quyidagicha oʻtkazadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzini soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan qismi Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 30-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 560-modda)