Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.01.2000 yildagi 8-son
Kuchga kirish sanasi
10.01.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 19.12.2011 sanasi holatiga | Hujjat 27.09.2024 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2000-yil 10-yanvar, | 2000-yil 10-yanvar, |
8-son | 8-son |
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qaroriga ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish | Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish |
QOIDALARI | QOIDALARI |
1. UMUMIY QOIDALAR | 1. UMUMIY QOIDALAR |
1.1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. | 1.1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. |
2. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR | 2. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR |
2.1. Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi: | 2.1. Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi: |
“gaz” — konlardan qazib olinadigan, tabiiy, neft gazi (qoʻshimcha), gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va toʻplanadigan, shuningdek, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan ishlab chiqariladigan gaz; | gaz — gaz qazib chiqaruvchi, gaz, neft qazib chiqaruvchilar tomonidan yoki gaz-neft qazib chiqaruvchi tashkilotlar, gazni qayta ishlovchi tashkilotlar, gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy gaz, neft (yoʻldosh) gazi, shuningdek yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan neftni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan yoqilgʻi gazi; |
“gaz yetkazib beruvchi” — gaz taʼminoti tashkilotlariga yoki isteʼmolchilarga gaz yetkazib berilishini taʼminlovchi gaz va neft qazib oluvchi hamda gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar; | yetkazib beruvchi — gazni yetkazib beruvchi gaz mulkdori yoki uning vakolatli shaxsi; |
“gaz uzatuvchi tashkilot” — gaz yetkazib beruvchidan gaz xarid qiluvchi va uni qazib olish joyidan va/yoki qayta ishlash joyidan taqsimlash va isteʼmol punktlariga uzatuvchi tashkilot; | gaz taʼminoti tashkiloti — gazni qabul qilishni, taqsimlashni va isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlovchi tashkilot; |
“hududiy gaz taʼminoti korxonasi” — gazning isteʼmolchilarga taqsimlanishini, uzatilishini va isteʼmolchilarga gaz yetkazib berilishini taʼminlovchi tashkilot; | gaz uzatish tashkiloti — gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi va isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tashkilot; |
“isteʼmolchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi; | “isteʼmolchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi; |
“hisob-kitob davri” — gaz sarfi aniqlanishi, yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak boʻlgan davr. Tomonlar kelishib olgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi; | hisob-kitob oyi — yilning gaz yetkazib beruvchi va isteʼmolchi oʻrtasida yetkazib berilgan gaz uchun oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan oyi; |
“gaz isteʼmoli broni” — zaxira yoqilgʻi turlaridan eng koʻp darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur boʻlgan gaz isteʼmol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda isteʼmolchi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi; | “gaz isteʼmoli broni” — zaxira yoqilgʻi turlaridan eng koʻp darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur boʻlgan gaz isteʼmol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda isteʼmolchi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi; |
“gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik oʻrtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi. | “gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik oʻrtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi. |
3. GAZ SOTISH TARTIBI | 3. GAZ SOTISH TARTIBI |
3.1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi isteʼmolchilarning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda kelgusi yilga respublika boʻyicha gaz balansini tuzadi va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi. | 3.1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekneftgaz” MXK deb ataladi) tomonidan joriy yilning 1-avgustigacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqsimlashdagi oʻzining gazga boʻlgan ehtiyojlari va texnologik yoʻqotishlar aniqlanadi. |
Kelgusi yilga respublika boʻyicha gaz balansi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. | 3.2. “Oʻzbekneftgaz” MXK taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, resurs va gaz uzatish imkoniyatlarini, shuningdek ichki tarmoq ehtiyojini va gaz eksporti hajmlarini hisobga olgan holda choraklar boʻyicha (qish davri uchun — oylar boʻyicha) taqsimlagan holda kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansini tuzadi hamda gaz isteʼmolining prognoz qilinayotgan kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansi loyihasini tayyorlash uchun joriy yilning 15-sentabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. |
3.2. Kelgusi yilga respublika boʻyicha tasdiqlangan gaz balansiga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mintaqalar boʻyicha isteʼmolchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik hajmlarini taqsimlaydi hamda gaz yetkazib berishning belgilangan hajmlarini gaz yetkazib beruvchilar, hududiy gaz taʼminoti korxonalariga yetkazadi. | Kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi. |
3.4. Quyidagilar gaz yetkazib berishda ustunlikka ega boʻladilar: | 3.4. Quyidagilar gaz yetkazib berishda ustunlikka ega boʻladilar: |
— aholi; | — aholi; |
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar; | — qonunchilikda nazarda tutilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar; |
— gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarzi boʻlmagan hamda joriy (shartnomaviy) toʻlovlar boʻyicha oldindan haq toʻlash shartlari bilan shartnoma tuzgan isteʼmolchilar. | — gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarzi boʻlmagan hamda joriy (shartnomaviy) toʻlovlar boʻyicha oldindan haq toʻlash shartlari bilan shartnoma tuzgan isteʼmolchilar. |
4. ISTEʼMOLCHILARGA GAZ YETKAZIB BERISH | 4. ISTEʼMOLCHILARGA GAZ YETKAZIB BERISH |
4.3. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan isteʼmolchilarga gaz: | 4.3. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan isteʼmolchilarga gaz: |
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarga — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz hisoblash priborlari boʻyicha; | “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarga — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz hisoblash priborlari boʻyicha; |
gaz taʼminoti korxonalariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining boʻlinish chegarasida xoʻjalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari boʻyicha uni keyinchalik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga hamda chakana isteʼmolchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi”. | gaz taʼminoti tashkilotlariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining boʻlinish chegarasida xoʻjalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari boʻyicha uni keyinchalik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga hamda chakana isteʼmolchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi. |
4.4. Gaz yetkazib berishning barcha shartlari shartnomalarda nazarda tutiladi. | 4.4. Gaz yetkazib berishning barcha shartlari shartnomalarda nazarda tutiladi. |
4.5. Respublika mintaqalari boʻyicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari isteʼmolchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi. | 4.5. Respublika mintaqalari boʻyicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari isteʼmolchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi. |
4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari gaz yetkazib berishga, isteʼmolchi esa oʻrtacha sutkalik meʼyorlar doirasida oy davomida bir maromda, isteʼmolchining sutkalik meʼyoridan voz kechish zarurati boʻlgan hollarda — tomonlar oʻrtasidagi dispetcherlik jadvallari boʻyicha gaz olishga majburdir. | 4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkiloti gaz yetkazib berishga, isteʼmolchi esa oʻrtacha sutkalik meʼyorlar doirasida oy davomida bir maromda, isteʼmolchining sutkalik meʼyoridan voz kechish zarurati boʻlgan hollarda — tomonlar oʻrtasidagi dispetcherlik jadvallari boʻyicha gaz olishga majburdir. |
4.10. Hududiy gaz taʼminoti korxonalari gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi. | 4.10. Gaz taʼminoti tashkilotlari gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi. |
4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy isteʼmolchilarni gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Oʻzneftgaznazorat” inspeksiyasi, gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi hamda isteʼmolchilar ishtirokida korxonalarni yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvallari tuziladi, jadvallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | 4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy isteʼmolchilarni gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”, gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va gaz taʼminoti tashkiloti hamda isteʼmolchilar ishtirokida korxonalarni yoqilgʻining zaxira turlariga oʻtkazish jadvallari tuziladi, jadvallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy isteʼmolchilarning meʼyordagi gaz isteʼmolini taʼminlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan amalga kiritiladi. | Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy isteʼmolchilarning meʼyordagi gaz isteʼmolini taʼminlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi. |
Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilgʻining kamaymaydigan zaxirasiga ega boʻlishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga oʻtishi kerak. | Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilgʻining kamaymaydigan zaxirasiga ega boʻlishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga oʻtishi kerak. |
4.13. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki toʻliq uzish navbatini tasdiqlaydilar. | 4.13. Gaz taʼminoti tashkiloti taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki toʻliq uzish navbatini tasdiqlaydilar. |
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi va hududiy gaz taʼminoti korxonalari tomonidan amalga kiritiladi. | Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi. |
4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va isteʼmol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va isteʼmol qilish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. | 4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va isteʼmol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va isteʼmol qilish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. |
4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz taʼminoti tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari shart. | 4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari shart. |
5. GAZ SARFINI HISOBGA OLISH VA GAZ UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI | 5. GAZ SARFINI HISOBGA OLISH VA GAZ UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI |
5.1. Gazning hisobga olmasdan yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | 5.1. Gazning hisobga olmasdan yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
5.2. Gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti) tomonidan hududiy gaz taʼminoti korxonasiga va isteʼmolchiga beriladigan gaz miqdori isteʼmolchining hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi, ularda hisobga olish priborlari boʻlmagan taqdirda esa, qoidaga koʻra gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti)ning nazorat-oʻlchov priborlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama imzolangan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. 5.3. Isteʼmolchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz boʻlganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda hududiy gaz taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz boʻlgan vaqtda korxona ishlagan soatlar boʻyicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi. | 5.2. Yetkazib berilayotgan gaz miqdori gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, yetkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa — isteʼmolchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi va ikkala taraf imzolaydigan gazni yetkazib berish — qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 5.3. Olingan gaz uchun hisob-kitob qilish plombalanmagan gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida ishlashi hisobidan quyidagi holatlarda: gazni hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati oʻtganda, bunda tegishli hisob-kitob tekshirish muddati oʻtgan paytdan boshlab qiyoslov oʻtkazilgandan keyin gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgan paytgacha amalga oshiriladi; gazni hisobga olish priborining nosozligi, plombasining butligi buzilganligi, gazni hisobga olish pribori oʻzboshimchalik bilan joyidan olinganligi aniqlanganda, shuningdek isteʼmolchida va yetkazib beruvchida gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda yetkazib beruvchi vakilining oxirgi marta kelgan kunidan boshlab amalga oshiriladi. |
5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari boʻyicha, ular boʻlmaganda — tasdiqlangan normalar boʻyicha aniqlanadi. | 5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari boʻyicha, ular boʻlmaganda — tasdiqlangan normalar boʻyicha aniqlanadi. |
5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. | 5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. |
5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar boʻlgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar. | 5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar boʻlgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar. |
5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga isteʼmolchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir. | 5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga isteʼmolchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir. |
5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qoʻllash amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qoʻllash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
5.9. Tomonlar berilgan — qabul qilingan gaz toʻgʻrisida har oyda, oyning 3-kunidan kechikmay dalolatnoma tuzadilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar. |
Berilgan gaz miqdorini aniqlashdan norozi boʻlgan tomon bu haqda oʻzining alohida fikrini dalolatnomada aks ettirish yoʻli bilan ikkinchi tomonga maʼlum qiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida koʻrib chiqiladi. | 5.9. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan gaz hajmi hisobga olish pribori koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida isteʼmolchi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni eʼtirozlar bilan imzolash isteʼmolchini uning uchun gaz yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hajmlarda toʻlovni toʻlashdan ozod qilmaydi. Berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashga rozi boʻlmagan taraf bu toʻgʻrida boshqa tarafga hisob-kitob oyi tugagandan keyingi oyning 10-kunigacha dalolatnomada eʼtiroz sababini albatta koʻrsatish yoʻli bilan maʼlum qiladi. Taraflarning roziligiga erishilmagan taqdirda, eʼtirozlar sabablari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. |
5.10. Isteʼmolchi foydalangan gaz uchun hisob-kitoblar tartibi, toʻlov muddati va shakllari gaz yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. | 5.10. Gaz yetkazib berish shartlari yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi. |
6. GAZ YETKAZIB BERUVCHILARNING, GAZUZATISH VA HUDUDIY GAZ TAʼMINOTI KORXONALARI HAMDA ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI | 6. Gaz yetkazib beruvchilarning, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari hamda isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari |
6.1. Isteʼmolchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda boʻlgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga koʻra, isteʼmolchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan toʻxtatib qoʻyishga majburdir. | 6.1. Isteʼmolchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda boʻlgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga koʻra, isteʼmolchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan toʻxtatib qoʻyishga majburdir. |
6.2. Gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz taʼminoti korxonalari: | 6.2. Gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari: |
gaz yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vaqt mobaynida fors-major holatlari boʻlganda; | gaz yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vaqt mobaynida fors-major holatlari boʻlganda; |
yetkazib berilgan gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarz mavjud boʻlganda; | yetkazib berilgan gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarz mavjud boʻlganda; |
gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. | gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. |
6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati meʼyoriy talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlashga majburdir. | 6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati meʼyoriy talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlashga majburdir. |
6.4. Gazga hid qoʻshish gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 6.4. Gazga hid qoʻshish gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi gaz bilan taʼminlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. | 6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchi gaz bilan taʼminlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. |
6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar toʻgʻrisida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar. | 6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish va gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar toʻgʻrisida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar. |
6.7. Hududiy gaz taʼminoti korxonasi, gaz uzatish tashkiloti talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovlar holati toʻgʻrisida tezkor axborot taqdim etadilar. | 6.7. Gaz taʼminoti tashkiloti, gaz uzatish tashkiloti talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovlar holati toʻgʻrisida tezkor axborot taqdim etadilar. |
6.8. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti yoki hududiy gaz taʼminoti korxonasi gaz yetkazib berish shartnomasiga koʻra, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda, isteʼmolchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani belgilangan tartibda qoplaydi. | 6.8. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish yoki gaz taʼminoti tashkilotlari gaz yetkazib berish shartnomasiga koʻra, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda, isteʼmolchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani belgilangan tartibda qoplaydi. |
7. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK | 7. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTEʼMOLCHILARIGA GAZ YETKAZIB BERISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK |
7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz taʼminoti korxonasi va isteʼmolchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar. |