O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
Kadastr xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmonini bajarish yuzasidan respublika Hukumati tomonidan Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik inventarizatsiya bo‘yicha davlat xizmatlari qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli qarorining 1-bandi va uning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-noyabr,
PQ-2259-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 45-son, 544-modda)