Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.1997 02.07.1992 yildagi 623-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.1997
Hujjat 20.11.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun tadbirkorlikni rivojlantirish va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatlashuvi-bahslashuviga yoʻl bermaydigan, cheklab qoʻyadigan yoki uni yoʻq qilinadigan qoʻshimcha foyda olish maqsadidagi harakati yoki harakatsizligini anglatuvchi monopolistik faoliyatning oldini olish va payini qirqishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunni qoʻllanish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qonun respublika va mahalliy tovarlar bozoridagi faoliyatda qatnashayotgan mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ayrim mansabdor shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida sodir etayotgan xatti-harakatlar yoki tuzayotgan bitimlar respublika bozorida rakobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan hollarda ham ushbu Qonun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika tarmogʻi korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral temir yoʻllar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvur oʻtkazish transporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan aloqa tizimlari faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun, shuningdek ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish meʼyorlarini tartibga soluvchi munosabatlarga ham tatbiq etilmaydi. Bu huquqlar ularning egalari tomonidan raqobatni cheklash maqsadida qasddan qoʻllanilayotgan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MONOPOLISTIK FAOLIYATNI VA GʻIRROM RAQOBATNI ChEKLASh VA TAQIQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Bozordagi ustunlik mavqeini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ustun mavqe deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning muayyan tovar bozoridagi ulushi monopoliyaga qarshi faoliyatini amalga oshirishga vakolatli idora belgilab qoʻygan eng yuqori meʼyor chegarasidan oshib ketgan va bu hol unga mustaqil ravishda yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ish koʻrib, tovarlarning oldi-sotdisiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirib qoʻyish va shu tariqa isteʼmolchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazish imkonini beradigan hukmron mavqei tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bozorda ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni quyidagi xatti-harakatlarni qilishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida tovarlarni ishlab chiqarishni kamaytirish yoxud toʻxtatib qoʻyish, shuningdek ularni muomaladan olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moʻmay foyda olish maqsadida haddan tashqari baland narx belgilash va uni sunʼiy ravishda shunday ushlab turish, narxlarni asossiz ravishda pasaytirish davlat tomonidan boshqarib turiladigan narx-navoni boshqa yoʻsindagi buzishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noteng ahvolga solib qoʻyadigan shartlarni tiqishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga oʻzgacha toʻsqinlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida qonunga xilof bitimlar tuzilishini (kelishib qilinadigan harakatlarni) taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimoshdi savdolarida, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirish, saqlab turish yoki pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlarni hududiy prinsip boʻyicha, oldi-sotdi hajmi boʻyicha, sotilajak tovarlarning turlari boʻyicha, sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) doirasi boʻyicha yoxud ularni monopoliya qilib olish maqsadida boshqa belgilar boʻyicha taqsimlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi yoki xaridor (buyurtmachi) sifatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan siqib chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan bosh tortish maqsadida til biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatni jiddiy tarzda cheklaydigan yoki cheklashi mumkin boʻlgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlar tuzish (kelishib harakat qilish) taqiqlanadi hamda haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biri ustun mavqega ega boʻlgan, ikkinchisi esa mahsulot yetkazib beruvchi yoki isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻlgan va bir-biri bilan raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan bitimlar (kelishib harakat qilishlar), basharti bunday bitimlar pirovardida raqobatni jiddiy tarzda cheklab qoʻysa, yoxud cheklab qoʻyishi mumkin boʻlsa, bunday bitimlar (kelishib harakat qilishlar) haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Alohida hollardagina xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida aytib oʻtilgan xatti-harakatlari, basharti bu subyektlar oʻz xatti-harakatlari bozorning tovarlar bilan moʻl-koʻl boʻlishiga, tovarlarning isteʼmol xususiyatlari yaxshilanishiga yoki tashqi bozorda oʻzlarining raqobat layoqatlarining oshishiga yordam berishini isbotlab bersalar, toʻgʻri deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Raqobatni cheklaydigan tashkiliy qayta tuzilishlarni taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bozorda ustun mavqega ega boʻlishini taʼminlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, birlashtirish, qoʻshib olish; qayta tuzish, tugatish, ularning xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarning (shu jumladan hamma turdagi xoʻjalik uyushmalarining) ustav jamgʻarmasida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlar (xizmatlar) bozorida monopolistik faoliyat olib borayotgan yoki raqobatning jiddiy ravishda cheklanishiga olib keluvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiy tartibda boʻlib yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklovchi xatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ularning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini cheklovchi, ulardan ayrimlarining faoliyat olib borishini kamsituvchi yoki, aksincha ular uchun qulaylik tugʻdiruvchi sharoit yaratib beruvchi huquqiy hujjatlar chiqarishga yoki harakatlar qilishga haqli emaslar, basharti bunday hujjatlar yoki harakatlar oʻz pirovardida raqobatning jiddiy ravishda cheklanishiga yoki xoʻjalik subyektlari yoxud jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining quyidagi harakatlarni qilishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan faoliyat turlarini amalga oshirishiga, ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishga taqiq belgilash, qonunlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi ayrim subyektlarga ularni bozorga xuddi shu xil tovar chiqarayotgan xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarga nisbatan ustun mavqega qoʻyadigan soliq imtiyozi yoki oʻzga imtiyozlarni asossiz ravishda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish toʻgʻrisida yoki muayyan xaridorlar (buyurtmachilar) doirasiga mollarni birinchi navbatda yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish) toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning muayyan sohasida xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar tashkil etishga asossiz toʻsqinlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustaqilligini cheklovchi qonunga xilof boshqa harakatlar sodir etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mansabdor shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan roʻyxatdagi mansabdor shaxslarga) quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning egasi yoki muassis boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufida boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqaruv idoralarida rahbarlik lavozimlarini egallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyali jamiyatlarning, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning yoki boshqa xil shirkatlarning umumiy yigʻilishi qarorlarini qabul qilishda mustaqil ravishda yoki vakil orqali oʻziga tegishli aksiyalar, ulush qatnashuvdagi hissa vositasida ovoz berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Gʻirrom raqobatni taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻirrom raqobatga, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektning mol-mulki va tadbirkorlik nufuziga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar tarqatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgisidan, tovarning firma nomidan yoki markasidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt tovalarining shaklini, idishini, tashqi bezagini aynan koʻchirib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, savdo va boshqa sohaga oid maxfiy axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish va uni oshkor qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning xususiyati, ularni tayyorlash usuli va oʻrni, isteʼmol xossalari va sifati xususida isteʼmolchilarni chalgʻitishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishini cheklovchi xatti-harakatlar qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA GʻIRROM RAQOBATNI TAQIQLASh TABIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yurgizish maqsadida monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tuziladi, uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, tovar bozorida raqobatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopolistik faoliyatning, bozordagi ustun mavqeni suiisteʼmol qilishlarning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslikka, monopolist korxonalar belgilaydigan narx-navolarni boshqarib borishga, gʻirrom raqobatning payini qirqishga qaratilgan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Monopoliyaga qarshi qonunlar buzilgan hollarda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora qonunbuzarliklarni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisida, asossiz orttirilgan daromadni tegishli budjetga oʻtkazish toʻgʻrisida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tartibda maydalab (boʻlib) yuborish toʻgʻrisida va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozordagi ustun maqeini bartaraf etish yoki pasaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlar toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektlar bajarishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berishga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, boshqaruv idoralariga va mansabdor shaxslarga jarima solishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tegishli hollarda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora materiallarni qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda koʻrib chiqish uchun sud yoki hakamlik sudiga, prokuratura idoralariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻzining monopolistik faoliyati, bozordagi ustun mavqeini suiisteʼmol qilishi yoki gʻirrom raqobati oqibatida yetkazilgan zararni sud yoki hakamlik sudining qaroriga binoan jabr koʻrgan xoʻjalik yurituvchi subyektga toʻlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar boshqaruv idorasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzib qabul qilgan hujjati tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga zarar yetkazilgan boʻlsa, jabrlanuvchi tomon zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan hakamlik sudiga murojaat etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik uchun jarimalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoidabuzarlikni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, ushbu Qonunga zid shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlariga va yuridik shaxs boʻlmish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs boʻlmish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga — eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organga xabar bermaganlik yoki qasddan notoʻgʻri maʼlumot berganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlariga va yuridik shaxs boʻlmish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 40 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs boʻlmish xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga — eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqlidir.
(9-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tomonidan solingan jarimani xoʻjalik yurituvchi subyekt, boshqaruv idorasi yoki mansabdor shaxs jarima solinganligi toʻgʻrisidagi qarorni olgan paytdan boshlab 30 kun ichida toʻlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarimani belgilangan muddatda toʻlashdan boʻyin tovlangan yoki jarima toʻliq miqdorda toʻlanmagan taqdirda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tegishli ariza bilan sudga yoki hakamlik sudiga murojaat qilishga xaqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning darhol ijro etilishi korxonani sinishga olib kelishi mumkin boʻlsa, u holda monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora, sud yoki hakamlik sudi jarima solingan xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga binoan unga jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora tomonidan solingan jarimalar tegishli budjetga toʻlanadi yoki shu budjet foydasiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Ushbu Qonunni buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni qarab chiqish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollariga oid ishlarni oʻz materiallari asosida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining, isteʼmolchilar jamiyatlari va uyushmalarining, boshqa jamoat tashkilotlari va ayrim shaxslarning arizalari, prokuratura, sud va hakamlik sudining materiallari asosida qarab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraga yozma shaklda beriladi, ularga monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollaridan shohidlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar va hujjatlarning mazmuni oshkor qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sud yoki hakamlik sudi monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik haqidagi ishlarni monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning arizasi, prokuratura materiallari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv idoralarining murojaatlari asosida qarab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv idoralari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning qarorlariga norozi boʻlgan taqdirda bunday qarorlarning butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi haqidagi yoxud jarima solinganlik toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan sudga yoki hakamlik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Arizalar hakamlik sudi tomonidan — boshqaruv idoralarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizalarni qarab chiqish uchun belgilangan tartibda, sud tomonidan esa — maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararlar manfaatdor shaxslarning daʼvosiga binoan qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asossiz ravishda orttirgan foydasini tortib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning koʻrsatmasi bajarilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ustun mavqeni suiisteʼmol qilish yoki gʻirrom raqobat natijasida olgan foydasi sudning yoki hakamlik sudining qarori bilan tegishli budjet foydasiga tortib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz nizomlariga koʻra raqobatni rivojlantirishga va isteʼmolchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilishga koʻmaklashish maqsadini koʻzlovchi jamoat uyushmalari tegishli idoralar bilan hamkorlikda monopoliyaga qarshi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur uyushmalar oʻz faoliyatlarida amaldagi qonunlarga rioya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
623-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 392-modda, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)