Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2024 31.08.2000 yildagi 116-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2024
Hujjat 20.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIK OʻSIMLIKLARINI ZARARKUNANDALAR, KASALLIKLAR VA BEGONA OʻTLARDAN HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-877-sonli “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 11-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararkunandalar — qishloq xoʻjalik oʻsimliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pestitsidlar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fitosanitariya nazorati — zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish surʼati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari — oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamenti — oʻsimliklarni himoya qilish vositasi sifatida qoʻllaniladigan har bir kimyoviy yoki biologik vositadan foydalanishda rioya etilishi shart boʻlgan talablar (usullar, davriylik, muddatlar, normalar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan organ (bundan buyon — maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilishning samarali, ekologik jihatdan xavfsiz va kam zaharli vositalarini qoʻllash hisobiga qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish va ularning hosilini saqlab qolishga qaratilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalari yuzasidan xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilishda Qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash reglamentlariga rioya etish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻi va atrof muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati ustidan nazoratni uyushtiradi, ulardan foydalanishga doir xulosalar beradi, agar inson sogʻligʻi va atrof muhitga nomaqbul taʼsir koʻrsatayotgani aniqlansa, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilishning davlat dasturlarini roʻyobga chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa mamlakatlardan oʻsimliklarning karantinli va oʻta xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda begona oʻtlar kirib kelishi xavfining oldini olish va unga barham berish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, yangi texnika va texnologiya jarayonlari hamda ulardan foydalanish usullarini yaratish, sinash va joriy etishga doir ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va loyihalash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilishi va malakasi oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy, biologik va boshqa preparatlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqadi va ularni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalari va qoʻllash reglamentlariga rioya etilishini uyushtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga boʻlgan, favqulodda vaziyat hollari uchun esa kimyoviy vositalarning zaxiralarini shakllantirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashning sifati ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash normalari, qoidalari hamda normativlariga rioya etilishi ustidan sanitariya-gigiyena nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toksikologik-gigiyenik jihatdan baho berish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tashkil etadi va oʻtkazadi, pestitsidlarning oziq-ovqat mahsulotlaridagi, ishlab chiqarish va atrof muhit obyektlaridagi gigiyenik normativlari hamda reglamentlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan bevosita ishlaydigan shaxslarning dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtishini, pestitsidlar bilan zaharlangan bemorlarga tashxis qoʻyilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining atrof tabiiy muhitga koʻrsatadigan taʼsiriga baho beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilari va idishlarini koʻmib tashlash uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yoʻq qilib tashlash va koʻmib tashlashda atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Davlat fitosanitariya nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fitosanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning keng rivojlanishi hamda tarqalishining oldini olish maqsadida qishloq xoʻjaligi yerlarini muntazam ravishda nazarlaridan oʻtkazishlari va himoyalash tadbirlarini amalga oshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻsimliklarni himoya qilish xizmatining talabiga binoan oʻz hududlaridagi yerlar, oʻsimliklar va saqlanayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining fitosanitariya holatiga, shuningdek ularni himoya qilish tadbirlarining amalga oshirilishi va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanilishiga doir maʼlumotni taqdim etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlar va jonivorlarning xavfsizligini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish xizmatini xavfli fitosanitariya oqibatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlardan xabardor qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartibga rioya etishlari, mazkur vositalar qishloq xoʻjalik mahsulotlari va atrof muhitni ifloslantirishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish maxsus vakolatli organ tomonidan roʻyxatga olish sinovlarining natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari besh yil muddatga roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, olib kelish, realizatsiya qilish va qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari ularni qoʻllash reglamentlarini ishlab chiqish va asoslash uchun oʻtkazilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash samaradorligini aniqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining qay darajada xavfliligini baholashni va gigiyena normativlarini, sanitariya normalari hamda qoidalarini ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashga ekologik jihatdan baho berishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida talabnoma bergan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatga olish sinovlarini oʻtkazish uchun oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining texnik hujjatlari va namunalarini taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olish sinovlarini oʻtkazish muddati ikki yildan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa maxsus vakolatli organ tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlash muddati olti oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida talabnoma bergan, shuningdek ularni yaratgan shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlanishida qatnashishga haqli emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli organning oʻsimliklarni himoya qilish vositasini roʻyxatga olish haqidagi qarori roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish va vositani Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining roʻyxatga olinganligi haqidagi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qayta roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qayta roʻyxatga olish belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tegishli ariza asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yangi muddatga qayta roʻyxatga olinganda ular qayta roʻyxatga olish muddati davomida maxsus vakolatli organning ruxsati bilangina qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik va qayta roʻyxatga olganlik uchun haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik va qayta roʻyxatga olganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining roʻyxatga olinganligini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilayotgan vositalar tarkibida aralashmalar boʻlsa yoki ularning tarkibi roʻyxatga olingan tarkibdan farq qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olingan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari qoʻllanilganda fuqarolar sogʻligʻiga, atrof muhitga yoki foydali entomofaglarga zarar yetkazilishi ehtimoli toʻgʻrisida yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olingan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining nomaqbul xossalari, biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining xulosasi asosida maxsus vakolatli organ ularning roʻyxatga olinganligini bekor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Taqiqlangan faol va nofaol ingrediyentlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoʻllanilishi taqiqlangan yoki cheklangan faol va nofaol ingrediyentlarini maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda aniqlaydi va Qoʻllanilishi taqiqlangan va cheklangan faol hamda nofaol ingrediyentlar reyestriga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish yuzasidan roʻyxatga olinmagan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllagan tarzda shoshilinch choralar koʻrish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda bunday vositalarni bir yilgacha muddatda tajriba tarzida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash uchun ruxsatnoma maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash uchun ruxsatnoma berishda maxsus vakolatli organ tajriba rahbarini, shuningdek uni oʻtkazish qoidalari va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba tarzida qoʻllash muddati tugaganidan keyin tajriba rahbari maxsus vakolatli organga tajriba natijalari toʻgʻrisida hisobot, shuningdek oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlari, tajriba oʻtkazishda foydalanilgan priborlar va moslamalarning turgan joyi haqida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan, roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatiga kiritilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari fitosanitariya, sanitariya va ekologiya vaziyatini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari toʻgʻrisidagi maʼlumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchilarni oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlash maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qoʻllash va saqlashga doir maʼlumot hamda ogohlantiruvchi markirovkasi boʻlgan idish yorligʻini taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qoʻllash va saqlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarning shakli va ularni tasdiqlash tartibiga hamda idish yorligʻiga nisbatan qoʻyiladigan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, yoʻq qilib yuborish, utilizatsiya qilish, tashish va koʻmib tashlashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, tashish va koʻmib tashlash chogʻida fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan bexatarligini taʼminlovchi sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga, hayvonat dunyosi va hayvonlarning yashash muhitini muhofaza qilish talablariga, oʻsimlik dunyosi obyektlari va ularning oʻsib koʻpayish muhitini muhofaza qilish talablariga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat ularni saqlashga moʻljallangan maxsus omborxonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini idishsiz saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus moslangan transport vositalarida tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini saqlash va tashish chogʻida odamlar sogʻligʻiga va atrof muhitga zarar yetkazilishini istisno etadigan talablarga rioya qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qoʻllanilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yoʻq qilib yuborish va koʻmib tashlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qoʻllanilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini yoʻq qilib yuborish usullari oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining tayyorlovchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda maxsus vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Ekologik xavf ehtimoli boʻlgan vaziyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun qoʻllaniladigan oʻta toksik, kuchli taʼsir etuvchi zaharli, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ekologik xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoli paydo boʻlganda tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistrallari yoqalab qonun hujjatlariga muvofiq alohida huquqiy rejim oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolarning oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanadigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari oddiy va ishlatish uchun xavfsiz boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanishlariga ruxsat etilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxati maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 588-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)