Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015 11.11.2003 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015
Hujjat 22.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VA UNING TAShQARISIDA GASTROL-KONSERT FAOLIYATINI, ShUNINGDEK TOʻY, YuBILEY VA BOShQA TANTANALARDA KONSERT XIZMATI KOʻRSATIShNI, GRAMPLASTINKALAR, AUDIOKASSETALAR VA LAZERLI DISKLARNI IShLAB ChIQISh, IShLAB ChIQARISh, YoZISh, KOʻPAYTIRISh VA SOTISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatishni hamda gramplastinkalar, audio-videokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan nizomlar kuchga kirgungacha berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati oʻtgungacha haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada-qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son va “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qaroriga, 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 11-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
498-son

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 498-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni (keyingi oʻrinlarda konsert-tomosha faoliyati turlari deb yuritiladi) litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsert-tomosha faoliyati turlarini litsenziyalash “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsert-tomosha faoliyati turlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsert-tomosha faoliyati turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsert-tomosha faoliyati turlarini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziya konsert-tomosha faoliyatining quyidagi turlariga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli janr yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish (restoranlar, xususiy uylar, qahvaxonalar va barlarda toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatish), shu jumladan koʻngilochar muassasalarda (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda) konsert xizmati koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisidagi gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish huquqini ham beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari

7. Quyidagilar konsert-tomosha faoliyati turlarini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting guruhlaridan biri ijrochilarining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan mezonlarga va malaka talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organga oʻtkazilgan konsert-tomosha tadbirlari soni toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har choraklik hisobotlar taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar

8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori — yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi.
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijrochida musiqa maʼlumoti mavjudligini, uning davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilarni olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda (alohida iqtidor, talant yaqqol mavjud boʻlganda) Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi qaroriga koʻra litsenziya olishga hujjatlar musiqa maʼlumoti mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini taqdim qilmasdan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

e) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisida yanada yaqqolroq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.

9. Litsenziya talabgori — jismoniy shaxs litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga doir maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi va mazkur faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4x6 kattalikdagi 2 dona fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijrochida musiqa maʼlumoti mavjudligini, uning davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilarni olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning notarial tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi qaroriga koʻra litsenziya olishga hujjatlar musiqa maʼlumoti mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini taqdim qilmasdan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisida yanada yaqqolroq tasavvurni shakllantirish maqsadida litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda mustaqil taqdim etishni xohlaydigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzurida tashkil etilgan Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Konsert-tomosha faoliyati turlarini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziyalar berish (muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi majlislari oʻn besh kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi ular qabul qilib olingan kunda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kundan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi. Xulosa Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi majlisi protokoli bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ijrochilarning malaka (kasb) sifatlarini baholaydi va ularni litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan mezonlarga va malaka talablariga muvofiq muayyan (birinchidan toʻrtinchigacha) reyting guruhlariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reytingning toʻrtinchi guruhi berilgan taqdirda ijrochi faoliyatining birinchi yilida boshlangʻich stavka boʻyicha davlat boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan ariza berilgan taqdirda ilgari reytingning toʻrtinchi guruhini olgan ijrochiga Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan belgilangan tartibda yo reytingning uchinchi guruhi berilishi, yoxud tegishli davlat boji toʻlatilgan holda reytingning toʻrtinchi guruhi tasdiqlanishi, yoxud u malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda uning bundan buyon konsert-tomosha faoliyati turlari bilan shugʻullanish huquqi rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan vokalchi-solistga va uning ansambli aʼzolariga har birining malakasi va kasb mahorati darajasiga qarab reytingning turli guruhlari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik va xalq badiiy jamoalari tomonidan konsert-tomosha faoliyati turlari amalga oshirilganda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi tomonidan umuman jamoa va solist uchun reyting guruhi berilishi, shuningdek litsenziya berish uchun davlat boji stavkalari alohida koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).

20. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan konsert-tomosha faoliyati turi (turlari)ning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi litsenziyalovchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhiga koʻrib chiqish uchun ular qabul qilib olingan kunda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ toʻrt kun muddatda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish

27. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyat ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish

32. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish

35. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri

36. Litsenziyalovchi organ konsert-tomosha faoliyatining har bir turiga alohida litsenziyalar reyestri yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, uy manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyalarning amal qilish muddati;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;

dublikat berishning asoslari va sanasi.

37. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular haq toʻlagan holda muayyan litsenziatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni litsenziyalovchi organda litsenziyalar reyestridan koʻchirma tarzida olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridagi toʻlov Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzurida tashkil etilgan Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Davlat boji toʻlash tartibi. Litsenziyalashdan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat boji miqdori har qaysi litsenziya talabgori uchun u amalga oshiradigan konsert-tomosha faoliyati turiga va unga berilgan reyting guruhiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat boji litsenziya talabgori tomonidan Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining depozit hisob raqamiga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji litsenziya berilgan muddat mobaynida bir yoʻla va choraklar boʻyicha toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Litsenziya talabgorlari va litsenziatlar arizalarini koʻrib chiqishdan tushgan mablagʻlar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalashni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
estrada faoliyatini rivojlantirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh ijrochilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa tanlovlari, festivallar oʻtkazishda va ularning gʻoliblariga mukofotlar berishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumdavlat tadbirlari va boshqa bayram tadbirlarini oʻtkazishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida
gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy,
yubiley va boshqa tantanalarda konsert
xizmati koʻrsatishni litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-noyabrdagi
498-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash komissiyalari (keyingi oʻrinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchilik qiladi. Komissiyalar tarkiblari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalarning ishchi organi funksiyasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda ishchi organlar deb yuritiladi) bajaradilar.
(2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi organ litsenziyalar berish (ularning amal qilish muddatini uzaytirish) toʻgʻrisidagi arizani tegishli hujjatlar bilan birga qabul qiladi, ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziyalarni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirishni amalga oshiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turadi va tiklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyati turlarini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yozish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga, gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarining texnik sifatiga qoʻyiladigan normativ-texnik talablarga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish va yozish uchun zarur boʻlgan tegishli moddiy-texnik bazaning, asbob-uskunalarning va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni koʻpaytirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga, gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarning texnik sifatiga qoʻyiladigan normativ-texnik talablarga, shuningdek ularni bezash talablariga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning yoxud buyurtmachining gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni koʻpaytirishga boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning, import audiomahsulotlarni koʻpaytirishda esa, shuningdek ularni import qilish uchun belgilangan tartibda olingan ruxsatnomalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan mahsulotlar nomi, mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlar nomini, tayyorlangan nusxalar sonini koʻrsatgan holda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarning tayyorlangan nusxalari hisobi, shuningdek litsenziat yoxud koʻpaytirish buyurtmachisining koʻpaytirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisobi yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan yongʻin xavfsizligi va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan, ular toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga axborot taqdim etgan holda, binolar va xonalarda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni koʻpaytirish boʻyicha ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan standartlar talablariga muvofiq boʻlgan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni koʻpaytirish boʻyicha ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni sotish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga, gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarning texnik sifatiga qoʻyiladigan normativ-texnik talablarga majburiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan yongʻin xavfsizligi va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan binolar va xonalarda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni sotish faoliyati amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllangan holda turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import audiomahsulotlarni, ularni import qilishga belgilangan tartibda olingan ruxsatnomalar mavjud boʻlganda sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami — yuridik shaxs uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va mazkur faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziya talabgori tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish va yozish faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni koʻpaytirish faoliyatini amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan bino va xonalarga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;

yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud bino va xonalarning yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya va gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;

litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan bino va xonalarga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud bino va xonalarning yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya va gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassa apparatining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat — gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni naqd pulga chakana sotishni moʻljallayotgan litsenziya talabgorlari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi ishchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoriga litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin oʻn kundan oshmaydigan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilingan qaror protokolini komissiya (uning oʻrinbosari) tasdiqlaydi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquqlar va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat aniq turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishining ishchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin toʻrt kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin olti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishining aniqlangan holatlari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziya amal qilishining toʻxtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan hollarda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish kengashi litsenziyalovchi organlarga litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuman faoliyat yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular haq toʻlagan holda muayyan litsenziatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishchi organda litsenziyalar reyestridan koʻchirma tarzida olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov ishchi organning hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berish va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun toʻlov kunida qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar berish uchun davlat boji mablagʻlari respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga litsenziatlar reyestrini hamda yigʻimlar va davlat boji undirishdan mablagʻlar tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli
disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish,
koʻpaytirish va sotish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 11-noyabrdagi
498-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada- qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son va “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada-qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning ikkinchi xat boshidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur guruh xulosasi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisida Nizomning (qarorga 2-ilova) 5.6-bandidagi “toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda badiiy xizmat koʻrsatish (konsert qoʻyish)” soʻzlari “toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi toʻgʻrisidagi Nizomda (qarorga 4-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmati koʻrsatish huquqi uchun Ijodiy koʻmaklashish vakillari guruhi xulosalari asosida litsenziyalar berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son,36-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3 va 4-bandlar, shuningdek 1 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 29-iyundagi
285-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stavkalari

‎‏
‎‏T/r

Faoliyat turlari‎‎‎‏

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobiga) yillik boj miqdori, eng kam oylik ish haqining quyidagicha baravari miqdorida ‎‎

reyting guruhlari boʻyicha‎‎

I‎‎

II‎‎

III‎‎

IV‎‎

1.‎

Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gostrol-konsert faoliyatini amalga oshirish:‎‎

150‎‎

75‎‎

50‎‎

30‎‎

yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi);‎‎
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtiro-kidagi konsert dasturi;‎‎

2.‎

Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish:‎‎

100‎‎

50‎‎

25‎‎

15‎‎

restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga �izmat koʻrsatish;‎‎

restoranlar, xususiy uylar, qahvaxonalar va barlarda toʻylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”, “charlar”, “sunnat toʻyi” tadbirlariga) xizmat koʻrsatish; ‎‎

‎‎xordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahva-xonalarda xizmat koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Reytingning IV guruhiga kiritilgan, faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji miqdorlari (choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda – davlat bojining tegishli qismi) toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”.