04.11.2003 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OMMAVIY SPORT TARGʻIBOTINI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiada oʻyinlari va Jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani, markazda va joylarda jahon andozalariga mos muhtasham sport majmualari, zamonaviy stadion va kortlar barpo etilayotgani, oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” oʻyinlari tobora ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi rolini, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga oʻz qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishda sportning ahamiyatini ochib berish, dunyoda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yanada oshirish borasida ommaviy axborot vositalari oʻzining munosib oʻrnini hamon topa olmayotganini, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanmayotganini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni alohida qayd etish zarurki, bunday holat va kamchiliklarning sabablari avvalo matbuot sohasida jurnalistlarning ixtisoslashuvi talab darajasida emasligi, xususan, sport jurnalistlarining professional saviyasi pastligi, yurtimizning ayrim joylarida ota-onalar, mutasaddi rahbarlar oʻrtasida sport sohasiga loqaydlik bilan qarash hollari mavjudligi, bu masala boʻyicha jamoatchilik fikri sust shakllanayotgani bilan bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada amalga oshirilayotgan katta ishlar va bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targʻibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Oʻzbekiston televideniyesining 4-“Xalqaro” telekanalini maxsus “Sport” telekanaliga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sport” telekanalini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha “Oʻzteleradio” kompaniyasi taqdim etadigan hisob-kitoblar asosida 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan tegishli mablagʻlarni ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yildan boshlab har yili “Sport” telekanalini va radio eshittirishlarni davlat budjetidan moliyalashtirishni “Oʻzteleradio” kompaniyasining yillik xarajatlari doirasida hisobga olsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi “Sport” telekanali faoliyatini tashkil etish, uning dasturini mamlakat hududiga efir orqali uzatish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi hamda ommaviy axborot vositalariga mamlakatimizda ommaviy sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, mavzuga oid kitob, albom, plakat va bukletlarni muntazam va rejali asosda nashr etib borish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻz tasarrufidagi nashrlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy jamoalarga malakali sport jurnalistlarini jalb etish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi ommaviy sport targʻiboti boʻyicha alohida faollik koʻrsatgan jurnalistlarni ragʻbatlantirish uchun quyidagi miqdorda yillik mukofotlar taʼsis etsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1- mukofot — eng kam ish haqining 20 barobari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2- mukofot — eng kam ish haqining 15 barobari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3- mukofot — eng kam ish haqining 10 barobari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlar toʻgʻrisidagi nizom bir oy muddat ichida ishlab chiqilsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlanganlar roʻyxatini 2004-yildan boshlab har yili 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ommaviy axborot vositalari uchun sport sohasiga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar tayyorlash maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpogʻiston Davlat universiteti va Jahon tillari universitetida istiqbolli yoʻnalishlarni hisobga olgan holda sport jurnalistikasi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, sport jurnalistikasiga ixtisoslashgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003/2004 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalari magistraturasida “Sport jurnalistikasi” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashga kirishilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekkino” kompaniyasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiyaga insonning maʼnaviy va jismoniy kamolotida ommaviy sportning muhim ahamiyatini hayotiy misollar orqali aks ettiruvchi badiiy asarlar yaratish boʻyicha maʼrifiy, ijodiy ishlar rejalarini ishlab chiqib, amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A. Azizxoʻjayev va R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
484-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 205-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda; 2017-y., 20-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 367-modda, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)