Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2106-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 129-sonli “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-3 22.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-sentabr,
17-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“7. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi boʻlgan tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
8. Komissiya tomonidan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish haqida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi. Komissiyaning mazkur qarorida yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari belgilanadi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda yoʻq qilinganidan soʻng, Komissiya tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Dalolatnoma, fotomateriallar va yaroqsiz dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilotda saqlanadi.”.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2014-yil 12-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 492-modda)